Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


  7-Mavzu: O`RTA OSIYONING TABIIY GEOGRAFIK



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 


73 
7-Mavzu: O`RTA OSIYONING TABIIY GEOGRAFIK 
REGIONLARIGA TAVSIF: TYAN- SHAN, OLOY VA TURKISTON
TOG` TIZMALARI 
Reja: 
4. O‘rta Osiyoni tabiiy geogrfaik rayonlashtirilishi va tabiiy geografik 
rayonlari 
5. Tyan-Shan tog‘lariga umumiy geografik tavsif. 
6. Oloy va Turkiston tog‘lariga umumiy geografik tavsif. 
 
Tayanch iboralar: Shimoliy Tyanshan, Teres Olotovi, Kungey Olotovi, 
Qirg‗iz tizmasi. Shimoliy Tyanshan, G‗arbiy Tyanshan, Chotqol, Ugom, Pskom 
va Qorajontov, Janubiy Tyanshan, Turkiston, Zarafshon, Hisor.
Tyanshan tog‗ massivida quyidagi orografik elementlar ajratiladi: Shimoliy 
Tyanshan: kenglik bo‗ylab cho‗zilgan Teres Olotovi, Kungey Olotovi, Qirg‗iz 
tizmasi. Ichki Tyanshan: Shimoliy Tyanshandan janubda joylashgan. G‗arbiy 
Tyanshan: g‗arbda Sirdaryo, janubda Farg‗ona botig‗i bilan chegaralanib, 
asosan Chotqol, Ugom, Pskom va Qorajontov tizmalaridan iborat. 
Janubiy Tyanshan: Oloy tog‗ tizmasining tizmalari (Turkiston, 
Zarafshon, Hisor)dan tuzilgan. Ammo Janubiy Tyanshanga bu hududlarni 
kiritish ko‗pgina munozaralarga ega. 
G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining O‘zbekiston hududidagi qismi kiradi. 
Okrug mustaqil tabiiy-geografik o‘lka sifatida g‘arbda Toshkent-
Mirzacho‘l okrugi bilan o‘ralgan, shimolda, sharqda va janubda uning chegarasi 
shartli ravishda O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston 
bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi. Bu chegara shimoli-g‘arbda 
Qorjantog‘, shimolda Talas olztog‘i, sharkda Piskom tog‘larining o‘q qismlari, 
janubda esa Qurama, Mo‘rul tog‘larining suv ayirg‘ich qismlari orqali o‘tadi. 
G‘arbiy Tyanshan okrugi o‘zining geologik rivojlanish tarixi, er yuzasining 
tuzilishi va geografik muhitning boshqa xususiyatlari jihatidan Tyanshan tog‘ 
tizimining qolgan qismlaridan farq qiladi. 
Okrug respublikamizda birinchi paydo bo‘lgan quruqlik bo‘lib, paleozoy 
ohaktoshlari, qumtoshlari va slaneo‘laridan iborat. Ular orasida esa granit, 
granidiorit va porfir kabi otqindi jinslar ham uchraydi. Tog‘larning 
yonbag‘irlarida va quyi etaklarida hamda daryo vodiylaridan mezokaynozoy 
yotqiziqlari, ayniqsa paleogen va neogen davrdagi gil qatlamlari xam bor. 
Okrugdagi tog‘larning vujudga kelishida avvalo kaledon, so‘ngra esa gero‘in 
orogenetik jarayonlarining roli juda katta bo‘lgan va bu tektonik jarayonlar 
ta‘sirida dengiz suvlari chekinib, ko‘p erlar quruqlikka aylangan. Biroq 
Chirchiq-Ohangaron vodiylari o‘rnida esa neogen davrigacha dengiz suvi 
turgan va qo‘ltiq bo‘lgan. 


74 
Peneplenlashgan erlar alhp tektonikasi ta‘sirida qayta ko‘tarilgan va relefi 
hozirgi qiyofaga kelgan. 
G‘arbiy Tyanshan okrugining hozirgi zamon relef shakllarining vujudga 
kelishida antropogen davr muzlanish va neotektonik jarayonlarning hamda 
daryolarning ishlari katta rolh o‘ynagan. Okrugda neotektonik jarayon hozir 
ham davom etmoqda. Zilzilalar va daryo qayirlarining o‘zgarib turishi buning 
yorqin dalilidir. 
G‘arbiy Tyanshan okrugi relef xususiyatlari jihatidan Tyanshanning 
boshqa qismlaridan farq qiladi, Chunki, okrugda tog‘lar panjasimon, shimoli-
sharqdan janubi-g‘arbga qarab parallel holda yo‘nalgan bo‘lib, birbiridan 
chuqur va tog‘ daryo vodiylari orqali ajralib turadi va shimoli-sharqda kenglik 
bo‘ylab cho‘zilgan Talas Olatog‘iga borib tutashadi. 
Talas Olatog‘i G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizimining asosiy tizmasi bo‘lib, uni 
Qirriziston Olatog‘idan Tuyaoshuv (3856 m) dovoni yaqinida Talas daryosining 
yuqori oqimi ajratib turadi. Talas Olatog‘i Utmak (3330 m) dovonigacha 
janubi-g‘arbga so‘ngra esa g‘arbga yo‘nalgandir. tog‘ ancha baland bo‘lib, bir 
qancha cho‘qqilari doimiy qor chegarasidan balandda turadi. Lekin okrugga 
Talas Olatog‘ining hammasi emas, balki faqat Maydontol dovoni bilan 
Sandalash daryosining yuqori oqimi orasidagi eng baland qismigina kiradi. Bu 
qismda tizmaning o‘rtacha balandligi 3000—3500 m. Eng baland cho‘qqisi — 
Manas 4488 m ga etadi va butun Talas Olatog‘ining eng baland nuqtasi 
hisoblanadi. Tizmaning ikkinchi baland cho‘qqisi Maydontol 3521 m ga etadi. 
Talas Olatog‘i assimetrik tuzilgan bo‘lib, shimol tomondagi tarmoqlari u kadar 
katta emas. Aksincha, janubga qarab esa Qorjantog‘, Ugom, Piskom va 
Ko‘ksuv kabi tizmalari ajralib chiqqan. 
Qorjantog‘ tizmasi okrugning eng g‘arbiy qismidagi chegara bo‘lib, 
janubi-sharqqa yo‘nalgan va Ugom daryo vodiysi orqali sharqdagi Ugom 
tizmasidan ajralib turadi. Qorjantog‘ assimetrik tuzilgan bo‘lib, shimoli-g‘arbiy 
yonbag‘ri yotiq va keng, janubi-sharqiy yonbag‘ri esa qisqa va tikdir. Tizma 
umuman ancha emirilgan va xamon tekislanib bormoqda. Shu sababli, bu erda 
qoyali, qirrali baland cho‘qkilar juda kam, o‘rtacha balandligi 2000 m, ayrim 
cho‘qqilari esa 2500—2800 m ga etadi. Eng balandi Mingbuloq (2834 m) 
cho‘qqisidir. Qorjantog‘ janubi-g‘arbiy tomonga asta-sekin pasaya borib
qatorqator qirlarga aylanib ketadi. Bu qirlar orasida balandligi 1768 m bo‘lgan 
Qoziqurt tog‘i bo‘lib, bu tog‘ shimoli-sharqqa tomon balandlashib boradi va 
Qorjantog‘ga tutashib ketadi. Qorjantog‘ esa Ugom daryosining yuqori oqimi 
yaqinida Ugom tizmasi bilan birlashib ketadi. 
Ugom tizmasi Piskom va Ugom daryolari orasida bo‘lib, 115 km ga 
cho‘zilgan. Bu tizma Manas tog‘ uzeli yaqinida Talas Olatog‘i bilan tutashadi. 
Ugom tizmasi Qorjantoqqa nisbatan ancha baland va qoyali, yonbag‘irlari tik, 
chuqur soylari ko‘p. Ugom tizmasining o‘rtacha balandligi 3000 m bo‘lib, 
ayrim cho‘qqilari 3500—4000 m ga etadi. Eng baland joyi Sayram cho‘qqisidir 


75 
(4238). Ugom tizmasi shimoli-sharqqa borgan sari balandlashadi va qoyali, 
qirrali ko‘pgina cho‘qqilarni hosil qiladi. Cho‘qqilar orasidagi vodiylarda esa 
qor uyumlari va kichik-kichik muzliklar ham uchraydi, Sayram cho‘qqisidan 
shimoli-sharqqa borgan sari tizma bir qancha tarmoqlarga ajraladi. Bu 
tarmoqlardan eng muhimlari Tuproqbel va Maydontoldir. Tuproqbel tog‘i 
Onao‘lgan va Oyrayin daryolari orasidadir. Bu tog‘lar ancha baland bo‘lib, 
ba‘zi cho‘qqilari 4300 m ga etadi (Tuproqbel cho‘qqisi 4234 m.) Shu sababli bu 
erda qor uyumlari va muzliklar, ko‘p. Daryolari esa sho‘x bo‘lib, tog‘ joylarda 
ostona va sharsharalar hosil qilib oqadi. 
Piskom daryosining yuqori oqimida Talas Olatog‘i Ugom tizmasiga 
parallel yo‘nalgan va Piskom-Ko‘ksuv daryolarining suv ayirg‘ichi bo‘lgan 
Piskom tizmasini ajratib turadi. Piskom tizmasi okrugning shimoli-sharqiy 
chegarasi hisoblanadi. Bu tizma paleozoy ohaktoshlari xamda granit, siyenit 
jinslaridan tarkib topganligidan juda ham qoyali, qirrali, yonbag‘irlari tik, 
cho‘qqilari esa ancha baland va o‘tkirdir. Tizmaning o‘rtacha balandligi 3200 
m. Ammo ayrim cho‘qqilari 4300 m ga ham etadi. Piskom tizmasidagi asosiy 
cho‘qqilar: Piyozak—3718 m, Oqtuyao‘lgan 4224 m, Opalitov —4216 m, 
Beshtog‘ —4299 m. 
Piskom tizmasida kichik-kichik muzliklar bor. Umuman tizmada 47 ta 
muzlik bo‘lib, eng kattalarining uzunligi 4—5 km keladi. 
Piskom tizmasi janubi-g‘arbga bir oz pasaya boradi va Chotqol vodiysiga 
etmasdan Ko‘ksuv daryosining yuqori oqimi orqali janubi-g‘arbga Kuksuv 
tizmasi ajralib chiqadi. Ko‘ksuv tizmasining uzunligi 80 km bo‘lib, Piskom 
tizmasiga nisbatan past bo‘lsada, ohaktoshlardan tuzilganligi sababli juda 
qoyali, chiqish qiyindir. 
Ko‘ksuv tizmasi janubi-g‘arbga pasayib, Alom dovoni (2700 m) yaqinida 
Mingto‘qim tog‘ini ajratib chikaradi. 
Ko‘ksuv tizmasi sharqdagi Chandalash tizmasidan shu nom bilan ataluvchi 
daryo vodiysi orqali ajraladi. Chandalash tizmasi shimoli-sharqdan janubi-
g‘arbga 50—60 km cho‘zilgan bo‘lib, eng baland joylari 3500—4000 m ga 
etadi. U Chotqol tizmasidan shu nomli daryo vodiysi orqali ajraladi. 
Chandalash tizmasi janubi-sharqda Chotqol tizmasidan Chotqol daryo 
vodiysi orqali ajralib turadi. Lekin Chotkol tizmasining fakat Chapchama 
dovonidan janubi-g‘arbdagi qismigina G‘arbiy Tyanshan okrugiga qaraydi. Shu 
sababli biz asosan shu okrugga kiradigan qisminigina ko‘rib o‘tamiz. Umuman 
Chotqol tizmasi janubi-g‘arbga qarab 250 km ga cho‘zilgan. U Chapchama 
dovonigacha ancha baland (4000 m) bo‘lib, yaxlit tizma xisoblanadi. Dovondan 
janubi-g‘arbdagi qismi (O‘zbekistondagi qismi) ancha kengayadi va 
Oxangaron, Kosonsoy, G‘ovasoy, Chimyon daryolarining yuk,orioqimlari va 
boshqa soylar orqali bo‘liiibbo‘linib ketadi. Bular ichida eng muhimlari 
Qummel, Sargardon, Qizilnura, Arashon va boshqa tog‘lardir. Bu tog‘lar 
Ohangaron platosini shimoldan o‘rab turadi. Bular ichida eng balandi va o‘rqirli 


76 
Qizilnura tog‘i bo‘lib, uning Qirchandi cho‘qqisining balandligi 4045 m ga 
etadi. Bu erda morenalar, trogsimon vodiylar tez-tez uchrab turadi. Qizilnura 
tog‘i janubi-g‘arbga, ya‘ni Toshkent oldi tekisligiga (ayniqsa, Zarkent-So‘qoq 
atroflariga) qarab asta-sekin pasayib tushadi. Qizilnura tog‘i shimolga qarab 
davom etadi. Uncha katta bo‘lmagan platoga tikka tushadi. Bu platoni Oksoqota 
va Oqbuloq (Janubiy Maydontol) daryolari bir qancha qismlarga bo‘lib 
yuborgan. Oqsoqota platosining shimoli-sharkida ohaktoshlardan iborat Katta 
Chimyon (3266 m) tog‘i joylashgan. Bu tog‘ning sharqida botiqsimon Chimyon 
vodiysi bo‘lib, unda mashxur Chimyon kurorti joylashgan. Chimyon 
vodiysining sharqida esa Kichik Chimyon tog‘i (2100 m) bor. Chimyon tog‘lari 
janubi-sharqda yassi cho‘qqilardan yborat bo‘lgan Po‘latxon tog‘ligiga 
aylanadi, janubi-g‘arbga qarab yonbag‘irlari yotiq archazor va mevali daraxtlar 
bilan qoplangan Mayqashqa va Suranota tog‘lariga tutashib ketadi. 
Ohangaron platosining sharqida kristall jinslardan tuzilgan Ko‘kali tog‘i 
joylashgan. Bu massivda eni 0,5 km, bo‘yi 1,5 km bo‘lgan Ko‘kali ko‘li bor. 
Ohangaron platosi paleozoy jinslaridan iborat bo‘lib, balandligi 1000—
2000 m. Lekin atrofini o‘rab turgan tog‘larga tutashgan erlarida balandlik 3400 
m ga etadi. Platoni Ohangaron daryosi juda ham parchalab, chuqur vodiylar 
hosil qilgan. Ohangaron platosi janubi-g‘arbga tomon balandlashib boradi va 
Qurama tizmasiga tutashib ketadi. 
Qurama tizmasi janubi-g‘arbga yo‘nalgan bo‘lib, ancha emirilgan va uni 
Ohangaron daryosining chap irmoqlari (Arashonsoy, Toshsoy, Qamchisoy va 
boshqalar) o‘yibo‘yib yuborgan. Tizmaning o‘rtacha balandligi 1800—2000 m, 
eng baland qismi Oxangaron shahri kengligidagi Boboiyob cho‘qqisidir (3769 
m.) Qurama tizmasining janubi-g‘arbga davom etgan qismi Qoramozor tog‘i 
deb ataladi. Bu tog‘ Dalvarzin cho‘liga yaqinlashgach, juda pasayib 600— 500 
m ga tupshb qoladi. 
Qoramozor tizmasining janubi-sharqida past, juda emirilgan va quruq 
soylar o‘yib goborgan Mo‘rultog‘ joylashgan. Mo‘rultog‘ning uzunligi 35 km 
bo‘lib, Qoramozor tizmasidan Mirzarabot botig‘i orqali ajralib turadi, uning 
o‘rtacha balandligi 1000—1200 m, eng baland joyi 1628 m ga etadi. Mo‘rultog‘ 
Sirdaryo vodiysi tomonga davom etadi va Farhod-Shirin qirlarini xosil qiladi. 
Ana shu erda Sirdaryo ostonalar hosil qilgan. Bu ostonalar Farxod GES 
qurilishi natijasida. suv ostida qolgan. 
Biz bu platoni Oqsoqota daryo nomi bnlan atab, Oqsoqota platosi deyishin 
ma‘qul topdik. 
G‘arbiy Tyanshan okrugidagi antiklinal tog‘lar orasida qator botiqlar ham 
joylashgan. Bular ichida eng muhimlari Chirchiq, Ohangaron, Chotqol botiqlari 
bo‘lib, ular asosan yosh cho‘kindi jinslar bilan to‘lgandir. Daryolar ularni kesib 
o‘tib, bir qancha qayirlar hosil qilgan. 
Chirchiq vodiysining atroflari tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, faqat janubi-
g‘arb tomoni ochiqdir. Vodiy Bo‘zsuv yaqinida kengayadi va Toshkent-


77 
Mirzacho‘l okrugi bilan tutashib ketadi. Aksincha, yuqori qismida Piskom, 
Ko‘ksuv, Chotqol va Ugom vodiylariga bo‘linib, juda torayadi va daryolar 
ancha chuqur zovlar hosil qilib oqadi. Chorvoq botig‘ada Piskom, Chotqol va 
Ko‘ksuv vodiylari tutashib, ancha keng, qozonsimon vodiy hosil qiladi. Bu 
botiq paleogen, neogen va antropogen yotqiziqlari bilan to‘lgandir. Xo‘jakent 
yaqinida Chirchiq vodiysi juda torayadi va har ikkala tomondan tog‘lar 
birbiriga yaqinlashadi, xuddi o‘sha erda Chorvoq GESi va suv ombori 
(to‘g‘oni) qurilgan. Xo‘jakentdan o‘tgach, vodiy asta-sekin kengaya boshlaydi. 
G‘azalkent yaqinida Chirchiq vodiysi kengayadi va bu erda daryo qayirlari ham 
bor. 
Ohangaron vodiysi ham faqat janubi-g‘arbga ochiq bo‘lib, yuqori qismi 
tog‘ va chuqurdir. Daryo tez oqib, ostonalar hosil qilgan. Vodiy Angren shahri 
yaqinida kengayadi. Obliq Qishloqi yonidan boshlab daryo tekislikdan okib, 
keng qayirlar va eski qayirlar hosil qiladi. 
G‘arbiy Tyanshan okrugining iqlim xususiyatlari taxminan shu kenglikda 
joylashgan Toshkent-Mirzacho‘l okrugining iqlimidan keskin farq qiladi: qish 
sovuq, yoz esa salqin va sernam bo‘ladi, Yanvarning o‘rtacha harorati —3°, —
14°S (Chorvoqda —2°, 7°, Chimenda —4,7°, Chotqolda 14,2°). Qish oylarida 
shimoliy va shi> molisharqiy xavo massalari ta‘sirida eng past harorat—32°S 
dan pastga tushishi mumkin. Okrugda yoz oylarining xarorati Toshkent-
Mirzacho‘l okrugiga nisbatan bir oz past — iyul oyining o‘rtacha harorati 
20°—26°S (Angrenda +26,4° Chimyonda +20°S). Eng yuqori xarorati esa 
ayrim joylarda 30°—40°S ga etadi. Okrugda sovuqsiz kunlarning soni bir yilda 
200 ga boradi. 
Okrug er yuzasinnig tuzilishi yog‘in taqsimotiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 
Tog‘larning g‘arbiy havo massalariga ochiq bo‘lgan (yonbag‘irlarida yiliga 
1000 mm gacha yog‘in tushadi. Aksincha, berk vodiylarda va tog‘larning 
sharqiy yonbag‘irlarida esa yiliga 200 mm gacha yog‘in yog‘adi. Yog‘inning 
asosiy qismi bahor va qishda yog‘adi, yoz oylarida esa yog‘in kam yog‘adi. 
Okrugda ko‘pincha qor yog‘adi. 
G‘arbiy Tyanshan okrugining asosiy daryosi — Chirchiq va Ohangarondir. 
Chirchiq daryosi Chotqol, Piskom daryolarining qo‘shshgashidan vujudga 
keladi. So‘ngrao‘ngtomondan Ugom, Qizilsuv, Qoraqiya, Oqtosh, Sho‘ralisoy, 
chap tomonidan Qoramqulsoy, G‘alavasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy, 
Boshiqizilsoy kabi irmoqlarni qo‘shib oladi. 
Chirchiq daryosi qormuzlarning erishidan to‘yinadi. Daryo suvi martiyul 
oylarida ko‘payadi. Eng ko‘p suv iyun oyida sarf bo‘ladi, qishda esa suvi juda 
kamayadi. 
Chirchiq daryosining o‘rtacha suv sarfi (Xo‘jakentda) 224 m
3
/sek. 
Ba‘zan bahorda jala bo‘lib sel kelganda (1959 yil 9 aprrlda) sekundiga 
2160 m
3
/sek. suv oqsa, qishda (1956 yil 23 fevralda) 22 m
3
/sek. suv o‘tkazadi, 
xolos. 


78 
Chirchiq daryo havzasida umumiy maydoni 173 km
2
bo‘lgan 222 ta kichik 
muzliklar mavjud bo‘lib, ular asosan Chotqol va Piskom daryo havzalarida 
joylashgan. O‘sha muzliklarning eng kattasi (Piskom havzasida) Ayutur 
muzligi bo‘lib, maydoni 5,6 km
2
ga teng. 
Chirchiq daryosining (Xo‘jakent yonida) 55% suvi Chotqol, 36% suvi 
Piskom, 9% suvi Ugom daryolarining zimmasiga to‘g‘ri keladi. 
Chotqol daryosi Qorag‘ulja bilan Qoraqasmoq daryolarining qo‘shilishidan 
vujudga kelib, uzunligi 223 km, suv yig‘adigan havzasining maydoni 6870 km
2

Daryo tog‘ o‘zanda shiddat bilan oqib, ba‘zi vodiysi kengaygan qismida 
qayirlar hosil bo‘ladi. 
Chotqol daryosi o‘ng va chapdan bir necha irmoqlar qo‘shib oladi, 
ularning eng muhimlari (o‘ng tomondan) Chandalash, Ko‘ksuv, (chap 
tomondan) Ters va Oqbuloqdir. 
Chotqol daryosi qormuzlarning erishidan to‘yinadi, shu sababli yillik 
oqimning (o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi quyi qismida sekundiga 124 m
3
) 55% 
martiyun oylarida oqizadi. 
Piskom daryosi Maydontol bilan Og‘ayin daryolarining qo‘shilishidan 
vujudga kelib, uzunligi 70 km, suv yig‘adigan maydoni 2840 km
2
. Piskom 
daryosiga 40 dan ortiq irmoqlar keli6 quyiladi. Daryo qor–muz suvlaridan 
to‘yinib, o‘rtacha yillik suv sarfi quyi qismida sekundiga 82,2 m
3
. O‘shani 47% 
mart–iyun oylarida, 38% iyul–sentyabrda, qolgan 15% oktyabr–fevralga to‘g‘ri 
keladi. 
Chirchiq daryosining eng yirik irmog‘i Ugom daryosidir. U Talas 
Olatog‘ining janubiy yonbag‘ridan Oq Burxon nomi bilan boshlanadi va 
Xo‘jakent yonida Chirchiqqa quyiladi. Ugom daryosining uzunligi 70 km, 
havzasining maydoni 889 km
2
. Ugom daryosining ko‘p yillik suv sarfi 
sekundiga 23,9 m
3
bo‘lib, o‘shani, 63% mart–iyunda, 22% iyul–sentyabrda, 
15% oktyabr–fevralda oqizadi. 
Chirchiq daryosi oqimini tartibga solish uchun suv sig‘imi 2 mlrd., m
3
bo‘lgan Chorvoq hamda Xo‘jakent va G‘azalkent suv omborlari qurilgan. 
Okrugning ikkinchi muhim daryosi Ohangarondir. U tog‘li qismida tor 
vodiyda oqadi. Angren shahridan o‘tgach, uning vodiysi kengayadi, keng 
qayirlar vujudga keladi. 
Ohangaron daryosini Yakkaarchasoy, Ertoshsoy, Serkaqirildisoy, Dukent, 
Qarabov, Niyozbosh kabi irmoqlari bor. Daryo qor, yomg‘ir suvlari bilan 
to‘yinadi. Shu sababli uning suvi aprel–may oylarida ko‘payadi va yillik 
oqimining 51% ini, may oyida esa yillik oqimning 32% ini o‘tkazadi. Qishda 
daryo suvi juda ham kamayadi. 
Turkiston tizmasining g‘arbiy qismini va Nurota tizmasini o‘z ichiga olib, 
janubda O‘rta Zarafshon, g‘arbda Qizilqum, shimolda Toshkent-Mirzacho‘l 
okruglari bilan chegaradosh. Okrugning faqat janubi-sharqiy qismida chegara 


79 
shartli ravishda Uzbekistonning Tojikiston bilan bo‘lgan davlat chegarasi orqali 
o‘tadi. 
Okrug hududi respublikadagi qadimiy quruqliklardan birk bo‘lib, ashsan 
paleozoy davrining gilli slaneo‘lari, qum va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Bu 
yotqiziqlar gero‘in orogenetik jarayonlari ta‘sirida burmalangan va 
metamorfiklashib, marmarva kristall slaneo‘larga aylangan. Shuningdek, 
okrugda mezozoy va kaynazoy davrlarining kvaro‘lari, qumtoshlari, mergellari 
va gillari ham uchraydi. Daryo vodiylarida va botiqlarida esa antropogen 
konglomeratlari, shag‘allari, qum, qumloq va lyossimon jinslari uchraydi. 
Gero‘in tog‘ burmalanish davrida okrugda kuchli vulkan jarayonlari ro‘y 
bergan. Shu sababli cho‘kindi yotqiziqlar orasida otqindi (diorit, granit) va 
effuziv jinslar uchraydi, okrugning hozirgi relefini vujudga kelishida alhp 
tektonikasi ayniqsa katta rol o‘ynagan. Tog‘lar bu davrda qaytadan ko‘tarilgan 
(4000 metrga etgan). 
Turkiston tizmasi Mastchoq tog‘ tuguni yaqinida Oloy tizmasidan ajralib 
chiqadi va kenglik bo‘ylab 350 km ga cho‘ziladi. Uning eni o‘rta xisobda 60 
km, balandligi esa 3600—4000 m. Ba‘zi erlarda uning balandligi 5580 metrga 
etadi (Piramida cho‘qqisi). Turkiston tizmasining Mastchoh tog‘ tugunidan 
Shahriston dovonigacha bo‘lgan qismining relef shakllari alhp turida bo‘lib, 
cho‘qqilari qoyali, qirrali, balandligi esa 5000 metrdan ham ortiq. Lekin 
tizmaning Shahriston (3351 m) dovonidan g‘arbda bo‘lgan qismi ancha past
alp turli relef shakllari juda kam uchraydi. 
Turkiston tizmasini Shaxriston dovonidan g‘arbda Sangaor daryosi 
vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy 
qismidagi tizma Chumqortog‘ deb, shimoldagisi Molguzar tog‘i deb yuritiladi. 
Molguzar tog‘i Temurlang darvozasi yoki Ilono‘tdi darasi orqali Nurota 
tizmasidan ajralib turadi. 
Turkiston tizmasining okrug hududidagi g‘arbiy qismi ancha past 
bo‘lganligidan bu erda muzliklar yo‘q. Lekin tog‘lar orasidagi chuqurliklarda 
qor uyumlari yozgacha erimay turadi. Turkiston tizmasining Shahriston 
dovonidan Guralash (2710 m) dovonigacha bo‘lgan qismi past bo‘lsada, biroq 
ba‘zi nuqxalari 4000 metrdan xam ortiq (Shovqartog 4033 m). Bu qiomda 
Turkiston tizmasidan shimolga qarab qator-qator tor tizmalari ajralib chiqadi. 
Ulardan eng muhimi Uratepa tog‘i, u Zominsuv soyi orqali Molguzar tog‘idan 
ajralib turadi. 
Chumqortog‘ Turkiston tizmasinilg bevosita g‘arbiy davomi bo‘lib, 
uzunligi 70 km, ba‘zi cho‘qqilari 3000 m dan baland (Bozorxonim 3405 m). 
Chumqortog‘ Qo‘shtepa dovoni yaqinida janubi-g‘arbga burilib pasayib qoladi 
va Lattaband (2035 m) dovoniga etgach, ikki qismga ajraladi: janubiy qism 
Qizilqanor tog‘i deb atalyb (o‘rtacha balandligi 1000 m), butunlay Tojikiston 
hududida joylashgan; shimoliy qism esa Lattaband tog‘i deyiladi. U Qiziltanor 


80 
tog‘idan baland (2200 m). Ana shu Lattaband tog‘ining suvayirg‘ich qismidan 
okrugning chegarasi o‘tadi. 
Chumqortog‘ g‘arbda Mo‘g‘ul qishloqi yaqinida tugab, so‘ngra 
tepaliklarga aylanib ketadi. Bu tepaliklarning balandligi 700— 800 m bo‘lib, 
birbirlaridan soylar orqali ajralvb turadi. Chumqortog‘ shimoli-g‘arbga davom 
etib, uncha baland bo‘lmagan G‘o‘bduntoqqa tutashib ketadi. Bu tog‘ning 
o‘rtacha balandligi 800—900 m (eng baland eri esa 1666 m), G‘o‘bduntog‘ 
bilan Chumkrrtog‘ orasida esa lyossli qumli jinslardan tuzilgan baland (750—
800 m) tekislik joylashgan. Zarafshon daryosini Sangzor daryosi bilan 
birlashtirgan Tuyatortar kanali shu tekislikdan o‘tadi. G‘o‘bduntog‘ shimoli-
g‘arbga qarab asta-sekin pasayib, Marjonbuloq balandligiga aylanib, eng baland 
eri 948 metrta etadi. Bu balandlikdan oltin koni topilgan. Marjonbuloq 
balandligi g‘arbda Oqtepa daryo vodiysi orqali Qaroqchitog‘dan ajralib turadi. 
Molguzar tog‘i Shovqortog‘ cho‘qqisidan to Temurlang darvozasigacha 75 
km ga cho‘zilgan. Bu tog‘ning shimoliy yonbag‘ri asta-sekin pasayib, 
Toshkent-Mirzacho‘l okrugiga tutashib ketadi. Molguzar tog‘ining o‘rtacha 
balandligi 1500 m bo‘lib, markaziy qismi 2622 m ga etadi. Ana shu 
balandlikning o‘rta qismidan Molguzar tog‘i g‘arbga ham, sharqqa ham 
pasayadi. 
Molguzar tog‘i Ilono‘tdi (Temurlang) darvozasida Sangzor daryosiga 
qoyali, tik yonbag‘irlar hosil kilib tushadi. Bu erda vodiyning kengligi 120—
130 m chamasidadir. 
Nurota tizmasi Turkiston tizmasining shimoli-g‘arbga cho‘zilgan 
davomidir. Tizmaning uzunligi Temurlang darvozasidan Nurota kishlorigacha 
200 km, eng keng eri markaziy qismida (75 km) bo‘lib, undan g‘arbga va 
sharqqa borgan sari tog‘ayadi. O‘rtacha balandligi 1500 m, eng baland eri — 
markaziy qismidagi Hayotboshi yoki Zargar cho‘qqisi 2165 metrga etadi. 
Nurota tizmasining sharqiy qismi Qo‘ytosh tog‘i deb ataladi. 
Nurota tizmasi asimmetrik tuzilgan, janubiy yonbag‘ri uzun, keng, Nurota 
cho‘kmasiga asta-sekin pasayib tushadi, shimoliy yonbagri esa qisqa, 
Mirzacho‘lga tikka tushadi hamda parallel yo‘nalgan past tog‘larni hosil kiladi. 
Bularning kattalari Pistali va Balikchi tog‘idir. Turkiston-Nurota okrugining 
orografik chizmasi: 
1. Qaraqchitog‘. 2. G‘o‘bduntog‘. 3. Lattaband tog‘i. 4. Qizilqanor tog‘i. 
5. Chumqartog 6. Zomintog. 7. Jizzax suv ombori. 8. Sangzor daryosn. 9. 
Xayotboshi cho‘qqpen —2165 m. 10. Oqtog‘ning Taxnu cho‘qqisi —2003 m. 
Turkiston tizmasining Shovroqtog‘ cho‘qqisi—4033 m. 12. Turkiston tizmasi. 
13— Chumqortogning Bozarxonim cho‘qqisi — 3405 m. 
Nurota tizmasi janubdagi Nurota-Qo‘ytosh botig‘i orkali Baxiltog‘, 
Oqtog‘, Qaroqchitog‘ va G‘o‘bdintog‘lardan ajralib turadi. 
Chumqortog‘ning g‘arbiy davomi bo‘lgan G‘o‘bduntog‘ g‘arbda Oqtepa 
daryo vodiysi orqali Qaroqchitog‘dan ajralib turadi. Bu tizmaning eng baland 


81 
joyi markaziy qismida bo‘lib (1200 m), tevarak–atrofga sekin–asta pasaya 
boradi hamda g‘arbdagi Tusun daryo vodiysi orqali Oqtog‘dan ajralib turadi. 
Oqtog‘ bir necha kichik tog‘larning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularni eng 
muximlarn Oqtosh, Qizko‘rgan, Jo‘ltash va Baxil tog‘lardir. 
Oqtog‘ o‘zining kattaligi jihatidan Nurota tizmasidan kichikroq bo‘lib, 
g‘arbga qarab davom etadi va Nurota qishlog‘i yaqinida pasayib (600 m), 
so‘ngra tekislikka aylanib ketadi. Bu tog‘ning o‘rtacha balandligi 1000—1200 
m, eng baland eri — Taxnu cho‘qqisi 2003 m. Bu tog‘ oq marmardan 
tuzilganligi uchun shunday nom olgan. 
Oqtog‘ janubi-g‘arbga qarab pasayadi va undan Qoratog‘ ajralib chiqadi. 
Bu tog‘ juda yassi bo‘lib, atrofga asta-sekin pasayib tushadi. Uning balandligi 
1000—1200 m. 
Turkiston–Nurota okrugidagi bunday antiklinal tog‘lar orasida sinklinal 
botiqlar ham bor. Bulardan eng kattalari Sangzor, Qo‘ytosh, Nurota botiqlaridir. 
Sangzor vodiysi Chumqortog‘ bilan Molguzar tog‘lari orasida bo‘lib, 
yuqori qismi tordir. U Balx Qishloqi yaqiiida (Encha kengayib, tekislik 
xarakteriga ega bo‘ladi, so‘ngra shimolga qarab burilib torayadi va Temurlang 
darvozasini hosil qiladi. Vodiy Temurlang darvozasidan o‘tgach asta-sekin 
kengayadi va Jizzax vohasiga qo‘shilib ketadi. Sangzor vodiysi G‘allaorol 
qishlog‘i yaqinida ancha kengayadi va g‘arbga tomon balandlasha borib 
Qo‘ytosh tekisligiga tutashib ketadi. Qo‘ytosh tekisligi esa G‘o‘bduntog‘, 
Qaroqchitog‘ va Qo‘ytosh orasidagi botiqda joylashgan, balandligi 600 m. Bu 
tekislik g‘arbga tomon qarab davom etadi va Qo‘shrabot qishlog‘i yaqinida 
Nurota botig‘i bilan tutashadi. Nurota batig‘i Nurota antiklinallari orasidagi 
sinklinalda joylashib, o‘rta qismida balandligi 520 m ga boradi. Lekin u g‘arbga 
tomon pasaya boradi va shu yo‘nalishda kengayib, so‘ngra Qizilqumga tutashib 
ketadi. 
Okrugning pastroq joylarida yoz quruq va issiq, qish esa u qadar oovuq 
bo‘lmaydi. Balandroq joylarida yoz salqin, qisqa, qish esa sovuq bo‘lib, uzoq 
davom etadi. Shu sababli yanvarning o‘rtacha harorati okrugning tekislik 
qismlarida 0,2°S bo‘lsa, tog‘ tepalarida — Shahriston dovonida—11,4°, eng 
past harorat esa —25°—34°S gacha etadi. Turkiston — Nurota okrugi baland 
bo‘lganidan yoz oylari atrofga nisbatan salqin bo‘ladi. Shuning uchun iyul 
oyining o‘rtacha harorati tekislik joylarda 26°, 25°S bo‘lsa, balandroq joylarda 
25°—15°S bo‘ladi. Eng yuqori harorat 23°—45°S orasida o‘zgaradi. 
Turkiston–Nurota okrugida sovuqsiz kunlar Toshkent-Mirzacho‘l okrugiga 
nisbatan kamroq. Chunki tog‘li o‘lka bo‘lganligidan bahorda oxirgi sovuq 
tushishining o‘rtacha muddati aprelning birinchi yarmiga, kuzgi birinchi sovuq 
tushishining o‘rtacha muddati oktyabrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, 
binobarin sovuq bo‘lmaydigan davr 100—200 kun atrofida bo‘ladi. Okrugda 
kuzgi birinchi sovuq tushishigacha foydali (effektiv) haroratning yig‘indisi 


82 
1500—2300°S ni tashkil qiladi, vaholanki bunday davr Toshkent–Mirzacho‘l 
okrugida 230 kungacha bo‘ladi. 
Okrugda o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250—450 mm, tog‘larning g‘arbiy 
havo massasiga qaragan yonbag‘irlarida 600—700 mm, teskari qismlarida va 
berk botiqlarda 250—350 mm yog‘inning ko‘p qismi bahorda (41—48%) va 
qishda (34—43%), kam qismi; yozda (2—5%) yog‘adi. Lekin tog‘ yonbag‘ri 
bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan sari yozgi yog‘in miqdori ortib boradi. Okrug 
tog‘li o‘lka bo‘lganligidan yog‘inlarning bir qismi qor va do‘l shaklida yogadi. 
Shu sababli qor qoplamining qalinligi 15—30 sm, ayrim joylarda 1 m bo‘lib, 
mart oyigacha va balandroq joylarda may oyigacha erimay turadi. 
Okrugda shamolning o‘rtacha tezligi sekundiga 2,0—3,2 m ni tashkil etadi. 
Yil bo‘yi shamol ko‘proq shimoldan, shimoli-sharqdan va shimoli-g‘arbdan 
esadi. Okrugning janubi-sharqiy qismida (G‘o‘bduntog‘ va Qaroqchitog‘lar 
atrofida) shimoli-sharqdan va sharqdan, ya‘ni Sangzor vodiysi tomonidan «Ilon 
o‘tdi» nomi bilan ataluvchi shamol esib, tezligi ba‘zan sekundigi 28 metrga 
etadi. Bu shamol yozda va kuzda chang–to‘zon aralash esib, qishloq xo‘jaligiga 
zarar etkazadi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin