Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Orografik tuzilishi; 5. Yozda mahalliy termik dipressiya (Turon termik  dipressiyasi)ning vujudga kelishi; 6



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

4. Orografik tuzilishi; 5. Yozda mahalliy termik dipressiya (Turon termik 
dipressiyasi)ning vujudga kelishi; 6. Inson xo‗jalik faoliyatining ta‘siri. 


32 
Mashhur iqlimshunos olim B.A.Alisovning (1956) iqlim klassifikatsiyasi 
bo‗yicha, O‗rta Osiyo subtropik mintaqaning shimoliy chegarasida 
joylashgandir. L.N.Babushkinning (1961) fikricha, O‗rta Osiyo iqlimining 
o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, uni subtropik iqlimning kontinental variantiga 
mansub ekanligidan darak berib turadi. O‗rta Osiyo subtropik kengliklarning 
shimoliy chegarasida joylashishi, uni juda katta miqdorda issiqlik olishini 
ta‘minlaydi. Shu tufayli yozda Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 
71-72
0
, janubda 76
0
balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda 
O‗zbekiston shimolida quyosh 21
0
, janubida esa 30
0
burchak hosil qiladi. 
Shuning uchun ham iqlimning eng muhim xususiyatlaridan biri katta miqdorda 
quyosh radiatsiyasi olishga bog‗liq bo‗ladi. O‗rta Osiyo iqlimining umumiy 
sharoitlari (havoning yuqori haroratda bo‗lishi, issiqlik davrining uzoq vaqt 
davom etishi, yoz faslining quruq kelishi) xuddi shu radiatsion omil bilan 
belgilanadi. Yiliga O‗rta Osiyo hududining shimoliy qismlari Quyoshdan 120 
kkal sm

energiya olsa, janubiy qismlarida energiya miqdori 160 kkal sm
2
yetadi (1-jadval). 
Gorizontal yuzaga (kkal/sm
2
) tushadigan o‗rtacha oylik va yillik
quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori. 
1-jadval 
Stansiy
alar 

II III IV 

VI VII VIII IX 
X XI XII Yillik 
Toshken
t
4,8 6,5 8,9 13,1 18,0 19,3 19,4 17,2 13,5 9,4 5,5 3,7 139,3 
Samar-
qand 
5,3 6,3 8,9 12,5 16,9 19,7 20,4 18,7 14,8 10,1 5,8 4,5 143,9 
Tomdi 
5,4 7,2 10,8 14,4 18,6 20,3 20,1 18,7 14,5 10,6 6,2 4,5 151,3 
Yozda (iyun – avgust oylarida) Quyosh nur sochib turadigan davri nur 
sochish mumkin bo‗lgan davrning 84-95% ni, qishda (dekabr - fevral) esa 40-
50% ni tashkil etadi. 
O‗rta Osiyoning tog‗li qismida Quyoshning nur sochib turish davri 
tekislikka nisbatan 600-700 soat kam bo‗ladi: tog‗larning 2000 metr 
balandlikkacha bo‗lgan qismida Quyosh yiliga o‗rtacha 2300-2500 soat nur 
sochib turadi. Buning asosiy sababi tog‗ yon-bag‗ir bo‗ylab ko‗tarilgan sari 
bulutli kunlarning ortib borishi, tog‗ yon-bag‗irning quyoshga nisbatan holati 
(shimol, janub va hokazolar)dir. Region hududida Quyoshning nur sochib turish 
davri va u bilan bog‗liq xolda yalpi radiatsiyasining miqdori ham o‗zgarib 
turadi. Shu sababli Toshkentda Quyosh yiliga o‗rta hisobda 2889 soat nur 
sochib tursa, eng janubda joylashgan Termizda bu ko‗rsatkich 3095 soatni 
tashkil etadi. Bu Moskva shahri oladigan quyosh radiatsiyasi miqdoridan ikki 
marta (1600) ko‗p demakdir. O‗rta Osiyo iqlimining tashkil topishida atmosfera 
sirkulyatsiyasining (havo massalarining almashinib turishi) roli muhimdir. 


33 
Umumlashtirib aytilsa, o‗lka hududiga asosan uchta mo‗‘tadil, Arktika va 
tropik havo massalari ta‘sir etib turadi.
Qish oylarida O‗rta Osiyoga ko‗proq Arktika va mo‗‘tadil havo massalari 
ta‘sir etadi. Arktika havo massalari Shimoliy Muz okeanidan G‗arbiy Sibir va 
Ural orqali, shuningdek, shimoliy – sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali kirib 
keladi. Bu havo tipik sovuq havo bo‗lib hisoblanadi. Sibir antitsiklonining 
markaziy o‗qi O‗rta Osiyoning shimolida ancha kuchli bo‗lib, u Ustyurtning 
janubi – Quyi Amudaryo – Qarotov chizig‗igacha bo‗lgan hududlarda o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatadi. Shuning uchun O‗rta Osiyoning shimoliy qismi uzoq davom 
etadigan, qattiq sovuqli, erimay uzoq turadigan qor qatlamli qishga xosdir. 
O‗rta Osiyoning janubiga esa sovuq faslda siklon jarayonlarning rivojlanishi 
xos bo‗lib, qishi yog‗in-sochinli, o‗zgaruvchan, qor yupqa qatlamni tashkil 
etishi bilan harakterlanadi. Ayrim yillari, Sibir antitsikloni O‗rta Osiyoning 
janubiga ham kirib borib havoni sovutib yuboradi. Shuning uchun o‗lkada 
haroratning yillik tebranib turishi (amplatudasi) katta ko‗rsatkichlarga ega. 
O‗rta Osiyo iqlimining juda ham kontinentaligi uning o‗ziga xos xususiyatidir.
Qishda O‗rta Osiyo hududiga ba‘zan iliq tropik havo massalari Eron-
Afg‗oniston tomonidan kirib keladi. Natijada, O‗rta Osiyoning janubiy qismida 
mo‗‘tadil mintaqa sovuq havosini Eron va Afg‗onistondan kirib kelgan iliq 
tropik havosidan ajratib turuvchi qutb fronti vujudga keladi. Front chizig‗i 
atrofida ob-havo beqaror bo‗lib, siklonlar harakati kuchayib Kaspiy dengizining 
Janubi va Kopetdog‗ bilan Paropomiz tog‗larining oralig‗ida Tajang va 
Murg‗ob vodiylari orqali O‗rta Osiyoga kirib keladi hamda Shimoliy-Sharq 
tomonga qarab harakat qiladi, oqibatda Qozog‗iston hududida u kuchsizlanib 
qoladi. Siklonlar o‗zi bilan issiq tropik havo massalarini olib kelganligi tufayli 
ular qoplab olgan joylarda havo ilib (harorat 15-20
0
gacha ko‗tariladi), bulutlar 
ko‗payib, natijada yog‗inlar yog‗adi. Qishda siklonlar Sharqqa va Shimoliy-
Sharqqa qarab harakat qiladi, oqibatda O‗rta Osiyoga shimoliy – g‗arbdan, 
shimol va g‗arbdan mo‗‘tadil (qutbiy), ba‘zan Arktika havo massalari kirib 
keladi. Shuni eslatib o‗tish kerakki, ba‘zan qishda Arktika sovuq havo massasi 
kelib uzoq vaqt turib qolsa havoning harorati juda ham pasayib ketadi. Masalan 
1930, 1948, 1949 yillarning yanvar, 1969 yilning dekabr oyida havo harorati – 
35
0
sovib ketgan. 1969 yilning dekabr oyida esa G‗allaorol botig‗ida havoning 
harorati – 40

gacha pasaygan. 
Yilning issiq faslida O‗rta Osiyoning tekislik qismida Janubda havo 
harorati yuqori bo‗lgan muhitda past atmosfera bosimli oblast vujudga keladi. 
Tekislikda bu harorat baland oblastdan kirib kelayotgan havo massalari juda 
ham qizib yer yuzida o‗z xususiyatlarini o‗zgartiradi, bu hol esa yuqori haroratli 
quruq Turon termik depressiyasining vujudga kelishiga olib keladi. Natijada, 
siklonik jarayonlar O‗rta Osiyoning shimoliy yarmida rivojlanadi, janubda esa 
issiq, quruq yog‗insiz tinch ob-havo vujudga keladi. Siklonik jarayonlar O‗rta 
Osiyoning shimolida tez rivojlanib kech bahor va yoz oylarida ko‗p yog‗in 


34 
yog‗ishiga sababchi bo‗ladi, yoz janubga nisbatan qisqa, mo‗‘tadil kengliklar 
havosi ta‘sirida o‗tadi. Vaqti-vaqti bilan janubdan kirib keladigan tropik havo 
massalari qisqa muddatli, ta‘siri uncha sezilarli emas. Shuni ta‘kidlab o‗tish 
kerakki, O‗rta Osiyoning tekislik qismining markazida hosil bo‗lgan turon 
termik depressiyasi deb ataluvchi past bosimli oblast, yozda atrofidagi yuqori 
bosimli oblastlardan havo massasini xuddi so‗rg‗ich (nasos) kabi tortib olishi 
oqibatida shimoldan, shimoli-g‗arbdan va g‗arbdan salqin havo massasi Turon 
past tekisligi tomon esadi. Ammo, Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli 
o‗zining ob-havosini u qadar o‗zgartira olmaydi, faqat uning haroratini 3-10
0
gacha pasaytiradi, binobarin havo ochiq, quruq, nisbiy namlik kam bo‗lib, 
kondensatsiya jarayoni qiyinlashadi, natijada yog‗ingarchilik bo‗lmaydi. 
O‗rta Osiyo iqlimining shakllanishida uning orografik tuzilishi katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. mintaqaning sharqi, shimoli-sharqi, g‗arbi va shimoliy qismi ochiq. 
Shu sababli yuqorida aytganimizdek O‗rta Osiyoning hududiga shimol, 
shimoli-g‗arb va g‗arbdan keluvchi havo massalari hech to‗siqsiz bemalol kirib 
keladi. O‗lkaning janubi va janubi-sharqiy qismlarida tog‗lar bilan o‗ralganligi 
uning iqlimiga muhim ta‘sir ko‗rsatib, namlik va issiqlikni qaytadan 
taqsimlaydi. O‗rta Osiyoning orografik tuzilishi ayniqsa uning hududida 
yog‗in-sochinni qaytadan tarqalishida muhim rol o‗ynaydi. Bir xil balandlikka 
ega bo‗lgan tog‗larning g‗arbiy, janubi-g‗arbiy yon-bag‗irlariga ko‗p yog‗in 
tushsa, nam havo massalariga qarama-qarshi yon-bag‗irlariga juda kam yog‗in 
tushadi (3-chizma). 
O‗rta Osiyoda tipik quruq subtropiklar shakllangan rayonlar bu 
Surxandaryo vodiysining Boysun rayoni va janubi-g‗arbiy Turkmanistonning 
eng chekka qismidir. Bu yerlarda subtropiklarning tashkil topishi bevosita 
orografik omilga bog‗liq. Masalan, baland Hisor tog‗lari shimoldan keladigan 
sovuq Arktika havosining janubga - Surxandaryo vodiysiga o‗tishiga to‗sqinlik 
qilib, Boysun rayonida yil bo‗yi haroratning yuqori bo‗lishini ta‘minlab, 
subtropik iqlimning shakllanishiga imkon beradi. O‗rta Osiyo orografik 
tuzilishining uning iqlimiga, meteorologik elementlarning xususiyatlariga va 
landshaftlariga ta‘sir etishi haqida ko‗plab misollar keltirish mumkin. O‗rta 
Osiyo tog‗li va tog‗ bilan tekislik tutashgan rayonlarda juda ko‗pchilikka 
ma‘lum bo‗lgan, vaqti-vaqti bilan esib turadigan mahalliy shamollar «Afg‗on», 
«Qo‗qon», «Xavost», «Baom» va boshqalardir. Ana shu shamollarning 
hammasining vujudga kelishi ham bevosita orografik omil bilan bog‗liq holda 
hosil bo‗ladi. Turon pasttekisligining juda katta maydonlari qumli cho‗llar bilan 
(Qoraqum, Qizilqum) hamda sho‗rxoklar bilan qoplangan. Bu yerda o‗simlik 
qoplami yo‗q qilinib yuborilgan. Yuqorida aytib o‗tilganidek, O‗rta Osiyo 
tekislik qismi juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasi oladi. Shuning uchun yoz 


35 
vaqtlari Turon pasttekisligida havo juda qizib o‗zgarib (tranformatsiya) ketib, 
past bosimli, turon termik depressiyasi hosil bo‗ladi. Yilning issiq vaqtlarida, 
ayniqsa yoz oylarida O‗rta Osiyo iqlimining juda ko‗p xususiyatlari, ana shu 
Turon termik dipressiyasining ta‘siri bilan belgilanadi. Ya‘ni, haroratning 
balandligi, yog‗in-sochinlarining bo‗lmasligi va h.k. 
3-chizma. O‗rta Osiyoning tog‗li qismida maksimal yog‗in-sochin tushadigan 
(shtrixlangan) rayonlar. 
O‗rta Osiyo iqlimining o‗ziga xos xususiyatlariga, keyingi vaqtlarda inson 
xo‗jalik faoliyati sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatmoqda. Zavod va fabrikalardan, 
issiqlik elektro-stansiyalaridan va millionlab avtomashinalardan chiqqan 
chiqindi gazlar, bevosita ayrim meteorologik elementlarning o‗zgarishiga olib 
kelmoqda. Masalan, shahar va shahar atrofi o‗rtasidagi yog‗in-sochin miqdori, 
havoning harorati, shamolning tezligi, tumanli kunlarning ko‗pligi bo‗yicha 
tafovutlar ortib bormoqda. O‗rta Osiyoda 60 dan ortiq suv ombori qurilgan, 
sug‗oriladigan yerlar maydoni 7,8 mln gektarni tashkil etadi, bularni hammasi 
bevosita mintaqa iqlimiga ta‘sir ko‗rsatmoqda. Keyingi vaqtlarda Orol 
dengizining qurishi, nafaqat dengiz atrofining, balki butun O‗rta Osiyoning 
iqlimiga sezilarli darajada aniq ta‘sir ko‗rsatmoqda. Eksperimental kuzatishlar 
natijasida shu narsa aniqlandiki, Orol dengizi atrofidagi hududlarda yanvar 
oyining o‗rtacha harorati pasayib, iyulniki ortib, bahorda sovuq tushish vaqti 12 
kunga surilsa, aksincha, kuzgi sovuq tushish vaqti 12 kun avval boshlanmoqda. 


36 
1975 yildan boshlab, Orol dengizining qurigan qismi va dengiz atrofida 
chang-tuz bo‗ronlari ko‗tarila boshladi. Bu hudud uchun yangi antropogen 
hodisadir. O‗rta Osiyoda havo haroratining taqsimlanishi quyoshdan oladigan 
radiatsiyaga, yer usti tuzilishiga va boshqa omillarga bog‗liq. Umuman olganda, 
O‗rta Osiyoning tekislik qismida harorat shimoli – g‗arbdan, janubi – sharqqa 
qarab ko‗tarilib boradi. Masalan, yillik o‗rtacha harorat Nukusda 11
0
bo‗lsa, 
To‗rtko‗lda 12,4
0
, Qoraqolpoqda 14,8
0
, Termezda 17,8
0
, Sherobodda esa 18
0

Samarqandda 14

ni tashkil etadi. O‗rta Osiyo tekislik qismining shimolidagi 
cho‗llar, qishda Sibir antitsikloni ta‘sir doirasida bo‗lgani uchun qish qattiq, 
uzoq davom etib, sovuqli kunlar bo‗ladi va qor qoplami uzoq yotadi. Yozi 
ancha qisqa, juda ham issiq emas. 
O‗lka tekislik qismining janubiy tomonlari – janubiy cho‗llar qishi 
yumshoqligi, qor qoplamining uzoq turmasligi, sovuq kunlarning issiq kunlar 
bilan almashib turishi va o‗simliklarning vegetatsiyasi davom etishi bilan 
harakterlanadi. Yog‗in – sochinning 70-90% i qish va bahor oylariga, sh
undan eng ko‗pi bahorga to‗g‗ri keladi. Shimoliy cho‗llarda yanvar oyning 
o‗rtacha harorati shimolda –15
0
, -16
0
bo‗lsa, uning janubiy qismida -8
0
gacha 
tushadi. Janubiy cho‗llarda qish mutlaqo boshqacha sharoitda kuzatilib, ob-
havo tez-tez o‗zgarib turadi. Qizilravot – Atrek vodiysida yanvar oyning 
o‗rtacha harorati +5
0
ni tashkil etadi. Bu yerga iliq tropik havo kelganda qish 
oylarida havo harorati +22
0
, +25
0
gacha ko‗tarilib ketadi. Janubiy cho‗llarda 
ham qish ancha iliq bo‗lishiga qaramasdan Sibir antitsikloni yoki Arktika 
havosi kirib kelganda minimal harorat shimolda – 32

ga, janubda –26
0
ga 
tushib ketganligi kuzatilgan. 1947 yil qish juda sovuq kelganda harorat 
Ashxabodda –22
0
, Kattaqo‗rg‗onda –35
0
, Tomdibuloqda esa –35
0
bo‗lgani 
kuzatilgan. 
Iyul O‗rta Osiyo hududining barcha rayonlari uchun eng issiq oy 
hisoblanadi. Iyul oyning o‗rtacha harorati janubiy cho‗l zonasining shimolida 
+27 +28
0
bo‗lsa janubida +31 +32
0
ni tashkil etadi. Yuqori harorat esa +46, 
+48
0
, +50
0
gacha yetadi. Shimoliy cho‗l zonasining yozi janubga nisbatan 
qisqaroq, havo va tuproq usti harorati yuqori bo‗lmaydi. Iyul oyining o‗rtacha 
harorati shimolda +20
0
bo‗lsa, janubda +27
0
ni tashkil etadi. Eng yuqori harorati 
may oyida 40, 45

bo‗ladi. O‗rta Osiyoda namlikning, ya‘ni yog‗in-sochin 
miqdorining tarqalishi ikkita qonuniyatga bo‗ysunadi; 1) – tekislik qismida 
mutlaq balandlikning ahamiyati ikkinchi o‗ringa tushib qoladi. O‗rta Osiyoning 
eng kam yog‗in–sochin tushadigan rayonlari uning shimoli – g‗arbiy qismlarida 
Quyi Amudaryo zonasida joylashgan. Masalan, Xivada 79 mm, Nukusda 82 
mm, Tomdida 108 mm. Janubga qarab kelgan sayin, ya‘ni mutlaq balandlikning 
oshib borishi bilan yog‗in-sochin miqdori oshib boradi: Shofirkonda 120 mm, 
Navoiyda 177 mm, Qarshida – 225 mm. Tog‗ oldi zonasiga yaqinlashgan sari 
yog‗in-sochin miqdori yana ortadi: u Qamashida 327 mm, Samarqandda 328 
mm, Toshkentda – 359 mm, Jizzaxda – 425 mm ga otib boradi. Tog‗li 


37 
rayonlarning ichki qismida yog‗in-sochin tarqalishi orografik sharoit bilan 
belgilanadi. G‗arbiy Pomirda 2000-2500-5000-6500 m mutlaq balandlikda 
1500-1800 mm yog‗in yog‗sa, 4000 m balandlikda Sharqiy Pomirning Qorakul 
rayonida bor - yo‗g‗i yiliga 40 mm yog‗in-sochin tushadi. Sababi: birinchidan, 
G‗arbiy Pomir Sharqiy Pomirga nisbatan ancha balandlikda (6000-7500 m 
gacha yetadi) joylashgan, shuning uchun g‗arbdan kelgan nam havo massalari 
G‗arbiy Pomir yon-bag‗irlariga urilib bor namlikni beradi. Ikkinchidan, havo 
massalari Sharqiy Pomirga oshib tushganda iliydi (adiabatik jarayon) va 
to‗yinish nuqtasidan uzoqlashadi, natijada bu rayonga juda kam yog‗in-sochin 
tushadi. Masalan Qorako‗l rayonida yillik namlik 40 mm dan oshmaydi. 
O‗rta Osiyo tog‗li va tog‗ oldi rayonlari uchun xos bo‗lgan fyon, garmsel, 
tog‗ – vodiy shamollari bor. Fyon shamollari qishda ko‗proq kuzatilib, tekislik 
qismida past bosimli vaziyat vujudga kelganda, tog‗lardan sovuq havoning 
pastga qarab harakat qilishiga sabab bo‗ladi. Tog‗ yon-bag‗ir bo‗ylab pastga 
tushib kelgan havo zichlashib, har 100 mda 0,6
0
isiydi, oqibatda tog‗ oldiga 
yetib kelganda havoning harorati ancha ko‗tariladi. O‗rta Osiyoda fyon 
shamollari ko‗p esadigan rayonlaridan biri Chirchiq – Ohangaron vodiysidir. 
Garmsel shamollari O‗rta Osiyoning janubiy va janubi – g‗arbiy rayonlari 
uchun xos bo‗lib, u yoz faslida, ya‘ni may – avgust oylarida kuzatiladi. Garmsel 
esganda havoning namligi keskin tushib, harorat ko‗tarilib ketadi. 1959 yil 
garmsel shamollari Turkmanistonning subtropik rayonlariga katta zarar 
yetkazgan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin