Bir vaqtning o`zida ma’lumotlarni bir necha ishchi varaqlariga kiritish Ish kitobining bir necha varag`iga ma’lumotlarni kiritish kerak bo`lsa, avvalo kerakli varaqlar ajratilishi shart. Shunday qilib, shu usul yordamida bir xil sarlavhali jadvallarning sarlavhasini bir necha varaqlarda joylashtirish mumkin. Ish kitobining aniq bir varag`iga ma’lumotlarni kiritishdan oldin ajratilgan varaqlarni qolganlarini ajratishni bekor qilish kerak.
Ustun enini va satr balandligi o`lchamini o`zgartirish Excel da ishlaganda satr balandligini va ustun enini o`zgartirish kerak bo`ladigan hollar ko`p uchraydi.
Ustun enini undagi katak belgilari soni bilan o`lchanadi. Bitta yoki bir necha ustun enini o`zgartirish uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish mumkin.
Dastlab kerakli ustun yoki ustunlar ajartiladi.
Ustun nomi joylashgan satrda sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda, uning ko`rsatkichi ikki yoqlama strelka ko`rinishida bo`lib, sichqonchaning chap tugmasi qo`yib yuborilmasda o`ngga yoki chapga siljitiladi.
Menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Ширина buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqot oyna hosil bo`ladi (1.9-rasm). Hosil b`olgan muloqot oynada kerakli qiymat kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.
1.9-rasm
Kerakli ustunlar ajratilib, menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Автоподбор ширины buyrug`ini ishga tushiriladi. Bu ajaratilgan ustunlar enini ustunlar ichidagi eng uzun ma’lumotga moslaydi.
1.5. Ish kitobini chop qilishda oldindan ko`rish va chop qilish
Tayyor ish kitobini qog`ozga printerda chop qilish kerak bo`ladi.