43
(Muksuning
boshlanishi,
Seldor,
Matchoh
va
boshqalar).
Ularning
oziqlanishida tog‗ muzliklari 50% dan ko‗pni tashkil qiladi. 2. Qor va
muzliklardan oziqlanadigan daryolar (Panj, So‗x, Isfara, Vaxsh, Zarafshon va
boshqalar). Bu daryolarning oziqlanishida muzliklar 35%, qor 30-55% ni
tashkil etadi. 3.Qordan oziqlanadigan daryolar (Norin, Qoradaryo, To‗polon,
Kofirnigon,
Sherobod, Shohimardon va boshqalar). Qordan oziqlanishi 40-
65%, yomg‗irdan 1-5% ga to‗g‗ri keladi. 4.Qor-yomg‗irdan oziqlanadigan
daryolar (G‗uzor daryosi, Sherobod, Boroldoy va boshqalar). Daryolar
oziqlanishining 40-55% qorga, 3-15% i yomg‗irga to‗g‗ri keladi.
O‗rta Osiyoning tekislik qismida, ya‘ni tog‗ oldi tekisliklarida va daryo
vodiylarida, asosan, yer osti suvi bilan oziqlanadigan «Qora suv» tipidagi
daryolar ham bor. Masalan, Zarafshon daryosi vodiysida yil bo‗yi bir xil
me‘yordagi suv harajati bilan oqadigan Qorasuv nomi bilan ataladigan daryo.
O‗rta Osiyo tog‗larida o‗rtacha ko‗p yillik oqimning miqdori bir xil emas.
Sersuvligi bilan janubdagi tog‗ tizmalarining janubiy va janubi-g‗arbiy yon-
bag‗irlaridan suv oluvchi daryolar ajralib turadi.
Daryolarning sersuvligi
orografik sharoit, ya‘ni g‗arb, shimoli-g‗arbdan keladigan nam havo massasiga
nisbatan tutgan o‗rniga qarab, suv harajati shakllanadi. V.L.Shuls (1963)
ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyoning tog‗li qismida sekundiga 5 000 m
3
dan
ortiqroq yoki yiliga 160 km
3
miqdoridagi suv hosil bo‗ladi, uning tekislik
qismiga esa sekundiga 4900 m
3
yoki yiliga 155 km
3
suv keladi. L.S.Berg 1900
yillarning boshida xomaki hisob-kitob qilib, O‗rta Osiyoning tog‗li qismidan
uning tekislik qismiga yilliga 150 km
3
suv tushib kelishini aytgan edi.
O‗lkaning tog‗li qismidan tekislik qismiga har yili 16 km
3
yer osti suvi o‗tadi.
O‗rta Osiyo daryolarining yillik suv harajati sarfi ularning to‗yinishiga
(oziqlanishiga) bog‗liq. Umuman olganda, O‗rta Osiyo daryolarining suv
harajati qishloq xo‗jaligi, dehqonchilik, ayniqsa, sug‗orma dehqonchilik uchun
juda qulaydir. Daryolar suv sarfi harajatining eng ko‗payishi yozga, ayni suvga
talab ko‗p bo‗lgan vaqtga (iyun-iyul-avgust oylariga) to‗g‗ri keladi. Masalan,
Zarafshon daryosi yillik suv sarfi harajatining 82% i, Chu daryosining 60% i,
Norin daryosi – 70% i yoz oylariga to‗g‗ri keladi. Muzliklardan oziqlanadigan
daryolar suvining ko‗payishi, ya‘ni muzliklarning eng ko‗p erishi iyul va avgust
oylariga to‗g‗ri keladi. Yomg‗ir suvlari bilan oziqlanuvchi
daryolar vaqtincha
oqar suvlar bo‗lib, yomg‗ir mavsumi tamom bo‗lgandan keyin iyun oylarida
kurib quruq o‗zanlarga aylanib qoladi. Yer osti suvi bilan oziqlanuvchi
daryolarning suv hajmi qariyib yil bo‗yi bir xildir.
O‗rta Osiyo daryolarining oqim moduli (modul – ma‘lum bir vaqt birligida
daryo havzasining ma‘lum bir maydondan oqib o‗tadigan suv birligi) har xildir.
V.L.Shulsning ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyo tog‗larining o‗rta modul oqimi
– 6,1 m/sek ga tengdir. Oqim modulining birligi orografik sharoitga bog‗liq
bo‗lib, tik zonallik qonuniyatiga ham bo‗ysinadi. Hisor tog‗ining janubi-
g‗arbidan va G‗arbiy Tyanshanning janubidan suv oluvchi daryolarning oqim
44
moduli katta. Bu joylardagi tog‗larning 3000 m balandliklarida bir kv.km
maydondan sekundiga 30-50 metr kub oqim vujudga keladi. Umuman olganda,
O‗rta Osiyo tog‗larining 2000-2500 metr balandliklaridan, 10-17 litr, 1500-
2000 metr balandliklarida 7-10 litr, 1000-1500 metr
balandliklarida esa oqim
modulining miqdori bir km. kv. yuzada sekundiga 0,5-1,0 litr oqimni vujudga
keltiradi.
O‗rta Osiyo daryolarining «qattiq oqimi» loyqa oqimlari har xil tabiiy-
geografik sharoitga va geologik tuzilishga bog‗liq. V.L.Shuls ma‘lumoti
bo‗yicha kuchli yemirilish Vaxsh daryosi havzasida kuzatilib, yiliga 1 km
2
yuzadan 2162 t qattiq jinslar yuvilib olib ketiladi. Panj daryosida tog‗ jinslari
yuvilishi yiliga 390 t/km
2
ortiq. Bu Kofirnigon Surxondaryo va Qashqadaryo
havzalarida yilliga 200-500 t/km
2
loyqani tashkil yetadi.
Havzalar kuchli
yuvilishi Zarafshon daryosining irmog‗i bo‗lgan Matchoh daryosi uchun ham
xos bo‗lib, yillik tog‗ jinslarining yuvilishi 760 t/km
2
tengdir. Daryolarning
yuvilish kuchiga qarab, ular suvining loyqaligi ham shakllanadi. Eng suvi loyqa
daryolar Vaxsh va Amudaryo bo‗lib uning loyqaligi 3 500 m
3
/gram dan oshib
ketadi. G‗uzordaryo, Sherobod daryolarining loyqaligi 3 000 m
3
/gramga teng.
Daryo suvlari loyqaligining yillik darajasini kuzatsak, suvning yil davomida
eng
loyqa davri yoz oylariga, eng kam davri qish fasliga to‗g‗ri keladi. O‗rta
Osiyo daryolarining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri ayrim daryolar qirg‗oqlari
bir tomonining katta tezlik bilan yemirishidir. Bu tabiiy-geografik hodisa
asosan Amudaryo uchun xos bo‗lib «degish» deb ataladi. Masalan, 1932 yil
iyul oyida Amudaryo To‗rtko‗l shahri chetidan uni 500 m qirg‗og‗ini yuvib
ketgan. Natijada Qoraqalpog‗iston Respublikasining poytaxti Nukusga
ko‗chirildi.
O‗rta Osiyo daryolarining loyqaligini va yuvib - oqizib keltirayotgan
jinslari miqdorini bilish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki daryo oqiziqlari
va uning miqdorini bilmasdan turib har xil suv inshootlarini (GES, suv ombori,
kanal, to‗g‗on) qurish maqsadga muvofiq emas. Daryo oqiziqlari, bir tomondan
suv
inshootlariga zarar keltirsa, ikkinchi tomondan loyqalar suv bilan ekin
dalalariga kelib, cho‗kib tuproq hosildorligini oshiradi. Masalan, Amudaryo
oziqlari tarkibida ohak, kaliy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Amudaryo
suvi bilan sug‗oriladigan har bir gektar maydonga o‗rtacha 3 kg yaqin «o‗g‗it»
qoldirar ekan. Amudaryo Karki atrofida tog‗dan chiqish joyida har yili 1 mln. t.
gumus moddasi ham olib chiqadi. Bu esa daryo suvi bilan sug‗oriladigan
maydonlarga tarqaladi. Lekin keyingi vaqtlarda daryolar havzalarida ko‗plab
suv omborlarining qurilishi natijasida, daryo suvlarining loyqasi va uning
tarkibidagi ozuqa moddalari suv omborlari tagida qolmoqda. Masalan, Nurek
suv omborining tagida har yilli 5 mln. t. gumus yotqizilmoqda va natijada suv
ombori sathi yildan-yilga ko‗tarilib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: