Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‗rta Osiyo orografik tuzilishining o‗lka tabiiy sharoiti shakllanishidagi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 
O‗rta Osiyo orografik tuzilishining o‗lka tabiiy sharoiti shakllanishidagi 
roli 
O‗rta Osiyo orografik tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari ko‗p jihatdan 
uning tabiiy holatini va tabiiy sharoitining keskinligini belgilaydi. O‗rta 
Osiyoning Shimoliy va Shimoliy-G‗arbiy qismi shimoldan va Shimoli-
Sharqdan keladigan havo massalariga ochiq. Shuning uchun, yil bo‗yi, ayniqsa, 
qishda, Arktikaning sovuq havo massalari, o‗lkaning tekislik qismiga bemalol 
kirib kelib, uning butun tekislik qismining ob-havo rejimini belgilaydi. O‗rta 


25 
Osiyo hududida Arktika havo massalari havo haroratini tog‗li qismda uning eng 
«chekka» tog‗ sistemalari (tizimlari) «ushlaydi» va sovuq havo massalarining 
tog‗li qismiga bostirib kirishiga yo‗l qo‗ymaydi. O‗rta Osiyoning orografik 
tuzilish xususiyatlari uning tabiiy sharoitining shakllanishida quyidagi 
qonuniyatlarni keltirib chiqaradi: 1) Umuman «chekka» tog‗ tizmalari qishda 
barqaror temperatura inversiyasini hosil qiladi; 2) Janubga tomon tog‗ 
massivlariga yaqinlashib borgan sari o‗rtacha yillik yog‗in-sochin miqdori ortib 
boradi; 3) Umuman, G‗arbdan Sharq tomon yo‗nalish bo‗ylab, ayniqsa, «Tog‗ 
tugunlarida» o‗rtacha yillik yog‗in-sochin miqdori ko‗payib boradi (3-chizmaga 
qarang); 4) O‗rta Osiyo quruq subtropiklarining (Turkmaniston va Surxondaryo 
vodiysidagi) shakllanishining asosiy sababi orografik omildir; 5) Yog‗in-sochin 
miqdorining uncha katta bo‗lmagan hududda keskin (ko‗p va oz) 
farqlanishining asosiy sababi ham orografik tuzilishidan kelib chiqadi (Sharqiy 
va G‗arbiy Pomir, Sharqiy va G‗arbiy Issiqko‗l; G‗arbiy va Sharqiy Farg‗ona 
botig‗i va boshq.); 6) Ko‗pgina mahalliy shamollarning («Afg‗on», «Xovast», 
«Qo‗qon», «Baom» va boshq.) shakllanishi ham bevosita orografik omil bilan 
bog‗liq; 7) Farg‗ona tizmasining G‗arbiy yon-bag‗irda tarqalgan aralash o‗rmon 
va keng bargli o‗rmonlarning tarqalishi ham orografik omil bilan bog‗liq; 8) 
Hisor tizmasining eng chekka (Songardak daryosi) Janubi G‗arbiy yon- 
bag‗irdagi aralash o‗rmonlarning tarqalishi ham orografik tuzilish oqibatidir; 9) 
O‗rta Osiyo uchun noyob bo‗lgan tabiiy hodisa qora tuproqlarning (Farg‗ona 
tizmasining G‗arbiy yon-bag‗ir) tarqalishi ham bevosita orografik omil bilan 
belgilanadi. 
Shunday qilib, O‗rta Osiyoning orografik tuzilishi uning iqlim 
xususiyatining shakllanishida, ayniqsa ayrim meteorologik elementlarning 
(namlik, issiqlik, shamol va boshqalar) tarqalishida muhim rol o‗ynaydi. 
O‗lkaning orografik tuzilishi shu hudud tog‗li qismida o‗simlik, tuproq va 
boshqa tabiiy komponentlarning joylanish qonuniyatlarini ham belgilaydi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin