Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Sug‗oriladigan sur-qo‗ng‗ir tusli



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Sug‗oriladigan sur-qo‗ng‗ir tusli tuproqlar Malik va Qarshi cho‗lida, 
Amudaryoning o‗rta va quyi oqimlari hamda Turkistonning janubiy – g‗arbiy 
qismidagi tog‗ etaklarida va boshqa joylarda uchraydi. Sur tusli qo‗ng‗ir 
tuproqlarda chirindi miqdori juda kam, ko‗p hollarda tuproqning ustki qismida 
kalsiy karbonat, pastki qismida gips to‗planadi. Masalan Qarnab cho‗lidagi sur 
tusli qo‗ng‗ir tuproqlarning 20-30 sm chuqurlik qismidan gips gorizonti 
boshlanadi. 
Qumli cho‗l tuproqlar, qum massivlari orasida tarqalgan. Asosiy keng 
tarqalgan rayonlar Qizilqum va Qoraqum cho‗llaridir. Bu tuproqlarning yuza 
qismi 8-10 sm gacha sochilma qumlardan iborat bo‗lib o‗simlik ildizlari bu 
yerda shoxlanmaydi. Strukturali gorizont 8-12 sm da joylashgan bo‗lib, unda 
o‗simlik ildizlari shoxlanmaydi va sur rangdagi dog‗lar uchraydi. Qumli cho‗l 
tuproqlarda chirindi va ozuqa moddalar kam. Chirindi miqdori 0,3-0,6% ni 
tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikka tegishli agrotexnika 
tadbirlarini qo‗llash orqali uning unumdorligini oshirib foydalanish mumkin. 
Qumli cho‗l tuproqlarida chirindiga aylanadigan bir yillik o‗simlik qoldiqlari 
372 g/m
2
ni tashkil etishiga qaramasdan chirindi kam, chunki bu tuproqlarda 
biologik jarayonlar juda tezlik bilan o‗tadi. O‗simlik qoldiqlarining chirishi 
faqat bahor oylarida (mart-aprel) namlik va issiqlik munosabati yetarli bo‗lgan 
vaqtda sodir bo‗ladi. Boshqa vaqtlarda harorat juda yuqori bo‗lishi tufayli, 
namlik yetishmaydi. 
Taqir tuproqlar. O‗rta Osiyoning tog‗ oldi tekisliklarida, daryo vodiylari 
va deltalarida, shuningdek qum oralig‗idagi pasttekislik maydonlarida, qadimgi 
allyuvial tekisliklarda taqir tuproqlar uchraydi. Taqir tuproqlarning katta 
maydonlari Amudaryo, Qashqadaryo deltalarida, Murg‗ob va Tejan 
havzalarida, Sirdaryoning o‗rta qismida va Kopettog‗ tog‗ oldi qiya 
tekisliklarida joylashgan. Tuproq ona jinsi turli xildagi yotqiziqlar bo‗lib, 
ko‗pchiligini loyli qumloqli harakterdagi yotqiziqlar tashkil etadi. Bu tuproq 
tipining o‗simlik qoplami qariyib yo‗q, shuning uchun unda chimli gorizontlar 
hosil bo‗lmaydi. Chirindiga aylanadigan bir yillik o‗simlik qoplamlari 1082 
g/m
2
ni tashkil etadi. Taqirli tuproqlar paydo bo‗lish sharoitiga qarab, o‗tloqli – 
taqirli, qoldiq chirindili, tipik taqirli, shuningdek sho‗rlanish darajasiga qarab 
sho‗rlanmagan, sho‗rxoksimon va sho‗rtobsimon taqir tuproqlarga bo‗linadi. 
Taqir tuproqlarda chirindi qatlamining umumiy qalinligi 20-30 sm ga 
boradi, chirindi 0,5-1,0% ni tashkil etadi, ayrim allyuvial - o‗tloqli – taqir 
tuproqlarda 1,2-1,5% gacha boradi, azot 0,02-0,07%, fosfor 0,15% va kaliy 2% 
gacha bo‗ladi. Sho‗rlangan taqir tuproqlarda sho‗rlanish darajasi 0,3-2,0% 
orasida bo‗ladi. Taqir tuproqlarda sug‗orib dehqonchilik qilish mumkin, bunda 
taqir kabi qalin qotqoloq paydo bo‗lmaydi, unumdorligini oshirish uchun bir 
qator agrotexnik choralarni amalga oshirish lozim. Jumladan tuproq tarkibini 
vujudga keltirish, qotqoloqni yo‗qotishga qarshi ishlov berish, sho‗rlangan 


52 
yerlarni yuvish va qayta sho‗rlanishni oldini olish, nam to‗plash uchun yaxob 
berish va boshqa chora-tadbirlar. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin