26
XVI asrda Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‗zining «Boburnoma»
kitobida Farg‗ona, Andijon, Toshkent va Samarqand kabi katta shaharlarda
kuchli zilzilalar bo‗lganligini tasvirlaydi.
Juda dahshatli zilzila (9—10 ball kuchga ega) 1902 yilda Andijonda bo‗lib
o‗tgan va 50 ming axoli yashaydigan shahar butunlay vayron bo‗lgan,
hatto
temir yo‗l izlaridagi parovoz va vagonlarni uloqtirib tashlagan, izlar esa
egilibbukilib joyidan qo‗zg‗alib ketgan, 4652 kishi halok bo‗lgan va 7000 ga
yaqin qoramol o‗lgan.
O‗zbekiston hududi turli geologik davrlarda hosil bo‗lgan
va hozir ham
harakat kilayotgan katta tektonik bloklar—shimolda Markaziy Qozog‗iston
qalqoni va UralSibirh epigero‗in platformasining Turon plitasi, sharqda
qadimgi kembriygacha hosil bo‗lgan
Tarim platformasi, janubda esa qadimgi
Hindiston platformasi oralig‗ida joylashgan. Shuning uchun respublika
xududida qo‗shni mamlakatlar hududida bo‗layotgan
zilzilalar natijasida hosil
bo‗layotgan seysmik to‗lqinlar doimo aks etib turadi. Masalan, Afg‗oniston,
Qirg‗iziston, Tojikiston va boshqa joylarda tez-tez bo‗layotgan zilzilalarning
seysmik to‗lkinlari O‗zbekistonning barcha viloyatlarida seziladi va
respublikamizda zilzilalar bo‗lib turishiga sabab bo‗ladi. Qo‗shni
mamlakatlar
hududida bo‗lgan zilzilalarning manbai kancha chuqur bo‗lsa, ular
O‗zbekistonda shunchalnk kuchli seziladi. Kuchli yangi tektonnk harakatlar va
ular bilan bevosita bog‗liq zilzilalar Tyanshan orogen oblastida, ya‘ni
O‗zbekistonning tog‗li qismida bo‗lib o‗tmoqda. Olib borilgan tekshirish ishlari
va keyingi yillarda bo‗lib o‗tgan zilzilalar shuni ko‗rsatdiki, bu hududda asosan
kuchi 8 balli zilzilalar bo‗lib turadi.
Tyanshan orogen oblasti va Turon plitasida bo‗layotgan er po‗stining
harakatlari bir-biri bilan bog‗langanligi sababli hozirgi vaqtda zilzilalar
mintaqasi O‗zbekistonning tog‗ oldi va tekislik qismlarini ham o‗z
ichiga
olmoqda. Natijada kuchli zilzilalar Tyanshan orogen oblasti bilan Turon plitasi
orasidagi hududlarda ham bo‗lib o‗tmoqda, bu esa plitaning seysmik tomondan
faollashishiga olib kelmoqda. Tyanshan orogen oblasti bilan Turon plitasi
orasida joylashgan Toshkent shahrida 1966 yilning 26 aprelida, Nazarbekda
1980 yilning 11 dekabrida kuchli zilzilalar bo‗lib o‗tdi. Toshkentda bo‗lib
o‗tgan zilzilanyng manbai shahar ostida 8 km chuqurlikda joylashgan bo‗lib,
kuchi 8 ballga etgan. Silkinishlar 26 apreldan keyin ham tez-tez qaytarilib turdi
va 1966
yilning oxiriga kelib, silkinishlar soni 700 ga etgan. Bo‗lib o‗tgan
silkinishlarni tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, Toshkent shaxrida 8 balli zilzilalar
100 yilda bir marta, 7 balli zilzilalar 25 yilda bir marta, 6 balli zilzilalar esa har
2 yilda bir marta qaytarilib turar ekan.
Zilzilalar nomi
Yillar
Zilzilalar nomi
Yillar
1. Urganch
1240
13. Chotqol
1946
2. Urgut
1797
14. Sangzor
1957