42
O‗rta Osiyo tog‗ muzliklari o‗zining qalinligi bilan ham ajralib turadi.
Masalan, Fedchenko muzligining qalinligi uning yuqori qismida 700-1000 m ni
pastki qismlarida esa 300-400 metrni tashkil qiladi. O‗rta Osiyo tabiatining
noyobligi va tog‗ muzliklarining yana bir o‗ziga xos xususiyatlari shundan
iboratki, tog‗ muzliklari ayrim yillari (har yili takrorlanmaydi) vodiy bo‗ylab
juda tez harakat qiladi. Lekin bu hodisaning sababi hozirgacha aniqlangan
emas. Masalan, Fanlar akademiyasi tizmasining g‗arbiy yon- bag‗irlarida
joylashgan Medvejiy muzligi 1951 yilda kutilmaganda yozda 2 km oldinga
surilib Abduqahhor daryosi vodiysini to‗sadi. 1963 yilda esa muzlik chekinadi,
ya‘ni o‗sha yili sutkasiga 50 m tezlikda siljib daryo vodiysini to‗sib qo‗yadi,
xuddi shunday hodisa 1988 yilda yana takrorlandi. Muzliklarning bunday tez
harakat qilishini fanda «pulsatsiya» deb yuritiladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, keyingi vaqtda global miqyosda
iqlimning o‗zgarishi, inson xo‗jalik faoliyatining ta‘siri O‗rta Osiyo tog‗
muzliklarining erishi, chekinishini tezlashtirmoqda. Bunda Orol dengizi
qurishining ma‘lum darajada hissasi bor. Bu haqda keyingi boblarda
to‗xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: