Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Allyuvial o‗tloq tuproqlar – daryo vodiylarida, odatda ikkinchi va 
uchinchi terrassalarida tarqalgan. Allyuvial o‗tloq tuproqlar botqoq 
tuproqlardan farq qilib, allyuvial o‗tloq tuproqlarning ona jinsi – allyuvial 
yotqiziqlar 2-3 metrdan 8-10 metrgacha bo‗lgan chuqurlikda yotadi. Allyuvial 
o‗tloq tuproqlarning ona jinsi faqat allyuvial shag‗al toshlardan iborat 
bo‗lmasdan, glinali, lyossimon tog‗ jinslardan ham iborat bo‗ladi, allyuvial 
o‗tloq tuproqlarning chimli gorizontida gumus miqdori 2-3% dan oshmaydi. 
Shuni aytish kerakki, daryo vodiylarining juda katta maydonlarida allyuvial 


53 
o‗tloq tuproqlar o‗zlashtirilib, madaniy sug‗oriladigan tuproqlarga aylangan. 
Chunki kishilarning ming yillab tuproqni sug‗orib, har xil o‗g‗itlar solib, ishlov 
berishi uning tabiiy xususiyatlarini o‗zgartirib yuborgan. Bunday tuproq 
turlariga voha-o‗tloq tuproqlari kiradi. «Voha» tuproqlari ko‗p asrlik sug‗orish, 
har xil o‗g‗itlar solish natijasida kuchli o‗zgarib ketgan. Masalan, Zarafshon 
daryosining o‗rta qismidagi sug‗oriladigan maydonlarga daryo suvi har yili 1 
mm qalinlikda yotqiziqlar olib keladi. Natijada ikki ming yildan buyon 
sug‗oriladigan dalalarga keltirilgan yotqiziqlarning qalinligi 2 metrga yetadi. 
Shunday qilib, voha tuproqlarida yangi agroirrigatsion gorizontlar paydo 
bo‗lgan. Bu agroirrigatsion gorizontlarning qalinligi, sug‗oriladigan yerlarning 
sug‗orish «yoshiga» qarab har xil bo‗ladi, ya‘ni bir necha 10 sm dan 2-2,5 metr 
gacha yetadi. Shunday qilib sug‗oriladigan tuproqlar inson xo‗jalik faoliyati 
orqali kuchli o‗zgarib ketgan. 
Bo‗z tuproq. O‗rta Osiyoning tog‗ va tog‗ oldi tekisliklarida asosan bo‗z 
tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq tipi tog‗ etaklari bo‗ylab cho‗zilib ketgan lyossli 
tekisliklarda juda yaxshi rivojlangan bo‗lib, tog‗li o‗lkalarning tuproqlaridan 
hisoblanadi va tog‗ yon-bag‗irlaridagi eng quyi tuproq mintaqasini tashkil etadi. 
Bu mintaqada pastdan yuqoriga tomon iqlim sharoitning o‗zgarishiga ko‗ra eng 
past yerlarda och tusli bo‗z tuproq, undan balandlikda tipik bo‗z tuproq, 
yuqori chegarasida esa to‗q tusli bo‗z tuproqlar tarqalgan. Umuman bo‗z 
tuproqlar 300-500 metrdan 1200-1400 metrgacha balandliklarda uchraydi, ular 
karbonatli tuproq bo‗lib, uning hamma qatlamida ozmi-ko‗pmi karbonat 
uchraydi, lekin eng ko‗pi 100-140 sm chuqurlik orasida bo‗ladi. Bu hol tuproq 
unumdorligini oshiradi. Bo‗z tuproqlarda chirindi tuproqning ustki qatlamida 
to‗planadi va bu qatlamning qalinligi 15-18 sm ga boradi. Gurunt suvi chuqurda 
yotganligi uchun tipik va to‗q tusli bu tuproqlar deyarli sho‗rlanmagan bo‗ladi. 
Och tusli bo‗z tuproqlar gurunt suvi yuzaga yaqin bo‗lgan yerlarda darhol 
sho‗rlanib, sho‗rxoksimon bo‗z tuproqlarga, ba‘zan esa sho‗rxoklarga aylanadi. 
Bo‗z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin