Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Shuvoqli cho‗llar tuprog‗i sho‗rlanmagan loy tuproq bo‗lib, 
o‗simliklardan asosan oq shuvoq, izen, juda siyrak holda chalov va boshqa 
efemerlar uchraydi. Bular oq shuvoq assotsiatsiyasini tashkil etadi. Haqiqiy oq 
shuvoqlar Orol bo‗yi tekisliklarida va Chu vodiysida uchraydi. Burganli 
cho‗llar tuprog‗i sho‗rlangan yoki gipsli bo‗lib, burgan va toshburgan kabilar 
uchrab, ular burgan – toshburgan assotsiasini tashkil etadi. Shunday qilib, qumli 
cho‗llarda juzg‗un yoki qandim, quyonsuyak, iloq, selin, cherkez, saksovul kabi 
o‗simlik turlari o‗sadi. Juzg‗un (qandim) buta o‗simligi bo‗lib, ko‗chib 
yuruvchi qumlarda, kichik marzasimon qumliklarda o‗sadi. Juzg‗unning ellikka 
yaqin turi mavjud bo‗lib, buyi ikki metrga yetib, doirasimon bo‗lib o‗sadi. 
Uning ildizi har tomonga ko‗ndalang holda tarqalib, uzunligi 20 m ga yetadi va 
qumni mustahkamlaydi. Ko‗chib yuruvchi qumlarni mustahkamlashda endemik 
hisoblangan selinning ahamiyati katta. U ko‗p yillik o‗t bo‗lib, dastlab barxan 
qumlarida vujudga keladi. Selinning bo‗yi 1 metrga yetib, yon ildizlari uzun 
bo‗lib, 10 metrdan oshadi. Lyossli va lyossimon tog‗ jinslari keng tarqalgan 
toqqa yaqin joylarda asosan efemer va efemeroidlar va boshqa o‗tlar o‗sadi. 
Lyossli cho‗llarda seryomg‗ir bahor faslida avval efemerlar va efemeriodlar 
zich o‗sadi, cho‗lda chiroyli boychechak, binafsha, lolaqizg‗aldoq barq urib 
o‗sib, cho‗l yashil-qizg‗ish tusga kiradi. Bundan tashqari, yana sassiq-quvray
lola, piyoz ildizlilar, mingbosh, chalov, shuvoq kabilar uchraydi. 


57 
1-rasm. Qarnab cho‗lidagi shuvoqlar. 
Galofit o‗simliklar tipi. O‗rta Osiyoning sho‗rxok cho‗llarida asosiy o‗rin 
tutadi. Sho‗rxok cho‗llarga Mingbuloq, Sariqqamish, Aydar va boshqa ko‗pgina 
joylar kiradi. Yuqorida aytganimizdek sho‗rxoklar odatda grunt suvlar yer 
betiga yaqin bo‗lgan botiqlarda, eski daryo qayirlarida vujudga kelib, o‗simlik 
juda kam o‗sadi. Sho‗rxoklarda o‗sadigan o‗simliklar formatsiyasini galofitlar 
deb, ular go‗shtdor, tanasida oppoq tuzi bo‗lgan o‗simliklardir. 
Taqirlar tarqalgan yerlarda o‗simlik deyarli o‗smaydi. Faqat taqir 
yoriqlarida va atrofida siyrak holda sho‗ra o‗simliklari uchraydi. O‗rta 
Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida to‗qay o‗simliklari o‗sadi. 
Ularning eng muhimlari qizilmiya, chuchukmiya, ajiriq, jiyda, daraxt va 
butalarga chirmashib o‗suvchi ilonpechak, qo‗ypechaklardir. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin