Расположить – joriy vaqtda ishlatilayotgan barcha ish kitoblarini tartib bilan ekranda hosil qilish;
Скрыть – oynaani yashirish (bunda ish kitobi yopilmaydi);
Отобразить - yashirilgan oynalarni hosil qilish;
Разделить – ish kitobini ikki qismga bo`lish, bu ish kitobining turli qismlarini tahrirlashga yordam beradi. Ish tugallangandan so`ng Снять разделение buyrug`ini ishga tushirib ajratish bekor qilish mumkin;
Bir ish kitobidan boshqasi o`tishni masalalar panelida joylashgan ularning piktogarmmalari ishga tushurish bilan ham amalga oshirish mumkin.
Ish kitobini boshqa nom bilan xotiraga saqlash Agar tahrir qilinayotgan hujjatni boshqa nom bilan xotiraga saqlashga to`g`ri kelsa, ya’ni joriy ish kitobining nusxasini tashkil qilish kerak bo`lsa. Bu hollar qachon kerak bo`lishi mumkin, agar joriy hujjatning bir necha variantlari kerak bo`lsa yoki shu hujjat asosida boshqa hujjat tashkil qilish kerak va mavjuda hujjatni asl xotirada saqlanishi kerak bo`lsa va h.k. U holda menyular satrining Файл bo`limidan Сохранить как buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqot oyna hosil bo`ladi, bu oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имя файла satrida esa ish kitobining yangi nomi yozilib, oynaning Сохранить tugmasi bosiladi. Xotiraga saqlanishda asl hujjat yo`qolmaydi. U kerak bo`lsa, uni ishga tushirib ishni davom ettirish mumkin.
1.3.Jadval tashkil qilsih va uni tahrirlash
Bir yacheykadan ikkinchisiga o`tish
Ishchi varaq maydoni kataklardan (yacheykalardan) iborat. Agar biror katakda qora rangdagi to`gri to`rtburchak bo`lsa, u holda bu katak faol hisoblanadi (1.7-rasm). Odatda bu to`rtburchak jadval kursori deb ham yuritiladi. Boshqa katakni faollashtirish uchun kerakli katada sichqonchani bosish kerak yoki kursorni boshqaruvchi tugmalardan foydalanish mumkin.