Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Tektonik ko‗llar. Yer qobig‗ining murakkab hodisalari – yoriqlar, cho‗kmalar  va tektonik pastqamlikda hosil bo‗lgan ko‗llar: Issiqko‗l va Qorako‗l; 2



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

1.Tektonik ko‗llar. Yer qobig‗ining murakkab hodisalari – yoriqlar, cho‗kmalar 
va tektonik pastqamlikda hosil bo‗lgan ko‗llar: Issiqko‗l va Qorako‗l; 2. Baland 
yassi tog‗larda pastqam relef joylarda drenajning yomonligi oqibatida hosil 
bo‗lgan ko‗llar. Bunga Norin daryosining yuqori qismida va Alichur 
daryosining vodiysida hosil bo‗lgan ko‗llar misol bo‗ladi. Odatda bunday 
ko‗llar uncha chuqur emas; 3. Morena ko‗llari, qadimgi muzliklar 
morenalarining daryo vodiylarini to‗sib qolish natijasida vujudga keladi. 
Morena ko‗llari, odatda yuqori balandliklarda, muzliklarning oxirgi qismida 
joylashib, ular uncha chuqur emas va maydoni ham kichik. Bu ko‗llarga misol 
qilib Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Molguzar, Iskandarko‗l va Panj 
daryosining yuqori qismidagi Zarko‗lni ko‗rsatish mumkin; 4.Bosib qolish, 
qulab tushish, surilish natijasida hosil bo‗lgan to‗g‗on ko‗llar. Yon-bag‗irlari tik 
va vodiylari tor bo‗lgan daryolarni yer qimirlashi natijasida to‗sib qo‗yilishi 
oqibatida paydo bo‗lgan ko‗llar. To‗sib quyish natijasida hosil bo‗lgan ko‗llar, 
odatda chuqur bo‗lib, suvlari chuchukdir. Bunday genetik tipga ega bo‗lgan 


46 
ko‗llarga misol qilib, Pomir tog‗laridagi Sarez va Yashilko‗lni ko‗rsatish 
mumkin; 5. Karst ko‗llari. Karst hodisalari rivojlangan tog‗li rayonlarda karst 
voronkalarining suv bilan to‗lib qolishi natijasida hosil bo‗ladi; 6. Sirk yoki qor 
ko‗llari. Qadimgi muzliklar keng tarqalgan rayonlarda, oziqlanish manba 
bo‗lgan katta chuqurliklar - sirklar keyingi vaqtlarda suv bilan to‗lib kichik – 
kichik ko‗llar hosil qilgan. Sirk yoki qor ko‗llari Tyanshan va Pomirda ko‗p 
uchraydi. Quyidagi jadvalda O‗rta Osiyo tog‗li qismidagi ayrim ko‗llarning 
morfologik ma‘lumotlarini keltiramiz. 
 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin