Monokristallni aylantirish metodi
Aylantirish metodi moddaning atom strukturasini aniqlashda asosiy hisoblanadi. Bu metod yordamida elementar yacheyka o’lchamlari, bitta yacheykaga to’g’ri keluvchi atomlar yoki molekulalar soni aniqlanadi. Difraksion maksimumlar intensivligini o’lchash bo’yicha natijalardan atom strukturasini aniqlash bilan bog’liq hisoblashlarda foydalaniladi.
Metod asosi. Aylantirish metodida difraksion tasvir monokristall monoxromatik yoki xarakteristik rentgen nurlanishi bilan nurlantirilganda, shu kristallni ma’lum kristallografik yo’nalish atrofida aylantirish orqali olinadi.(2-rasm).
5-rasm. Monokristallni aylantirish metodida syemka qilish sxemasi.
Birlamchi dasta 1 diafragma 2 bilan qirqiladi va kristallga 3 tushadi. Kristall goniometrik kallakga shunday o’rnatilganki, uning muhim yo’nalishlaridan biri(masalan <100>) goniometrik kallak aylanish o’qi bo’yicha oriyentirlangan bo’ladi. Kristall kamera 4 o’qi atrofida aylanadi yoki tebranadi. Difraksion tasvir ma’lum diametrli(86,6yoki 57,3 mm) kassetaning silintrik sirtida joylashgan fotoplenkada 5 qayd qilinadi.
Keng tarqalayotgan dastada syemka qilish sxemasi
a, b – manba yuzada, v, g – manba chiqarilgan; 1 – namuna, 2 – plenka, 3 – chiqarilgan manba
Debay – Sherrer usuli. Bu usulda monoxromatik nurlanish ishlatiladi va
burchak o’zgartiriladi. Bu ko’p miqdordagi tasodiy yo’nalishlarga ega mayda kristallardan tashkil topgan polikristall namunadan foylanish orqali erishiladi.
Mayda kristallar orasidagi Bregg shartini qanoatlantiruvchilari bo’ladi.
Difraksiyalangan to’plam konus hosil qilib, uning o’qi rentgen nuri to’plami
bo’ylab yo’nalgan bo’ladi.U panjara doimiy d haqida aniq ma’lumotni o’z ichiga oladi.
II BOB. Kukunlar (polikristallar) metodi
Kukun usuli (Debye - Scherer usuli) polikristalli materiallarni o'rganish uchun asosiy usuldir va amaliyotda keng qo'llaniladi.
100>
Dostları ilə paylaş: |