40
ekanligini aniqlagan. U 1930 yilda O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarining katologini
tuzib, muzliklar soni – 1223 ta ekanligini aniqlagan edi. 1937 yilda
S.V.Kolesnik Sobiq SSSRning tog‗li rayonlari muzliklarining ma‘lumotlarini
umumlashtirib, N.L.Korjenevskiy ma‘lumotlariga qo‗shimchalar
kiritdi va
O‗rta Osiyo tog‗ muzliklarining umumiy maydoni 11 ming km
2
ekanligini
aniqladi. Pomir tog‗laridagi muzliklarning katologi tuzilganda (Zabirov, 1955)
faqat Pomirning o‗zida uzunligi 1,5 km dan katta bo‗lgan 1085 ta muzliklar
borligi aniqlandi.
1960 yillarning oxiriga kelib, O‗rta Osiyo tog‗laridagi yirik muzliklarning
soni 2500 dan ortiq degan xulosaga kelinib, ularning umumiy maydoni 16 ming
km
2
deb aniqlik kiritildi. Ana shu ma‘lumotlar asosida,
Pomir umumiy
maydonining 11% i, Tyanshan tog‗lari umumiy maydonining 5% i muzliklar
bilan qoplanganligi aniqlangan edi. Ikkinchi jadvalda O‗rta Osiyo tog‗
tizmalarida muzliklar maydonining tog‗ tizmalarida joylashishi berilgan.
Dostları ilə paylaş: