Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Tayanch iboralar: tekislik qismi, tog‗lar, tog‗ oralig‗i botiqlari, 
geologik taraqqiyotini relefga ta‘siri, relefga inson ta‘siri, zilzilalar
foydali qazilmalari
O‗rta Osiyoning tabiati juda xilma-xildir, uning tekislik qismi Turon 
pastekisligi bo‗lib, bir necha yuzlab kilometr yursangiz ham bironta daryoni 
uchratmaysiz. Bu yerda oy shaklini eslatuvchi barxanlar dengizini va minglab 
sho‗rxok botiqlarni uchratamiz. O‗lkaning tog‗li qismida har qadamda daryolar, 
jilg‗a va soylar, sharsharlarni hosil qilib oquvchi daryolarni ko‗rasiz. Tog‗oldi 
tekislik qismida bahor faslida va qor eriganda tez oquvchi daryolarning «izi» 
saqlanib qolgan yuzlab toshli quruq o‗zanlarni kuzatasiz. O‗rta Osiyoning tog‗li 
hududida qadimgi muzliklarning qoldiqlari - ko‗llar, morenalar, tog‗simon 
vodiylar, sirksimon chuqurliklar saqlanib qolgan. Tekislik qismida esa qumlar 
ostida qolgan shaharlar, ularning harobalari, qishloqlar va daryo o‗zanlarining 
izlarini ko‗rish mumkin. 
O‘rta Osiyo orografik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari. O‗rta Osiyo 
orografik tuzilishi jihatidan, eng avvalo ikkita katta qismga: G‗arbiy (80% 
hududini egallab yotgan Turon pastekisligi) tekislik va 20% hududini ishg‗ol 
etgan tog‗ massivlaridan (Tyanshan, Pomir va boshqalar) iborat bo‗lgan 
Sharqiy qismga bo‗linadi. O‗lkaning tekislik qismida ancha maydonlarni 
mutloq balandligi dengiz sathidan past bo‗lgan cho‗kmalar (Qoraqiya-132 m, 
Mingbuloq-81 m va boshqalar) egallab yotadi. Tog‗li hududlarda, (Pomir 
tog‗ida) (maksimal) mutloq balandligi 7690 m ga yetgan cho‗qqilar bor. 


23 
2-chizma. O‗rta Osiyoning orografik chizmasi (G‗ulomov, Vahobov, Hasanov 
bo‗yicha. 1997 y.) 
O‗rta Osiyoning hozirgi orografik tuzilishining dastlabki tassavurlari XIX 
asrning ikkinchi yarmida P.P.Semenov-Tyanshanskiy, N.A.Seversov va 
I.V.Mushketov tekshirishlaridan keyin shakllangan edi. Yuqorida nomi 
ko‗rsatilgan olimlarning tekshirishlaridan so‗ng O‗rta Osiyo tog‗li qismining 
asosiy orografik chiziqlarining mutloq kenglik bo‗ylab cho‗zilganligi aniqlandi. 
Ushbu aniqlash – A.Gumbolt yozganidek, tog‗ tizmalari meridian bo‗ylab 
cho‗zilgan emasligini, ya‘ni A.Gumbolt vaqtida, O‗rta Osiyo tog‗lari vulkanik 
tog‗ jinslaridan tuzilgan degan qarashni ham tasdiqlamadi. P.P.Semenov - 
Tyanshanskiy, asosan I.V.Mushketov (1886, 1906) tekshirishlari natijasida 
O‗rta Osiyoda cho‗kindi tog‗ jinslarining keng tarqalganligini aniqladi. 
I.V.Mushketov O‗rta Osiyoning tog‗li qismida paleozoy va mezazoy 
davrlarining yotqiziqlari, tekislik qismida esa ko‗proq yosh tog‗ jinslari 
tarqalganligini ta‘kidlab ko‗rsatadi. 
O‗rta Osiyoning eng baland tog‗ tizmalari Himoloy bilan birgalikda, 
Yevropa-Osiyo Alp tog‗ mintaqasining eng baland g‗arbiy chekkasini ishg‗ol 
qiladi. O‗rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog‗ tizmalari ikkita, ya‘ni Tyanshan 
va Pomir tog‗ sistemalariga mansubdir. Hozirga qadar ana shu ikkita tog‗ 
massivlari o‗rtasidan o‗tadigan chegara aniqlangan emas. Ba‘zi bir mutaxassis 
olimlar (Gvozdeskiy 1955) Oloy tog‗ sistemalarini, uni Tyanshan va Pomir 
o‗rtasida joylashgan alohida mustaqil tog‗ sistemalari qilib ajratadi.


24 
O‗rta Osiyoning ayrim haritalarida, ayniqsa tabiiy haritasida, uning 
orografik sxemasida (2-chizmaga qarang), bu hududda tizmalarning kenglik 
bo‗ylab yo‗nalganligi aniq aks ettirilgan. Ko‗pgina tog‗ oralig‗i cho‗kmalari 
ham kenglik bo‗ylab yo‗nalgan. O‗rta Osiyo hududining orografik tuzilishga 
xos bo‗lgan qonuniyatlarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin