Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Ishchi jadvalidagi ma’lumotlar turi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə11/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

1.7-rasm

Ishchi jadvalidagi ma’lumotlar turi

Yuqorida aytib o`tilganidek, Excel da ishchi kitoblar ixtiyoriy sondagi ishchi jadvallardan, ular esa o`z navbatida kataklardan tashkil topgan bo`lib, bu kataklarda quyidagi uch turdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin:

  • sonli qiymatlar;

  • matn;

  • formula va funksiyalar.

Xuddi shuningdek, Excel ishchi varqalarining ishchi jadvallarida grafiklar, rasmlar, diagrammalar, tasvirlar, tugmalar va boshqa ob’ektlar joylashishi mumkin. Bu ob’ektlar grafik ko`rinishdagi qatlamda saqlanadi. Grafik qatlam ishchi jadvalning ustki qismida joylashgan va ko`zga ko`rinmaydigan qatlamdir.

Matn kiritish

Katakka matn kiritish uchun uni avvalo faollashtirish zarur. So`ngra matn odatdagidek kiritiladi. Katakka matn kiritilishi bilan faol katakning ramkasi o`zgaradi. Formulalar satrida esa ikkita va tugma hosil bo`ladi. Bu tugmalarning birinchisi [Отмена] (bekor qilish) – matn kiritishni bekor qiladi, ikkinchisi esa [Ввод] (kiritish) – matn kiritishni qabul qiladi (1.8-rasm).
Amalda matnlar sonli ma’lumotlarni ifodalash uchun, ustun sarlavhalari uchun, ishchi jadval haqida ma’lumot berish uchun foydalaniladi. Matn sondan boshlangan bo`lsa ham matn deb qaraladi. Agar katakka kiritilayotgan matn sig`masa, uning davomi navbatdagi kataklar ustida joylashadi, agar ular bo`sh bo`lsa. Aks holda, ya’ni qo`shi kataklar bo`sh bo`lmasa, kiritilayotgan matnning katakka sig`magan qismi yo`qoladi, uni to`lig`icha faqat formulalar satrida ko`rish mumkin bo`ladi.
Matn kiritishni Enter tugmasini bosish yoki formulalar satridagi [Ввод] bosish bilan tugallash mumkin.



1.8-rasm



Sonli qiymatlar kiritish
Sonli qiymatlar ham xuddi matn kabi kiritiladi. Sonli qiymatlar oddiy sonlar bo`lib, ular ma’lum turdagi narsalarning sonini aniqlaydi. Kiritilayotgan sonli qiymatni dastur shunday tasvirlashga harakat qiladiki, bu son katakka to`liq joylashi kerak. Agar buning uddasidan chiqa olmasa, u holda sonli qiymat o`rnida (диез) belgisi hosil bo`ladi.


Formulalarni kiritish

Formulalar electron jadvalning asosiy ishlaridan biridir. Excel da juda murakkab formulalarni kiritish mumkinki, ularning qiymatini hisoblashda kataklarda joylashgan son yoki matnlardan foydalaniladi. Formulani yozish uchun formulalar satrida avvalo  (tenglik) belgisini qo`yish kerak. Bu belgi qo`yilishi bilan dastur uni katakda formula mavjud deb tushunadi. Bu belgidan keyin formula yoziladi. Formula yozishda biror yacheykaga murojaat qilish kerak bo`lsa, uning manzili yozilishi kerak. Biror formula bo`yicha hisoblangan natija shu katakda hosil bo`ladi. Agar formulada ishtirok etayotgan ixtiyoriy katakning qiymati o`zgartirilsa, Excel avtomatik tarzda formula bo`yicha qayta hisoblaydi va yangi natija hosil qiladi. Yacheykalar manzillari lotin alifbosida yozilishi shart. Manzilni berishning boshqa usuli ham bo`lib, formula yozilayotganda kerakli katakni sichqoncha yordamida bosish zarur. Natijada uning manzili avtomatik tarzda formulada hosil bo`ladi.


Katakdagi ma’lumotlarni tahrirlash

Katkdagi mavjud ma’lumotni tahrirlash uchun shu kattakda sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish kerak. Keyin odatdagidek ma’lumotlar tahrirlash ishlari olib boriladi. Yoki kerakli katak faollashtirilib, formulalar satri yordamida tahrirlanadi. Bu holda, agar yacheykada formula mavjud bo`lsa, undagi berilganlarning argumenti boshqa ranglarda hosil bo`ladi.


Katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish

Tahrirlashning yana bir usuli bu katakda mavjud bo`lgan ma’lumotlarni yo`qotishdir. Buning uchun kerakli katakni faollashtirib, klaviaturadan [Delete] tugmasini bosish kerak. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`ladigan kontekst menyudan Очистить содержимое buyrug`ini ishga tushirish kerak. Shu bilan birga, menyular satridan Правка bo`limining Очистить buyrug`ini ishga tushirish yo`li bilan ham katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish mumkin.
Agar katakka ma’lumot kiritish vaqtida xatolikka yo`l qo`yilsa, katakni tozalash uchun klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish ham kifoya.


Kataklar guruhini ajratish

Ba’zan bir katak biolan emas balki bir necha kataklar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Agar shunday bo`lsa, u holda ularni avvalo ajratib olish kerak. Bir ustunni ajratish kerak bo`lsa, uning sarlavhasini (nomini A, B, C va h.k) sichqoncha yordamida bosish etarli. Agar bir necha ustunni ajratish kerak bo`lsa, u holda sichqonchani kerakli mos ustun nomlari bo`yicha siljiting.
Satrni belgilash kerak bo`lsa, uning satr raqamini sichqoncha yordamida bosish kerak. Agar bir necha satr kerak bo`lsa, ular ustida sichqonchani siljiting.
Ixtiyoriy blokni ajratishda sichqonchani ular ustida silijitish kerak. Bu holda ajaratilgan kataklar bir ramkaga joylashadi, bunda boshlang`ich katak o`z rangini o`zgartirmaydi, qolganlari esa o`zgartiradi
Boshqa varianti – ajratish kerak bo`lgan kataklarning birinchisini aktivlashtirib, [Shift] tughmasini bosib, uni qo`yib yubormasdan kursorni boshqaruvchi tugmalar yordamida ajratish mumkin.
Jadvalning turli qismlaridagi kataklarni ajratish uchun [Ctrl] tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida kerakli kataklar bosiladi.
Ishchi varagqi to`liq ajratish uchun satr va ustun nomlar kesishgan joyni sichqoncha yordamida bosish orqali amalga oshirish mumkin (3.3-rasm). Ajratishni bekor qilish uchun varaqning ixtiyoriy joyida sichqonchani bir martda bosish etarli.


1.4. Katakdagi ma’lumotlar ustida nusxalash, ko`chirish va o`chirish amallar

Kataklardagi ma’lumotlar ustuda juda ko`p bajariladigan amallar bu nusxa olish, ko`chirish va o`chirish amallaridir.


Katakdagi ma’lumotdan nusxa olish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Копировать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка bo`limining Копировать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra nusxani ko`chirish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.
Eslatma. Formulalarni nusxalashda va ko`chirishda formula argumentidagi kataklarning manzillari yangi joyga mos holda o`zgarad. Shuning uchun ehtiyot bo`lish kerak.

Katakdagi ma’lumotni ko`chirish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Вырезать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка bo`limining Вырезать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra ko`chirish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.


Ish kitobining bir necha ishchi varag`ini ajratish

Ish kitobining bir necha varag`ini ajratishning bir necha usullari bor. Agar ketma-ket joylashgan bir necha varaqni ajratish kerak bo`lsa, u holda ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchi varag`ini tanlab, gorizontal siljitish maydoni yonidagi uning yorlig`iga sichqonchani bosib, [Shift] tugmasini bosgan holda ajratilishi kerak bo`lgan varaqlarning oxirigisini sichqoncha bilan bosish kerak.
Ketma-ket joylashmagan varaqlarni ajratish kerak bo`lsa, ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchisini sichqoncha bilan belgilab, [Ctrl] tugmasini bosgan holda kerakli varaqlarni sichqoncha yordamida bosib chiqish kerak. [Ctrl] tugmasi bosilgan holda bir varaq ikki marta bosilsa uni ajratish bekor qilinadi.
Ajratishni bekor qilish uchun boshqa varaq yorlig`ini bosish kerak.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin