57
1-rasm. Qarnab cho‗lidagi shuvoqlar.
Galofit o‗simliklar tipi. O‗rta Osiyoning sho‗rxok cho‗llarida asosiy o‗rin
tutadi. Sho‗rxok cho‗llarga Mingbuloq, Sariqqamish, Aydar va boshqa ko‗pgina
joylar kiradi. Yuqorida aytganimizdek sho‗rxoklar odatda grunt suvlar yer
betiga yaqin bo‗lgan botiqlarda, eski daryo qayirlarida vujudga kelib, o‗simlik
juda kam o‗sadi. Sho‗rxoklarda o‗sadigan o‗simliklar formatsiyasini galofitlar
deb, ular go‗shtdor, tanasida oppoq tuzi bo‗lgan o‗simliklardir.
Taqirlar tarqalgan yerlarda o‗simlik deyarli o‗smaydi.
Faqat taqir
yoriqlarida va atrofida siyrak holda sho‗ra o‗simliklari uchraydi. O‗rta
Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida
to‗qay o‗simliklari o‗sadi.
Ularning eng muhimlari qizilmiya,
chuchukmiya, ajiriq, jiyda, daraxt va
butalarga chirmashib o‗suvchi ilonpechak, qo‗ypechaklardir.
Dostları ilə paylaş: