28
boshlangan edi. Yirik ko‗mir konlari O‗zbekiston hududida ham mavjud bo‗lib,
unga misol qilib Ohangaron, Sharg‗un, Boysun, Ko‗hitang
konlarini ko‗rsatish
mumkin. Ohangaron qo‗ng‗ir ko‗miri ochiq usulda qazib olinib, bu konning zahirasi
O‗zbekistonda topilgan barcha ko‗mir zahirasining 96,5% ini tashkil etadi.
Respublikadagi eng katta konlaridan biri Surxondaryo vodiysining tog‗li
rayonida
600-800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan Sharg‗un ko‗mir
konidir. Ko‗mir yuqori sifatli kokslashgan bo‗lib, o‗rtacha qalinligi 4,5 metrdan 12
metrgacha yetadi.
O‗rta Osiyo hududida
temir rudasining sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan uncha ko‗p
bo‗lmagan konlari topilgan. Amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan temir konlaridan Janubiy
Qozog‗istonning Aboshol va Xo‗jand shahridan shimoli-sharqda joylashgan konlarni ko‗rsatish
mumkin. Keyingi vaqtda Jizzax
shahrining shimoli-g‗arbida Uchquloch temir koni topildi.
Rangli metall konlaridan O‗rta Osiyoda qadimdan foydalanib kelingan.
Tyanshanning janubi-g‗arbiy tarmoqlaridan biri Qoramazor tog‗ida rangli
metallardan foydalangan izlar bundan dalolat beradi.
Rangli metallardan misning
ko‗plab konlari Qurama tog‗ining yon-bag‗irlarida joylashgan. Bu konlardan qazib
olingan xom-ashyo hisobiga Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinati ishlab turubdi. Mis
konlarining yangi rayonlari Qizilqum va Janubiy O‗zbekistonda aniqlandi.
Qo‗rg‗oshin va rux O‗rta Osiyoning juda ko‗p rayonlarida topilgan. Eng yirik
konlar Haydarkon, Chauvay, Qadamjoy, Molguzor, Magiyon va boshqalardir. Ana
shu konlar orasida eng yirik Qadamjoy, Haydarkon (Farg‗ona vodiysi), Magiyon tog‗
- metalurgiya kombinati ishlab turibdi. Langar,
Ingichka, Qo‗ytosh konlari o‗zining
volfram konlari bilan mashhurdir. Oltin konlari O‗rta Osiyoda keng tarqalgan.
O‗zbek geologlari tomonidan Qizilqumda (Muruntovda) topilgan oltin koni
dunyodagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi. Bu oltin koni boshqa oltin konlaridan
farq qilib, u sochilma emas. U tub tog‗ jinslarida hosil bo‗lgan. Sochilma oltin konlari
O‗rta Osiyoda juda ko‗p uchraydi, masalan, Nurota tog‗larida topilgan Marjonbuloq,
Zarband va boshqa konlar ham tub tog‗ jinslarida saqlanib sanoatda hozirgi kunda
o‗zlashtirilmoqda. O‗rta Osiyoda metall, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko‗p
tarqalgan. Bular orasida eng ko‗p uchraydigani kaliy tuzlari foydali qazilmalaridir.
Eng yirik kaliy konlaridan biri Hisor tizmasining janubi-g‗arbiy tarmoqlarida
joylashgan Gaurdak konidir. Bu yerda kaliyli tuzlar uch qavatli bo‗lib, undagi har bir
qavatning qalinligi 400-420 metrgacha yetadi.
1965 yildan boshlab eng yirik konlardan biri hisoblangan Amudaryo o‗ng
qirg‗og‗ida joylashgan Gaurdak koni o‗zlashtirilmoqda. Yaqin vaqtga qadar O‗rta
Osiyo,
shu jumladan, O‗zbekiston fosforit o‗g‗itini ishlab chiqarish uchun xom-
ashyoga ega emas edi. Keyingi vaqtlarda Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlari
oligiatsen yotqiziqlari qavatlari orasida 0,5-2 metr qalinlikdagi fosforit konlari
topildi. Shuningdek, Qizilqumdagi Quljuqtog‗ tizmasidagi
Toshqazganda grafit
konlari ochildi. Sulton Uvays tog‗ida, Janubiy Farg‗ona va Hisor tizmasida asbest
konlari topilgan.
O‗rta Osiyo hududi qurulish materiallari konlariga ham boy. Bu yerda 100 dan ortiq marmar
konlari bor. Eng yirik marmar koni bu g‗arbiy Nurota tizmasidagi G‗ozg‗on marmar konidir.
Shuningdek, O‗rta Osiyo shifobaxsh va mineral suvlarga, buloqlarga boydir. Bu yerda juda ko‗p
mineral va issiq buloq suvlari topilgan. Bunga misol qilib Farg‗onadagi Chimyon, Polvontosh,