54
To‗q tusli bo‗z tuproqlar tog‗ yonbag‗irlarining pastki qismida 500-600
m dan 1200-1400 metrgacha bo‗lgan mutlaq balandliklarda uchraydi. To‗q tusli
bo‗z tuproqlarning tarqalishi ko‗pincha tog‗ tizmalarining orografik tuzilishiga
ham bog‗liq. Tog‗ tizmalari yon- bag‗irlarning chekka yoki tashqari qismida
to‗q tusli bo‗z tuproqlarning tarqalishi 1400 m balandlikkacha ko‗tariladi, tog‗
massivlarining ichki qismlarida esa ularning tarqalishi 1200
metrgacha pastga
tushadi. To‗q tusli bo‗z tuproqning yuqori qatlamida chirindi ko‗proq (3-4%)
bo‗lganidan ancha to‗q tusdadir va chirindi tarqalgan qatlam 80-120 sm ga
qadar boradi. O‗rta Osiyoning ko‗pgina tog‗ oldi tekisliklarida tipik bo‗z
tuproqlar o‗zlashtirib lalmi va sug‗orishda foydalaniladi, ular ko‗proq tog‗ yon-
bag‗irlari uchun xos bo‗lib, yuqori balandliklarda joylashgani uchun to‗q tusli
bo‗z tuproqlar asosan lalmikor ekinlar ekishda foydalaniladi. Tog‗ quruq dasht
mintaqasida, ya‘ni, o‗rtacha balandlikdagi tog‗larda jigar rang va qo‗ng‗ir tog‗ -
o‗rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200
metrdan boshlanib
2000-2200 metrgacha, Hisor va Pomir tog‗larida esa 3000-3500
metr mutlaq
balandliklarda tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: