19
silur davrining qalinligi 6-6,5 km gacha, devon davrida esa, 2 km gacha yetadi.
Nurota tizmasida o‗rta devon yotqiziqlari ham keng tarqalgan. Turkiston,
Zarafshon, Hisor tog‗ tizmalarida silur yotqiziqlari ohaktosh, asosan,
marmarlashgan ohaktoshdan va slanes (kristalik hamda glinali)lardan iborat
bo‗lib, ular tog‗ massivlarining tuzilishini belgilaydi.
Devon davrining yotqiziqlari ham Pomir-Oloy va Pomir tog‗larida keng
tarqalgan. Devon davri yotqiziqlari asosan ohaktoshdan iborat. Lekin,
devon
ohaktoshlari Silur davrining ohaktoshlaridan farq qilib, boshqacha ximik va
fizik xususiyatlarga ega, shuning uchun ham devon ohaktoshlarida ajoyib tabiiy
jarayon-karst hodisasi keng tarqalgan. Qayerda devon yotqiziqlari tarqalgan
bo‗lsa, albatta, o‗sha joyda karst hodisasi uchraydi. Masalan,
Zarafshon
tizmasining Chaqilkalon tog‗ massivida 2500 m dengiz sathidan balandlikda 40
km.kv maydonda faol karst hodisalari: karst shaxtalari (dunyoda 3-chi o‗rinda
turuvchi «Kilsi» karst shaxtasi), karst g‗orlari, karst varonkalari va boshqalar
juda ko‗p uchraydi.
Hisor tizmasining Janubi-G‗arbiy chekkasida katta maydonda tarqalgan
karst hodisalari (karst voronkalari, g‗orlar va boshqalar) ham devon davrining
ohaktoshlariga mansubdir. O‗rta Osiyoning geologik tuzilishining noyob
xususiyatlaridan yana biri shundan ibortki, u gersin burmalanishi (tektogenezi)
bilan, magmatik jarayonlarning faollashishiga bog‗liq.
Shuning uchun ham
Tyanshanning Sharqiy va Janubiy qismi hamda Pomir-Oloyda intruziv tog‗
jinslari keng tarqalgan. Intruziv tog‗ jinslari tarqalgan maydonlar ko‗pincha
chuqur bo‗laklarga (yer siniqlarga) ajraladi. Shulardan biri – Hisor plutoni nomi
bilan ataluvchi intruziv maydondir. U 5,5 ming km. kv. hududni egallab turadi.
Gersin orogenezi bilan bog‗liq bo‗lgan yana bir intruziv maydon bu – Qoratepa
(Zarafshon tizmasi) batolitidir. Qoratepa tog‗i Zarafshon tizmasining davomi
bo‗lib asosan intruziv tog‗ jinslaridan (granit va granodioritlar) tuzilgan.
Shunday qilib, paleozoy tog‗ jinslarida intruziv maydonlar ko‗tarilib turishi
bilan ajralib turadi. Masalan, Nurota tizmasida 13 dan ortiq intruziv
maydonlarning ko‗tarilib turishi aniqlangan.
Bo‗r va paleogen davrining yotqiziqlari O‗rta Osiyo tog‗larida uning faqat
chekka, hali to‗liq yuvilib ketmagan joylarida saqlanib qolgan. Masalan:
Zirabuloq va Ziadin tog‗larining asosiy qismi paleozoy tog‗ jinslardan tuzilgan,
lekin tog‗ oldi zonasida bo‗r va paleogen davrining yotqiziqlari keng tarqalgan.
O‗rta Osiyoning tekislik qismida paleozoy yotqiziqlari har xil (950 m dan
2800 m gacha (Quyi Amudaryo), Markaziy Qoraqumda 1600 m dan 2400 m
20
gacha) chuqurlikda yotadi. Markaziy Qizilqumning orol shaklida chiqib turgan
– Bukantog‗,
Muruntov, Quljuqtog‗ va boshqa tog‗larida paleozoy davrining
yotqiziqlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. O‗lkaning tekislik qismida
shuningdek, har xil chuqurlikka va har xil qalinlikka ega bo‗lgan bo‗r davrining
yotqiziqlari keng tarqalgan. Ular yashil glina tusiga ega. Qoraqum va Qizilqum
sahrolarining yuza qismi 100-120 m qalinlikdagi qumlar bilan qoplangan. Bu
yerda tog‗ va tog‗ oldi tekisliklari lyoss va lyossimon yotqiziqlardan tuzilgan
bo‗lib, lyossning eng qalin joylari Turkiston
tizmasining shimoliy
yonbag‗ridagi tog‗ oldi tekisligida 120 m gacha yetadi. Bundan tashqari O‗rta
Osiyoning daryo vodiylari va daryo terrasalarida allyuvial yotqiziqlar va
antropgen yotqiziqlar keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: