41
nisbatan esa 28 marta kattadir. Xalqaro geofizik yillar (1957-1958) davrida
olingan ma‘lumotlar, O‗rta Osiyo tog‗ muzliklaridagi suv zahirasini 1750 km
3
deb aniqlagan edi. Suv zahiralari ayniqsa, Fedchenko muzligida katta ekanligi
ko‗rsatilib, uning umumiy miqdori 250 km
3
teng ekanligi aytilgan, bu esa
qariyib Volga daryosining yillik suv harajatiga tengdir. Shuni aytib o‗tish
kerakki, kosmik tekshirishlar asosida olingan eng keyingi ma‘lumotlar bo‗yicha
O‗rta Osiyo tog‗laridagi muzliklarning umumiy maydoni – 22 ming km
2
dan
ortiq deb hisoblandi. O‗rta Osiyo muzliklarining tarqalishida quyidagi
qonuniyatlarni kuzatish mumkin:
1. Ko‗pgina muzliklar tog‗lar «tugunida»
joylashgan (Zarafshon, Seversov va boshqa muzliklar);
2. Asosiy muzliklar tog‗
massivlarining g‗arbiy yon-bag‗irlarida joylashgan (G‗arbiy Pomir muzliklari);
3. Ko‗p muzliklar tog‗ tizmalarining shimoliy yon-bag‗irlarida joylashgan
(Turkiston, Iliorti tog‗ tizmalarining shimoliy yon bag‗rlari).
Muzliklarning tarqalishi tog‗li rayonlarning orografik xususiyati, relef
sharoiti, yog‗in-sochin miqdori va boshqa omillarga bog‗liq holda shakllangan.
Shunday qilib, O‗rta Osiyo tabiatining noyobligi shundaki, bu mintaqa boshqa
mintaqalardan nafaqat muzliklar maydonining ko‗pligi, balki muzliklar
ko‗lamining kengligi bilan ham farq qiladi (3-jadval).
O‗rta Osiyo yirik tog‗ muzliklarining joylashishi.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: