Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‗rta Osiyoning o‗simlik qoplamiga inson xo‗jalik ta‘siri



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 
O‗rta Osiyoning o‗simlik qoplamiga inson xo‗jalik ta‘siri
va uning ekologik oqibatlari 
O‗rta Osiyo hududida qariyb 6000 yillik tarixga ega bo‗lgan 
sivilizatsiyaning uzoq muddatdan buyon rivojlanib kelishi, tog‗ va tog‗ oldi 


60 
hududlaridagi o‗simlik resurslaridan maqsadli foydalanish bilan birga bordi. Bu 
esa O‗rta Osiyo landshaftlarining qiyofasida kuchli antropogen o‗zgarishlar olib 
keldi. Tarixiy manbalardan ma‘lumki O‗rta Osiyo eng qadimgi madaniyat 
markazlaridan bo‗lib, ko‗p asrlik inson xo‗jaligi faoliyati maydonlaridan biri 
hisoblanadi. Dehqonchilik madaniyati paydo bo‗lganga qadar daryolarning 
o‗rta va qo‗yi qismlarining katta maydonlarini egallagan qayir, hamda birinchi 
va ikkinchi terrassalarning namlik yer yuzasiga yaqin joylarini qalin to‗qayzor 
o‗rmonlar qoplab yotar edi. Ular orasida yaqin vaqtlarga qadar yovvoyi ot, 
eshak, turon yo‗lbarsi, buxoro bug‗usi va boshqalar ham bor edi. Vodiydagi 
to‗qayzorlar katta maydonni egallagani va o‗tib bo‗lmaydigan darajada qalin 
bo‗lganligi bir qancha tarixiy ma‘lumotlardan ham ma‘lum. Zarafshon 
vodiysining o‗rmonlari haqida eng dastlabki yozma manbalar eramizdan oldingi 
IV asrlarga mansub bo‗lib, Aleksandr Makedonskiy yurishi vaqti bilan bog‗liq. 
Masalan, qadimgi yunon tarixchisi Kursiy Ruf, Aleksandr Makedonskiy 
eramizdan oldin (328) Samarqand yaqinida ko‗p buloqlar va qalin o‗rmonlar 
borligini yozib qoldirgan. Bu tarixchining yozishicha, Panjakent atroflari odam 
o‗tib bo‗lmaydigan to‗qayzorlar bilan qoplangan bo‗lgan. Shu davr tarixchisi 
Arianning yozishicha Spitamen boshchiligidagi qo‗zg‗olonchilar Samarqand 
yaqinida daryo sohilidagi qalin to‗qayzorlarda yashirinib yurgan va Aleksandr 
Makedonskiy otryadlariga qo‗qqisdan zarba berib katta talafot keltirgan. Asrlar 
mobaynida inson xo‗jaligi faoliyati natijasida to‗qay o‗rmonlar yo‗q qilingan.
Hozirgi vaqtda to‗qaylar, Zarafshon vodiysidan ajralgan holda orol 
shaklida Zarafshon vodiysining ayrim uchastkalarida qoldi. Arxeologlar 
Zarafshon qo‗yi qismining eski o‗zanini o‗rganib, shu xulosaga keldiki, 
Zarafshon daryosi o‗zining suvini eramizdan oldin IV asrlargacha Amudaryoga 
qo‗ygan. O‗sha vaqtlarda Zarafshon qo‗yi qismining juda katta maydonini suv 
bosib to‗qayzorlar bilan qoplangan. Ibtidoiy davrlarda yashagan odamlarning 
topilgan suyaklari, ularning asosan yovvoyi ot, cho‗chqa, bug‗u, jayron 
(oqquyruq) va qushlar bilan ov qilganligidan guvohlik beradi (G‗ulomov va 
boshqalar).
Hozirgi vaqtda paxtazorlar va mevazorlar bilan band bo‗lgan 
Buxoro vohasi ham o‗sha vaqtlarda botqoqliklar va qalin to‗qayzorlar bilan 
qoplangan. 
Zarafshon vodiysining to‗qayzorlarida jiyda, turanga, tol, o‗lg‗un, tog‗ 
terak, do‗lana, na‘matak, lomonos chekanda, jing‗il va boshqa daraxtlar hamda 
butalar zich changalzorlarni hosil qilar edi. Nisbatan balandroq quruq 
uchastkalar ochiq, doimo suv bosgan ko‗lmaklarda esa chiy, qamish va boshqa 
gigrofit o‗simliklar o‗sib yotar edi. Albatta, eramizdan oldingi kishilarning 
tabiatga ta‘siri juda ham kam bo‗lgan, lekin shu paytlarda ham Zarafshon 
vodiysida dehqonchilik rivojlangan bo‗lib, sug‗orishga qulay joylar 
o‗zlashtirilgan, ayrim joylarda to‗qay o‗rmonlar qirqilib, turli ekinlar ekilgan. 
Arrianning yozishicha, Aleksandr Makedonskiy bosib olganda Zarafshon 
vodiysida sug‗oriladigan vohalar, qishloqlar, shaharlar va mustahkamlangan 


61 
istehkomlarni uchratib, qattiq qarshilikka duch keladi. Lekin daryo vodiysining 
o‗zlashtirilishiga va aholi turar joylarining joylashishiga qaramasdan, uning 
katta maydonlari hali juda qalin to‗qay o‗rmonlar bilan band edi, vodiyni o‗rab 
turgan tog‗ yon-bag‗irlarini o‗rmon va butazorlar qoplab yotar edi. 
IX-XI asrlarda O‗rta Osiyoda feodalizm eng rivojlanishga yetadi. Bu 
davrga kelib Zarafshon vodiysida yer maydonlari o‗zlashtiriladi va kanallar 
qaziladi. A.R.Muhammadjonov (1978) ma‘lumoti bo‗yicha IX-XI asrlarga kelib 
Buxoro vohasi va Zarafshon vodiysining tog‗ oldi tekisliklari (prolyuvial 
tekisliklar) to‗liq o‗zlashtirilgan. B.Ya.Stavskiyning (1961) ko‗rsatishicha, X-
XI asrlarda Zarafshon vodiysi yuqori qismining qariyib hamma yaroqli yerlari 
o‗zlashtirilgan edi. 1863 yilda Zarafshon vodiysiga mashhur venger 
sayohatchisi Vamberi sayohat qiladi. U vodiyni Buxorodan Samarqandgacha 
kezib o‗tadi va o‗tgan asrning o‗rtalarida Zarafshon vodiysining hamma 
maydonlarida to‗qay o‗rmonlarning borligi haqida guvohlik beradi. 
To‗qayzorlarga eng kuchli ta‘sir O‗rta Osiyoni ruslar bosib olgandan keyin 
boshlangan. Rossiya uchun ko‗proq paxta kerak edi. Shu sababli ham 1870-75 
yillardan boshlab Zarafshon vodiysining qo‗yi qismida juda ko‗p sholi bilan 
band va sernam joylarning nami qochirilib paxtazorlarga aylantirildi. Shu 
munosabat bilan to‗qay o‗rmonlari ham qirqilib paxta ekildi. 
Revolyutsiyadan oldingi paxta maydonlarini kengaytirish ishlari yaqin 
vaqtlargacha uzluksiz davom ettililishi natijasida daryo sohillarida bir vaqtlar 
kishi o‗tib bo‗lmaydigan qalin to‗qayzorlar o‗rnini hozir paxta va boshqa har xil 
madaniy o‗simliklar egallagan. Keyingi 40 yil ichida Zarafshon vodiysining 
to‗qayzorlari maydoni 100 martagacha 1950 yillardagi 500 ming gektardan 
1990 yillarda 5 ming gektarga kamaydi. Shunday qilib, bir vaqtlar Zarafshon 
vodiysining katta (to‗rtdan bir) qismini egallagan qalin to‗qayzorlardan bir 
necha joyda kichik-kichik massiv shaklida to‗qaylar saqlanib qolgan. Bularning 
eng kattasi Samarqand yaqinida «Zarafshon» qo‗riqxonasi va Panjakent 
yaqinidagi Sarz qishlog‗i yonidagi «Zarafshon» zakaznigidir. Shuningdek, 
Xatirchi tumanining «Zarafshon» sovxozi hududida kichik-kichik uchastka 
holida to‗qaylar mavjud. Hozirgi vaqtda butazorlar va o‗rmonlar Zarafshon 
havzasining faqat yuqori tog‗li qismida, u ham bo‗lsa borish qiyin bo‗lgan uzoq 
joylarda saqlanib qolgan. Zarafshon havzasi o‗rta qismida o‗rmon daraxtlari 
yo‗q, faqat ayrim soylarining yuqori boshlanish qismida uchraydi. 
Shuni aytib o‗tish kerakki, O‗rta Osiyo tog‗larining hozirgi o‗rmon 
qoplami juda kam bo‗lib, 2,5% dan oshmaydi. Zarafshon daryosi havzasi tog‗li 
qismining qoplami esa – 0,75% ni tashkil etadi. Zarafshon havzasi yuqori qismi 
tog‗larida (2000 m balandda) asosan o‗rmon hosil qiluvchi daraxt bu – archa 
(Turkiston archasi, Zarafshon archasi va yoyilib o‗suvchi turkman archasi). 
Qalin archa o‗rmonlari juda kam uchrab, borish va chiqish qiyin joylarda 
qolgan. Past va o‗rta balandliklardagi tog‗larda esa bodom, do‗lana, na‘matak, 
uchqat, yovvoyi murut, tog‗ olchasi, klyon va boshqalar o‗sadi. Hozir bu 


62 
daraxtlar va butalar ham tog‗larning odam borishi qiyin bo‗lgan joylardagina 
saqlanib qolgan. Zarafshon havzasi tog‗larida o‗rmonlarning juda siyrakligi va 
ko‗p joylarda umuman yo‗qligini geobotaniklar asrlar davomida kishilar 
tomonidan ularning ayovsiz qirqib kelganligi deb izohlaydi. Masalan, O‗rta 
Osiyo tabiatini chuqur o‗rgangan taniqli geobotanik Q.Z.Zokirov (1955) O‗rta 
Osiyo tog‗lari va tog‗ oldi adir zonasi bir vaqtlar qalin daraxtlar va butazorlar 
bilan qoplangan, deb yozadi. Bu fikrni Pomir va Tyanshan tog‗lari tabiatini 
yaxshi o‗rgangan geobotanik B.I.Zapryagayev (1976) ham tasdiqlaydi. 
Shuningdek, juda ko‗pgina tarixiy, arxeologik va boshqa materiallar ham 
Zarafshon daryosi havzasining tog‗li qismida qadimgi o‗rmon qoplamining juda 
keng tarqalganidan darak beradi. E‘lon qilingan har xil manbalarda, hozirgi 
yalang‗och tog‗ yon-bag‗irlari o‗tmishda bir vaqtlar qalin o‗rmon va butalar 
bilan qoplanganligini yozadi. Zarafshon o‗rta va yuqori qismi tog‗larining 
o‗rmon qoplami haqidagi eng dastlabki ma‘lumotlarni Aleksandr Makedonskiy 
yurishini tasvirlagan grek tarixchilari Kursiy Ruf, Arrian asarlarida uchratish 
mumkin.
Arrian, Aristovulla va boshqa qadimgi mualliflarning asarlarida, Zarafshon 
havzasi tog‗lari qalin o‗rmonlar bilan qoplangan edi. Bu haqda, 730 yillarda 
Samarqandga borishida qalin o‗rmonzorlarni aylanib o‗tgan, arab askarlarining 
yurishini tasvirlagan tarixchi Tabariy ham eslatib o‗tadi. O‗rta asrlarga qadar 
vodiy to‗qayzorlarining maydoni va tog‗ oldi rayonlarining o‗rmonlari ancha 
qisqargan bo‗lsa ham, daryo havzasi, o‗sha vaqtlarda Urgut va Qoratepa tog‗lari 
yoppasiga o‗rmon bilan qoplangan edi. Tog‗ etaklari va oldilarini bodom, 
uchqat, do‗lana, klyon, nok, pista, tog‗ olchasi va boshqa har xil butalar ishg‗ol 
qilgan edi. Undan yuqorida esa qalin archa o‗rmonlari o‗sib yotar edi. 
Tog‗ yon-bag‗irlaridagi daraxt va butalar ko‗p asrlar davomida mahalliy 
xalq uchun qurilish va yoqilg‗i materiallarining manbasi bo‗lib kelgan. 
Keyinchalik shaharlarning bunyodga kelishi va xo‗jalikning murakkab 
shakllarining paydo bo‗lishi natijasida yog‗ochga bo‗lgan talab oshdi. Ayniqsa, 
talab mahalliy metallurgiya, temir va temirni qayta ishlash sanoatining 
rivojlanishi bilan yog‗ochga bo‗lgan talab yanada kuchaydi. M.Ye.Massoning 
(1947) hisobi bo‗yicha, bir pud cho‗yanni eritish uchun ikki pud yog‗och 
ko‗miri kerak bo‗lgan. O‗rta asrlarda Zarafshon vodiysida Samarqand va 
Buxorodan tashqari o‗ndan ortiq shahar va yuzdan ortiq aholi punktlari bo‗lgan. 
Ma‘lumki, shahar va qishloqlar aholisining turmushi, shuningdek, har xil 
hunarmandchilik zarurati uchun to‗qay o‗rmonlari va tog‗ o‗rmonlaridan 
foydalanilgan. 
Zarafshon havzasi, shu jumladan O‗rta Osiyo tog‗ o‗rmonlarini yo‗q qilish 
o‗rta asrlardan, ya‘ni kon sanoati (konchilik), hunarmandchilik rivojlangandan 
boshlanadi. O‗sha vaqtlarda rangli metallarni eritish uchun asosan archadan 
tayyorlangan ko‗mir ishlatilar edi. Temirchilikda ham yog‗och ko‗mirdan 
foydalanish yaqin vaqtlargacha davom etgan edi. Tog‗larni o‗rmonsizlashtirish 


63 
(o‗rmon qoplamini yo‗q qilish) jarayoni XVIII-XIX asrlarda metallurgiya 
ishlab chiqarishda yangi turlarning paydo bo‗lishi bilan keskinlashdi. XIX 
asrning boshlariga kelib, Zarafshon o‗rta qismining tog‗larida o‗rmonlar faqat 
soylarning yuqori qismlarida saqlanib qoldi. Samarqand va Buxoro uchun 
yog‗ochdan tayyorlangan ko‗mir esa Zarafshonning yuqori qismidan kela 
boshladi. Shunga qaramasdan, 1841 yilda Zarafshonning yuqori qismida 
bo‗lgan A.Leman, bu yerda qalin bodomzor – o‗rmonlarning hukm surganligini 
ta‘kidlab o‗tadi. Ammo XX asrning boshiga kelib bu o‗rmonlardan faqat ayrim 
daraxtlar qoladi. Tog‗ o‗rmonlarini yo‗q qilish ayniqsa 1860-1890 yillarda 
metallurgiya ishlab chiqarishning sanoat asosiga – kapitalistik asosga o‗tishi 
munosabati bilan faollashadi. Yog‗och ko‗mir tayyorlash uchun Nurato 
tog‗laridagi va unga parallel cho‗zilgan Pistalitov tizmalaridagi pistalar va 
bodomlar Zarafshon va Turkiston tog‗laridagi archalar va aralash o‗rmonlar 
to‗liq yo‗q qilib yuboriladi. 
1869-1880 yillarda faqatgina Panjakentdan, Samarqand va Buxoroga 
ko‗mir tayyorlash uchun Zarafshon daryosidan 30 000 archa va
34 000 har xil daraxtlarning g‗o‗lalari oqizilar edi. Birgina Samarqand 
shahrining o‗zida har yili 340 000 daraxt 600 ming pud tayyorlangan ko‗mir 
sifatida is‘temol qilinadi. Masalan, Zarafshon havzasining o‗simliklarini 
birinchi tekshirgan mashhur botanik olim A.P.Fedchenko 1870 yili Zarafshon 
daryosining yuqori qismida bo‗lib, Amirlik ma‘muriyati o‗rmonlarni kesishda 
hech qanday qarshilik ko‗rsatmaganligini, chunki har bir kesilgan daraxt 
qiymatining uchdan bir qismi Amir xazinasiga tushayotganini yozadi.
1870 yillarda Farg‗ona vodiysiga borgan A.F.Middendorf ham (1892) 
birgina Marg‗ilon u‘ezdidan har yili 200 ming pud archa ko‗miri yoqilganligini 
yozadi. Shuni aytish kerakki, O‗rta Osiyoning boshqa tog‗li rayonlardagi 
(Farg‗ona vodiysi, Janubiy Tojikiston, Kopettog‗ va boshqa rayonlar) archa va 
pista o‗rmonlari ham ko‗mir tayyorlash maqsadida yo‗q qilib yuborilgan. 
G‗arbiy Tyanshan, Kopettog‗, shuningdek Zarafshon havzasinin Urgut, 
Qoratepa, Nurota, Zirabuloq va boshqa tog‗larda yaqin vaqtlarga qadar qalin 
archa o‗rmonlari o‗skanini bildiruvchi «izlar» - qoldiq to‗nkalar, alohida 
saqlanib qolgan daraxtlar, toponim (geografik nomlar) ko‗rinishida saqlanib 
qolgan. Zirabuloq tog‗ining janubiy yon-bag‗irdagi Tim qishlog‗ida bir necha 
tup archa muqaddas daraxt sifatida hozirgacha saqlanib qolgan. Shunday qilib, 
hozirgi vaqtda Zarafshon havzasining baland tog‗laridagina uchraydigan 
archalar, o‗tgan asrlarda o‗rtacha balandlikdagi Molguzor, Qoratepa, Nurota 
tog‗larida ham qalin o‗sgan. Bu tog‗larning borish qiyin bo‗lgan joylarida hozir 
saqlanib qolgan archalar bundan dalolat beradi. Shunday joylardan biri Oqtog‗ 
(Nurota tizmasining g‗arbiy chekka qismidagi tog‗ massivi) tizmasining 
g‗arbida 1500-1600 metr balandlikdagi Takalisoyning boshlanishida saqlanib 
qolgan archalardir. Bu archalarning borligini eshitib 1969 yilda birinchi marta 
o‗rgangan olimlar, bu yerda 500 donadan ortiq archalar borligini sanagan. Bu 


64 
archazorlar Nurota tizmasining eng g‗arbiy chekkasi bo‗lib, Qizilqum 
sahrosining ta‘siri doimo sezilib turadi. Nurota va Zarafshon tizmasining 
g‗arbiy chekka qismidagi tog‗larning (Qoratepa, Zirabuloq) iqlim xususiyatlari 
ana shu archa o‗sib turgan Oqtog‗ sharoitidan farq qilmaydi. Xuddi shunday 
archali joylar Qoratepa tog‗larida Oqsoy, Sazag‗on soylarining boshlarida ham 
bor. Bu dalillar tog‗larda bir necha asr oldin archalar keng tarqalganligini 
bildiruvchi asosdir. 
Shunday qilib, bir vaqtlar yoppasiga archa o‗rmonlari bilan qoplangan 
O‗rta Osiyo tog‗larida XX asrning o‗rtalariga kelib, 1,5 mln. gektar o‗rmonlar 
qoldi. Archalarni yo‗q qilinishi keyin ham davom etdi. Faqatgina 1949 yildan 
1974 yilgacha 711 ming gektar maydonda archalar qirqib tashlandi. Shuni 
ta‘kidlab o‗tish kerakki, Zarafshon havzasi o‗simlik qoplamining kuchli 
o‗zgarib ketishiga ta‘sir qilgan omillardan yana biri – yaylov sifatida faol 
foydalanishdir. Yaylov – O‗rta Osiyo tabiati qiyofasini o‗zgartirishdagi muhim 
omillardan biridir. Arid iqlim sharoitida tog‗ va tekislikning yonma-yon tutash 
joylashishi, noqulay mavsumda mollarni yaylovga boqishda tog‗dan tekislikka 
yoki tekislikdan toqqa ko‗chib yuruvchi yaylovchilik usullaridan muvaffaqiyat 
bilan foydalanishga imkon beradi va juda katta miqdordagi hayvonlarni saqlash 
uchun sharoit yaratadi. Yaqin o‗tmishlarda juda ko‗p miqdorda mollarni 
yaylovda boqish hozirgiga nisbatan keng ekologik oqibatlarga ega bo‗lgan. 
Shunday qilib, ko‗p asrlar mobaynida inson xo‗jaligi faoliyati ta‘sirida 
Zarafshon havzasining o‗simlik qoplami (o‗rmonlari, butazorlari va daryo 
vodiysining to‗qayzorlari) kuchli o‗zgarib ketdi, bu esa qator ekologik 
oqibatlarga olib keldi. Eng avvalo qisqacha, ortiq darajada yaylovchilikda 
foydalanishning ekologik ta‘sirini ko‗rib o‗taylik. Yaylovda haddan tashqari 
tartibsiz mol boqish tuproq-gruntning suv-fizik xususiyatlarini keskin 
yomonlashtiradi. Tuproqning zichligi va chim gorizontining buzilishi natijasida 
mol boqiladigan uchastkalarda uning suv saqlash hajmi 1,5-2 marta pasayadi. 
Shunga muvofiq tuproqning suv o‗tkazuvchanligi, filtratsion (singdirish) 
qobiliyati kamayadi, yuvilish va yer usti suv oqimi esa 2,7 martaga ko‗payadi. 
Siyrak archa o‗rmonlarida yangi unib chiqqan va yosh archa novdalarini mollar 
tomonidan yeb qo‗yilishi tog‗larda archalarning tiklanishini qiyinlashtiradi. 
Masalan, Tyanshanda (Qirg‗iziston) endi unib chiqqan archa maysalarining 
mollar tomonidan yeb qo‗yilishi natijasida yosh archalar butun o‗rmon 
maydonining 7,1% ni, yoshi 100 dan ortiq bo‗lgan daraxtlar esa butun o‗rmon 
qoplami maydonining 50% dan ortig‗ini egallaydi (Shevchenko, 1961). 
Shunday qilib, tog‗ yon-bag‗irlarida haddan tashqari mollarni boqish, 
tuproq eroziyasining rivojlanib ketishi, nafaqat yaylovlarning yomonlashuviga, 
balki tog‗ yon-bag‗irlarining yalang‗ochlanib qolishini tezlashishga olib keldi. 
Archa o‗rmonlarining (degradatsiyalashuvi) yomonlashuvi hozirga qadar 
davom etmoqda. Shuni aytish kerakki, yaylovda juda ko‗p mol boqish o‗tloq 
cho‗l o‗simliklarining mollar yemaydigan begona o‗tlar ko‗payib ketishiga ham 


65 
olib keldi. Masalan, Nurota, Zirabuloq, Qoratepa, Molguzor tog‗larida mol 
yemaydigan flomus, qo‗ziquloq ko‗payib ketgan. Yaylovlarning hosildorligi 
tushib borayapti. O‗rta Osiyo tog‗ yaylovlarining 30-40% da begona o‗tlar 
tarqalgan va yaylovlarning hosildorligi 2-2,5 marta kamaygan. Bu jarayonlar 
Zarafshon havzasi uchun ham xosdir. Errozion jarayonlar ko‗p yillik 
o‗simliklarning tiklanishiga to‗siqlik qiladi, lekin shu bilan birga ular bir yillik 
o‗simliklar efemer va efemeroidlarning holatini kuchaytiradi. Shunday qilib, 
eroziya tog‗larda tragan tog‗ kserofitlarining tarqalishiga, tekisliklarda esa 
efemer va efemeroidlarning tarqalishiga imkon berib, landshaftlarning 
mavsumiy qiyofasidagi xususiyatlarni kuchaytiradi. 
O‗rta Osiyo tog‗laridagi hozirgi o‗rmon qoplamining eng muhim 
xususiyatlaridan biri – uning juda siyrakligidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda 
tabiiy o‗rmonlar, suv saqlash va tuproqni himoya qilish rolini to‗liq 
bajaraolmaydi, natijada tog‗larda errozion jarayonlar uchraydi, tez-tez suv 
toshqini va sel oqimlari tashkil topishi hollari tezlashadi. Lekin shuni aytish 
kerakki, O‗rta Osiyoning noyob tog‗ o‗rmonlari (ayniqsa igna bargli) suv 
saqlovchi, himoya qiluvchi vazifani bajargan. Bunga birinchi bo‗lib, 
A.F.Middendorf (1892) e‘tibor berib, tog‗ va archa o‗rmonlarini oqilona 
muhofaza qilishga chaqirgan edi. Igna bargli o‗rmonlarning yo‗q qilinib 
yuborilishi yoki ularning siyraklanishi tog‗larda qorlarning erish jarayonini 
tezlashtiradi, bu esa eroziyaning jadallashishiga, daryolar suv oqimining o‗tish 
davriga ta‘sir etmasdan qolmaydi. Daryolar suv oqimi davrining qisqarishi esa, 
bahorgi suv toshqinining va daryolar suv toshqini xavfini keskin ko‗taradi. 
Natijada keyingi vaqtlarda daryolarning vodiylarida suv toshqinlarining 
tezlashish tendensiyasi (yo‗nalishi) kuzatilmoqda. 
Statsionar tekshirishlardan shu aniqlanganki, o‗rmon, ayniqsa igna bargli 
daraxtlarning tanasi, shox va barglari jalalarning kuchini va tuproq yuzasidan 
namning bug‗lanishini kamaytiradi, tog‗ va yon-bag‗irlaridan ko‗tarilayotgan 
havo massalaridagi namlikning to‗yinishini tezlashtirishga (kuchaytirishga) 
imkon beradi. O‗tmishda tog‗ yon-bag‗irlari yoppasiga o‗rmon bilan qoplangan 
vaqtda yuqori balandlikdagi muzliklar hozirgiga nisbatan katta maydonni 
egallagan. Muzliklarning erishini tezlashishiga esa, o‗rmonlarning yo‗q 
qilinishi natijasida atmosfera havosidagi namlar to‗yinishining kamayishi va 
jazirama yoz vaqtida yalang‗ochlangan tog‗ yon-bag‗irlarining kuchli qizib 
ketishi katta ta‘sir qilgan. Ma‘lumki, o‗rmon, ayniqsa igna bargli o‗rmon 
daraxtlarining tanasi, shox va barglari, jala (kuchli yomg‗ir)larning kuchini va 
tuproq yuzasidan namning bug‗lanishini kamaytirib, joy iqlimiga kuchli ta‘sir 
qiladi. 
O‗rmonlar yer yuzasidan quyosh energiyasining taqsimlanishiga havodagi 
issiqlik va namlik miqdoriga, daryolarning suv rejimiga ta‘sir ko‗rsatib, 
mahalliy joyning iqlimini ma‘lum darajada belgilaydi. O‗rmonlar havo harorati 
farqini kamaytiradi, namlikni oshiradi, tez-tez bulut bo‗lib yog‗in miqdorini 


66 
oshiradi. Tog‗ yon-bag‗irlarining shamolga qaragan tomonida o‗rmonlarning 
10% ko‗pligi, yozda 4-6% gacha qo‗shimcha yomg‗ir yog‗ishiga sabab bo‗ladi. 
O‗rmonlar atmosfera yuzasining yaqin qismida haroratning keskin o‗zgarishini 
kamaytirib kuchli shamollar ta‘sirini yumshatadi.
Yashil o‗simliklar quyosh nuri issiqligini yarmini qaytaradi va asfalt 
yuzasiga nisbatan 12 marta yoki g‗ishtga nisbatan 4-5 marta kam qiziydi. 
Daraxtzorlardagi havo harorati yozda o‗rmonsiz joyga nisbatan 10-12 marta 
past bo‗ladi, havoning namligi esa 16-30% gacha yuqori bo‗ladi. Tog‗ 
o‗rmonlari bug‗lanish hajmiga, yer osti va yer usti suvlari, suvlar oqimi 
me‘yoriga, butun suv miqdoriga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Bu ta‘sir murakkab 
va xilma-xildir. 
O‗rmonli hududlarda yer osti suvlari daryo va jilg‗alarning to‗yinishini yil 
bo‗yi bir xilda ta‘minlaydi. Bu esa daryolarda suv toshqini xavfini kamaytiradi 
va ularning sersuvligini saqlaydi. Binobarin, o‗rmonlar daryolar oqimini, yer 
osti (grunt) suvlari rejimini tartibga soladi. Amerikalik tadqiqotchilarning 
ma‘lumotlariga ko‗ra hududlarning o‗rmon bilan qoplanganligi 1% bo‗lganda 
daryo oqimi doimiyligi 2-2,5% ni tashkil etadi. Rossiya Yevropa qismining 
markaziy rayonlarida o‗rmonsiz yerlarda yoqqan yog‗in suvining 60-80% i yer 
yuzasidan oqib ketadi, agar o‗rmonlar 20% hududni qoplangan bo‗lsa, yer 
yuzasidagi oqimi 25% ni, o‗rmonlar 60-80% bo‗lganda esa yer yuzasi oqimi 
yog‗in suvining faqat 7% ini tashkil etadi. Shunday qilib, o‗rmonlar o‗ziga xos 
tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. O‗rmonlarning tabiatdagi ahamiyati 1954 
yilda Hindistonda bo‗lib o‗tgan o‗rmonchilarning xalqaro kongressi shiorida 
juda yaxshi ifodalangan. Unda «O‗rmon bu suv, suv esa hosil, hosil hayotdir» 
deyilgan. Asrlar davomida O‗rta Osiyo tog‗larida o‗rmonlarning yo‗q qilinishi 
va ular maydonining tobora qisqarib borishi, tabiiy jarayonlarning yo‗nalishida 
bir qator o‗zgarishlarga, ya‘ni daryolar va ko‗llarning sayozlanishiga, vayron 
qiluvchi suv toshqinlariga, sel oqimlariga, tuproq eroziyasiga va ular 
hosildorligining pasayishiga, jarlarning rivojlanishiga sabab bo‗ladi. 
Daryolar havzasidagi o‗rmonlarning yo‗q qilinishi kuchli toshqinlarga 
sabab bo‗ladi. O‗rmonsiz yon-bag‗irlarda qor tez va birdaniga eriydi, yomg‗ir 
va qor suvlari tuproqqa singmasdan soylarga qarab tez oqib ketadi. Masalan, 
O‗rta Osiyo o‗rmon xo‗jaligi institutining Chotqol tog‗ meliorativ tajriba 
manzilida olib borilgan kuzatishlar o‗rmonsiz tog‗ yon-bag‗irlarida ayrim 
hollarda yoqqan yog‗in-sochinning 90% gacha qismi oqib ketishini ko‗rsatadi. 
Buning oqibatida yer osti suvlarining to‗yinishi kamayadi va daryolar 
qurg‗oqchil yoz oylarida sayozlanib qoladi. Tog‗ yon-bag‗irlarining 
o‗rmonsizlanishi, o‗zi bilan birgalikda, o‗tmishda juda ko‗p suv manbalarining 
sayozlanib va qurib qolishiga olib keladiki, bu esa tog‗lar atrofidagi 
tekisliklarga juda katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tog‗ suv havzalarining 
o‗rmonsizlanishi tog‗ daryolari suv harajatining kamayib ketishiga ta‘sir 
etishini Janubi-G‗arbiy Kopettog‗ misolida ko‗rish mumkin. XVI asrlarda 


67 
uning qariyib to‗liq o‗rmonsizlanishi natijasida tog‗ daryolarining, shu 
jumladan Atrek daryosining suv harajatlari (suv oqimi) keskin kamayib ketdi, 
oqibatda daryo vodiysi va deltasida dehqonchilik vohasining tashlandiq bo‗lib 
qolishiga olib keldi (Kes, 1980). Faqatgina XX asrning birinchi yarmida 
Kopettog‗ tog‗i yon-bag‗irlarining o‗rmonsizlanishi oqibatida uning yon-
bag‗irlarida oquvchi daryolarning umumiy suv harajati (oqimi) 50% qisqardi.
Hozirgi vaqtda Kopettog‗da daraxtsimon o‗simliklar juda kam qolgan. 
B.T.Kirstanning (1976) fikricha, bu esa shu tog‗lardagi ko‗pgina daryolar yillik 
suv harajatining umumiy kamayib ketishiga hamda yer osti suvlari bilan 
oziqlanishining kamayishiga asosiy sabab bo‗lgan. Boshqacha aytganda, uning 
yozishicha bu yerda daryolar suv harajatining kamayib ketishi va ko‗p 
buloqlarning yo‗q bo‗lib ketishining asosiy sabablaridan biri Kopettog‗dagi 
o‗rmonlarning yo‗q qilinib yuborilishidir. 
S.Yu.Rauner o‗zining 1901 yilda chop etilgan «Turkistonning tog‗ 
o‗rmonlari va uning o‗lka suv xo‗jaligi uchun ahamiyati» degan asarida 
sug‗oriladigan yerlarning maydonini kamaytirish, bu yerlarni yoz vaqtida suv 
bilan barqaror ta‘minlash uchun o‗rmon o‗simliklarga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‗lish zarur degan qoidani (fikrni) asoslab bergan edi. O‗rmon 
maydonlarining qisqarishi va ularning siyraklanishi oxir-oqibatda sug‗orish 
inshootlarining inqirozga uchrashiga olib keladi. Rauner Zarafshon daryosi 
vodiysida avval (o‗tmishda) 150 ming (desyatina) botmon (1,09 gektarga teng 
yer o‗lchov birligi) yer sug‗orilaganligi, keyinchalik esa bu yerlarning 
cho‗llanishga uchraganligini misol sifatida ko‗rsatgan edi. 
«...hech shubha yo‗qki, sug‗orish mavsumida suvning bunchalik 
kamayishi, ayniqsa notekis tarqalishi asosan Zarafshon daryosi yuqori qismida 
Turkiston va Zarafshon tizmalari yon-bag‗irda daryo suvini yil mobaynida bir 
xil tarqatishni ta‘minlovchi uchast-kalardagi tog‗ o‗rmonlarining yo‗q qilib 
yuborishi oqibatida sodir bo‗lgan» (5-6 betlar), deb yozadi S.Yu.Rauner. 
O‗rmonsizlanish bilan errozion jarayonlar tezlashib ketdi. Tog‗ relefining 
kontrastligi (qarama-qarshiligi) kuchaydi va tog‗larning atrofidagi tutashgan 
tekisliklarga mexanik ta‘sir etish zonasining ko‗lami ham oshdi. Errozion 
jarayonlarning kuchayishi esa umuman aridlanish va qisman o‗rmonsizlanish 
oqibatida qurg‗oqchilikni tezlashtirishga imkon yaratdi. A.A.Xonazarov 
(1983) ma‘lumoticha, O‗rta Osiyo tog‗li qismi tuproqlarining 81% maydoni 
(shu jumladan, O‗zbekiston – 72,5%, Qirg‗izistonda – 72,1%, Tojikistonda – 
89,5%, Turkmanistonda – 97,5%) har xil darajada eroziyaga uchragan. Tuproq 
eroziyasi, ayniqsa haydalgan tog‗ yon-bag‗irlarida kuchli bo‗lar ekan. Masalan, 
Zarafshon tizmasining shimoliy yon-bag‗irlarida qiyalik tikligi 10
0
bo‗lgan yon-
bag‗irlardan har gektaridan 2500 kub. m., qiyalik tikligi 20
0
bo‗lgan yon-
bag‗irlar – 4000 kub.m., qiyalik tikligi 30
0
bo‗lgan yon-bag‗irlar esa 6000 kub. 
m (melkozyom) tuproqlar yo‗qotganligi aniqlangan. Faqat O‗zbekiston 


68 
tog‗larida bevosita jarliklar bilan band bo‗lgan yerlarning umumiy maydoni 33-
35 ming gektar bo‗lib, ularning soni 9-11 mingdan ko‗pdir. 
O‗rmonsizlanish butun O‗rta Osiyo o‗simlik qoplamini kserofitlashtirishda 
muhim omil bo‗ldi. Bu esa, tog‗ va tekislik o‗rtasidagi tarixiy tashkil topgan 
o‗zaro bog‗liqlikni buzdi va tuproq hosildorligini saqlash, suv omborlarini 
loyqalardan tozalash, qayta ekish kabi qator chora tadbirlar uchun behuda sarf-
harajatlarni oshirdi. Sahrolanish oqibatida tezlashgan qurg‗oqchilik baland tog‗ 
landshaftlariga ham ta‘sir qilib, bu yerda muzliklarning erishini 
tezlashtirmoqda. Masalan, Abramov muzligi (Oloy tog‗larida) keyingi 124 yil 
ichida (1860-1984) 639 mln. kubometr yoki muzlik umumiy hajmining 22% ni 
yo‗qotdi. Yoki 72 yil ichida ikki muzlikning (Oloy tog‗larida) qisqarish hajmi 
28 va 83 mln. kubometr, ya‘ni 24 va 23% ni tashkil etadi. Bunaqa misollarni 
ko‗plab keltirish mumkin. 
V.A.Kovda (1981) fikricha, yuqoridagi jarayonlarning oqibati natijasida 
keyingi vaqtlarda glyatsial sellarning soni ko‗paymoqda. Masalan, 1966 yil 
Oloy tog‗liklaridagi muzliklarning tez erishi natijasida Yashil ko‗lni buzib 
chiqqan muzlik seli Farg‗ona vodiysiga 4 mln. kubometrdan ko‗proq 
yotqiziqlar olib chiqdi. Muzliklarning qisqarishi o‗z navbatida tog‗larning 
qurishi jarayonini tezlashtiradi, cho‗l va boshqa kserofit o‗simliklarning 
tarqalishiga imkon beradi. Shunday qilib, tog‗larni o‗rmonsizlantirish butun 
O‗rta Osiyo o‗simlik qoplamini aridizatsiyalashtiruvchi (qurg‗oqlashtirishda), 
kserofit-lashtiruvchi muhim omil bo‗ldi. Bu esa butun O‗rta Osiyo 
mintaqasining aridlanish (qurg‗oq) xususiyatlarini tezlashtiradi, tekisliklarning 
sahrolanishi tog‗larning pastki va o‗rta qismlari cho‗llanish jarayonini 
tezlashtiradi. Buning hammasi qisqacha geologik vaqtda eroziyani tezlashtirish 
bilan birga «tog‗-tekislik» sistemasida (tizimida) materiallarni qaytadan 
tarqatishni kuchaytiradi. 
Shuning uchun ham, yaqin vaqtlar ichida O‗rta Osiyo uchun maxsus 
«O‗rmon melioratsiyasi» dasturini ishlab chiqish va (tabiatni muhofaza qilish 
chora-tadbirlariga ajratilgan mablag‗larni qayta tarqatish hisobidan) amalga 
oshirish zarur. O‗rmon melioratsiyasini kichik daryochalar va vaqtincha 
oquvchi soylar havzasi bo‗ylab suv yig‗uvchi suv havzalarini o‗rmonlashtirish 
oqimning yillik modulini keskin ko‗tarishga (bir necha marta), yillik suv 
harajatini teng tarqatishga imkon beradi. Eroziya tezligi o‗rmonlashish 
hisobidan 
100 
va 
undan 
ko‗p 
martaga 
kamayishi 
mumkin. 
Agrolesomelioratsiya tog‗ va tekisliklar tabiiy boyliklar zahirasini yanada 
o‗stirish uchun vositadir. Ammo agrolesomelioratsiyaning samaradorligiga 
qaramasdan O‗rta Osiyoda bog‗lar, uzumzorlar va o‗rmonlar maydoni juda ham 
sekin o‗smoqda. Shuning uchun agrolesomelioratsiyaga nisbatan munosabatni 
qaytadan ko‗rib chiqish zarur. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin