Manogom oila-nikoh juftining mavjudligi. Poligam oila-bu
erkak kishi bir nechta ayolga ega bo‗lishi mumkin. Qarindoshlik
aloqalari tartibiga qarab oila oddiy, nuklear yoki murakkab
kengaytirilgan oilaviy turlari mavjud. Nuklear oilada er-xotin va
ularning nikohsiz (nikoh yoshida emas) oilaviy juftini tushunamiz. Agar
bolalardan birontasi nikoh qilingan bo‗lsa, ular kengaytirilgan yoki
murakkab, ikki yoki undan ko‗p avlodlarni o‗z ichiga olgan oila kelib
chiqadi.
Oila ijtimoiy institutlar sifatida jamiyat paydo bo‗lishi, shakllanishi
davrida paydo bo‗ladi. Oilaning shakllanishi va faoliyati jarayoni
qadriyat me‘yori o‗lchagichi bilan bog‘liq. Masalan: bir odamning
yoqtirish, uni turmush o‗rtog‘i sifatida tanlash. Er-xotin, qarindosh-
urug‘, ota-ona va bolalar o‗rtasidagi seksual me‘yor, intizom axloq
tartiblaridan foydalanish va ularni bajarmaslik sanksiyalari. Bu
qadriyatlar me‘yorlar va sanksiyalar mazkur jamiyatda o‗zgaruvchan er-
xotin o‗rtasidagi munosabatlar ko‗z oldiga keladi. Bu munosabatlar
ularning jinsiy hayotini tartibga soladi va oilaviy ota-onalik, qarindosh-
urug‘chilik majburiyatini va huquqlarini o‗rgatadi.
Taraqqiyotning dastlabki bosqichida erkak va ayol o‗rtasidagi
munosabat, katta va kichik o‗rtasidagi, avlod va ajdod an‘analari asosida
sinkret me‘yor va intizom namunalariga asoslangan bo‗lib, diniy va
axloqiy nuqtayi nazaridan qaralgan. Davlat paydo bo‗lishi bilan oilaviy
hayotni boshqarish huquqiy tus oldi. Nikohni huquqiy shakllantirish
nafaqat oila, balki davlatning o‗ziga ham ma‘lum bir mas‘uliyatni
yukladi. Ijtimoiy nazorat va sanksiyalarni jamiyat fikrigina emas, balki
davlat organlari ham amalga oshiradilar. Oilaning birinchi vazifasi
A.G.Xarchyovning fikricha aholini tabiiy to‗ldirish bolaga bo‗lgan
talabni qoniqtirish, bu shaxsiy reja shu bilan bir qatorda oila bir qator
quyidagi vazifalarni bajaradi:
- tarbiyaviy vazifa- yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatning
madaniyatini rivojlantirish;
- xo‗jalik maishiy vazifa- jamiyat a‘zolarining jismoniy sog‘ligini
saqlash, bolalar va qariyalarga mehribonlik;
31
- iqtisodiy vazifa- bir oila a‘zolariga ikkinchi oila a‘zolari uchun
moddiy mablag‘ olish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila
a‘zolarini iqtisodiy qo‗llash;
- birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti- hayot faoliyatini turli muhitda
oila a‘zolarining xulq-atvorini axloqiy tartibga solish, shuningdek, er-
xotin, ota-ona va bola, o‗rta va katta avlod o‗rtasida mas‘uliyat va
majburiyatlarning tartibga solish;
- ma‘naviy muloqot- oila a‘zolari shaxsiyatlarining rivojlanishi,
o‗zaro ma‘naviy kamol topishi;
- ijtimoiy mavqye- oila a‘zolarini ma‘lum bir ijtimoiy mavqyeni
taqdim qilish, ijtimoiy tarkibni qayta ishlash;
- hordiq
chiqarish-samarali
dam
olishni
tashkillashtirish,
dunyoqarashlar, ehtiyojlarni o‗zaro rivojlanishi;
- hissiyot-ruhiy himoya, his-tuyg‘uni qo‗llab-quvvatlash, shaxslarni
emotsional barqarorligi va ruhiy terapiya.
Oilani ijtimoiy institut sifatida tushunish uchun oiladagi vazifalarni
tahlili katta ahamiyatga ega. Oilaviy vazifa (rol) jamiyatdagi insonning
ijtimoiy rollarini ko‗rinishlaridan biri. Oilaviy rol shaxsning faoliyati va
o‗z o‗rni bilan belgilanadi. Eng avvalo, er-xotinlik roli (er-xotinning
vazifasi) ota-onalik vazifasi, bolalar (o‗il, qiz, aka, singil) vazifasi va
hokazo. Oilaviy rolning ijrosi qator shartlarini, eng avvalo rol
timsolining bajarilishidan iborat. Shaxs o‗ziga berilgan rolni, ya‘ni
oilada er yoki xotin bo‗lish, oilaning kattasi yoki kichigi bo‗lish
vazifasini yaqqol ko‗z oldiga keltirmoi zarur. U yoki bu vazifa unga
qanday me‘yor qoidalarini yuklashini bilishi kerak. O‗z intizomi
obrazini shakllantirish uchun shaxs oilaviy rol tarkibida o‗zining va
boshqalarning o‗rnini aniq belgilashi shart. Masalan: u oila boshlig‘i
rolini bajara oladimi, qisman yoki butunlay oilaning moddiy tutqichi
bo‗la oladimi?
Oilani muvaffaqiyatini shakllantirish uchun oilaviy rol talab
qiluvchi vaziyatlarda o‗zini tuta bilishi ham e‘tiborga ega. Masalan: u
yoki bu boy odam oilaning boshqa a‘zolarini moddiy ta‘minlab kelgan.
Ammo, keyinchalik u odam moddiy qiyinchilikka uchrab qoldi deylik,
32
moliyaviy ahvol o‗zgardi va vaziyatning o‗zgarishi shu zahoti uning
rolini o‗zgartirishni taqazo etadi.
Oiladagi rol munosabatlari rol kelishuvchiligi yoki rol ziddiyati
bilan ham ifodalanishi mumkin. Sotsiologlarning fikricha, rol ziddiyati
ko‗pincha quyidagilardan kelib chiqadi.
1.
Rol
obrazining
ziddiyati.
Bunda
rollar
noto‗g‘ri
shakllantirilgan, noto‗g‘ri bo‗lingan bo‗lishi mumkin.
2.
Rollar orasida ziddiyat, undagi qarama-qarshilik to‗ri
rollardan kelib chiqqan, rol yakunlaridan kelib chiqadi. Bunday
ziddiyatlar ko‗p avlodli oilalarda ko‗proq uchraydi. Ikkinchi avlod
vakillari bir vaqtning o‗zida ham bola, ham ota-ona rolini bajarishlari
kerak.
3.
Rol ichidagi ziddiyat, bunda qarama-qarshitalablar qo‗yiladi.
Zamonaviy oilada, bu muammoning sababi ko‗pincha ayol kishidir.
Oilada ayol kishi beka bo‗lishi. Bolalarni tarbiyalash, oila a‘zolariga
qarshi roli ajratilgan. Zamonaviy oilalarda erkak bilan birgalikda oilani
moddiy mabla bilan ta‘minlash roli ham ajratilgan.
Agar ayol ijtimoiy tomonidan erga nisbatan yuqori mavqyega ega
bo‗lsa va o‗z mavqyeini oilaviy munosabatlarda ham qo‗llasa, ziddiyat
yana ham jiddiylashadi. Bu vaziyatda er-xotinning sabablari ichida
alohida o‗rin tutadi. Masalan: qiz bola turmushga chiqqach oiladagi
bekalik yoki onalik rolini bajarishni xohlamaydi, avvalgiday turmush
tarzini davom ettirishga harakat qiladi.
Zamonaviy jamiyatda oilaning zaiflanish jarayoni uning ijtimoiy
instituti sifatida ijtimoiy faoliyatning o‗zgarishi rolsiz munosabatlarini
kuzatmoqda. Shaxslarning ijtimoiylashishida oila o‗zining yetakchilik
vazifasini yo‗qotmoqda. An‘anaviy ayolga berilgan bekalik, onalik roli
erkakka berilgan mulkka yagona xo‗jayinlik roli, oilaning iqtisodiy
mustaqilligini saqlash roli bir-biri bilan almashib borayotganligini
ko‗pchilik xristian va budda madaniyatiga ega oilalarda ko‗rish mumkin.
Mamlakatlarda oilada ayollar iqtisodiy ta‘minlanishni barcha
erkak zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‗zlarining zimmalariga
yuklashlari oilaviy qarorlarni, masalalarni hal qilishlari kuzatilmoqda.
Bu hol oila faoliyatini o‗zgartirib yuboradi va jamiyat qator potiziv va
33
negitav oqibatlarni olib keladi. Bir tomonda ayol o‗zligini oiladada
teng huquqqa ega ekanligini hal qildi. Ikkinchi tomondan, ziddiyatli
vaziyatni kuchaytirdi. Tug‘ilish jarayonining kamayishi va o‗limning
ko‗payishiga olib kelgan demografik intizomiga ta‘sir qildi.
Nikoh
mustahkamligi,
er-xotin
o‗rtasidagi
munosabatlar
uyg‘unligiga erishish muammolari sotsiologiya fani tadqiqot
ob‘yektlaridan biridir. Ushbu muammoni ilmiy o‗rganishda turlicha
yondashuvlarning tahlili oila, jumladan, yosh oilalar hayotiy faoliyatining
turfa jabhalarini tadqiq etishda tadqiqotchilar fikrlari xilma-xilligidan
dalolat beradi.
Ijtimoiy faylasuflar, sotsiologlar, demograf, tarixchi, etnograf va
boshqa jamiyatshunos olimlar oilada sodir bo‗luvchi jarayonlarni
tushunish va tavsiflashda jiddiy harakatlarni amalga oshirgan. Sotsiologik
fikrning klassik vakillari M.Veber, E.Dyurkgeym, O.Kont, M.Mid,
T.Parsons, P.Sorokin va boshqalar oila-jamiyat munosabatlaridagi o‗zaro
ta‘sir va o‗zaro manfaatli bog‘liqlik muammolarini chuqur tahlil etganlar,
oila shakllarini turkumlaganlar. Shu bois, hozirda oila va oilaviy
munosabatlarning ilmiy tafsilotlari qator yo‗nalishlarni qamrab oladi.
Xususan, o‗tgan davrlar mutafakkirlari va faylasuflari ishlari birinchi
yo‗nalishga mansub bo‗lib, ular oilani sotsio-madaniy hodisa va jamiyatni
ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi asosiy omil sifatida ko‗rsatganlar. Ushbu
yo‗nalish Platon, Aristotel, F.Bekon, T.Gobbs, I.Kant va boshqalarning
ijtimoiy fikrlarida o‗z aksini topgan. Bu yondashuv zamonaviy sotsiologik
tadqiqotlarda ham o‗z aksini topgan (L.I.Savinov, A.G.Vishnevskiy,
A.G.Xarchev va boshqalar).
Ikkinchi yo‗nalishga oilani sotsial institut sifatidagi mohiyatini
ta‘riflovchi g‘oyalarni kiritish mumkin. Ushbu konsepsiyalar M.Veber,
E.Dyurkgeym, J.Medok, U.Ogbornlarning tadqiqotlarida ishlab chiqilgan.
Mazkur ishlarda oilaning sotsio-madaniy funksiyalari, uning shaklan
o‗zgarib borishi, o‗zgacha sotsial ahamiyat kasb etishining tarixiy ildizlari
tahlillangan. Oila funksiyalari doirasining torayib borishi sabablari
izohlangan.
XIX asrning o‗rtalariga qadar oila jamiyatning mikromodeli sifatida
o‗rganilgan. Bu davrda ijtimoiy munosabatlar bevosita oilaviy
34
munosabatlarga qiyoslangan. Faylasuflar va tarixchilar jamiyatni
kengaytirilgan oila qabilida sharhlagan.
XIX asr oxirlariga kelib oila kichik guruh sifatida uchinchi
yo‗nalishga mansub tadiqotchi-olimlar amaliy va empirik tadqiqotlari
obyekti sanalgan. Ushbu an‘ananing asoschisi R.Xill, Ch.Kuli, F.Le-Ple va
boshqa olimlar bo‗lib, ular oilaning qarindosh-urug‘chilik munosabatlari
doirasidan «er-xotinlik» oilasi darajasigacha torayib borishi qonuniyatlarini
o‗rganganlar. Oila «sotsial guruhlar»ga mansublik nuqtai nazaridan
«alohida xususiyatli birlamchi guruh» sifatida ta‘riflanib «nuklear oila»
g‘oyasining shakllanishiga asos bo‗ldi. Ushbu nazariy yondashuvni davom
etgan U. Djeyms, F.Znaneskiy, U.Tomas, Z.Freydlar oilani birlamchi kichik
sotsial guruh sifatida ta‘riflaganlar. Ular tomonidan shaxs va oila o‗rtasidagi
o‗zaro aloqa birlamchi, shaxslararo munosabatlar darajasida ko‗rib
chiqilgan.
P.Sorokin mohiyatan oilaning institusional xususiyatlarining klassik
tahlilini amalga oshirgan. U tomonidan taklif etilgan metodologiyaga ko‗ra
oila unikal sotsial guruh, jamiyat tuzilmasining birlamchi nuqtasidir. Ushbu
yondashuvga muvofiq oilaning maxsus institusional funksiyalari bo‗lib,
jamiyatning boshqa institutlari muqobil funksiyalari uning o‗rnini
to‗ldirmaydi.
Tuzilmali-funksional tahlilning nisbatan keyingi paradigmalari
doirasida oilaning tuzilma sifatidagi funksional va mavqyeli-rolli
xususiyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni bosqichlari,
uning sotsial nazorat funksiyalari va shu kabi o‗ziga xos jihatlari borasida
fundamental nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Oilaning o‗ziga xosligi xususida E.Giddensning
10
ilmiy hissasini
alohida ko‗rsatish joiz. Uning tadqiqotlarida oila instituti turli shakllarining
tarixiy dinamikasi, avlodlararo qadriyatli, sotsio-madaniy vorislikni
ta‘minlanishidagi roli, nikoh istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari,
oilaviy-nikoh munosabatlarining an‘anaviy va muqobil shakllarining
nisbatining nazariy-metodologik asoslari yaratilgan.
10
Гидденс Э. Социология. – М., 1999.
35
U.Bek
11
tadqiqotlarida oilaning an‘anaviylikdan chekinish va
zamonaviy jamiyatdan postmodern jamiyatga qadar bo‗lgan dinamikasi
ko‗rsatilgan.
Oila instituti sotsial funksiyalari transformasiyasi bilan bog‘liq
hodisalar Rossiya tadqiqotchilari ilmiy fikrlarida o‗z aksini topdi. Rossiyada
oila va nikoh muammolarini keng qamrovli tadqiq etishda A.I.Antonov,
I.V.Bestujev-Lada, S.I.Golod, A.G.Xarchev, V.A.Yadov va boshqalarning
xizmatlari katta
12
. T.M.Afanasyev, V.M.Medkov, A.B.Sinelnikov kabi
olimlar tadqiqotlarida esa zamonaviy Rossiya oilalaridagi yangi
tendensiyalar tavsiflangan
13
.
Yosh oilalar muammolarini o‗rganishda M.S.Maskovskiy va
T.A.Gurkolarning hamkorlikdagi tadqiqotlari ahamiyatli. Ular tomonidan
«yosh oila» tushunchasiga berilgan ta‘rif hozirda ko‗plab tadqiqotlarda
tayanch nuqta sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu olimlar ilmiy ishlarida yosh
oilalar barqarorligiga tahdid soluvchi omillar tahlil etilgan
14
.
Ye.V. Antonyuk tadqiqotlari esa yosh oilalardagi rolli tuzilma hosil
bo‗lishi omillariga bag‘ishlangan bo‗lib, ushbu ishlarda yosh er-xotinning
bola tug‘ilishidan oldin va farzand tug‘ilgach o‗z nikohidan qoniqish hissi
darajasi aniqlangan. I.F.Dementyeva tomonidan yosh oilalarning
shakllanishi muammolari o‗rganilar ekan, uning muvaffaqiyatli kechishiga
ta‘sir etuvchi omil sifatida er-xotinning nikohgacha bo‗lgan xulq-atvori
ta‘riflangan
15
.
Yosh oilaviy juftlik xususiyatlarining ota-ona oilasi xususiyatlaridan
farqli jihatlari va umumiylik tomonlari T.A.Gurkoning taqiqotlarida o‗z
11
Бек У. Общество риска: на пути к новому модерну. – М., 2001.
12
См: Антонов А.И. Кризис семьи и родительства // Проблемы родительства и планирования семьи. –
М.,1992;
Антонов А.И. Микросоциология семьи: методология исследования структур и процессов. / А.И.
Антонов -М.: ИД "Nota BENE", 1998;
Бестужев-Лада И.В. Альтернативная цивилизация. – М., 1998; Голод
С.И. Семья и брак: историко-социологический анализ. – СПб. 1998; Харчев А.Г., Мацковский М.С.
Современная семья и ее проблемы / А.Г. Харчев, М.С. Мацковский. – М.: Статистика, 1995. – 223 с.; Ядов
В.А. Стратегия социологического исследования. Описание, объяснение, понимание социальной реальности /
В.А. Ядов. М.: Добросвет, 1999.- 596 с.
13
См: Афанасьев В., Гилинский Я. Девиантное поведение и социальный контроль в условиях кризиса
российского общества. – СПб, 1995.; Антонов А.И., Медков В.М. Социология семьи. – М., 1996;
Синельников А.Б. Кто заинтересован в повышении рождаемости – государство или семья? // Семья в
России. 1995. № 3; 4. и др.
14
Мацковский М.С., Гурко Т.А. Молодая семья в большом городе. – М.: Знание, 1986.
15
Дементьева И.Ф. Первые годы брака: Проблемы становления молодой семьи. М., 1991.
36
aksini topgan
16
. Yoshlarning nikoh, oila, er-xotinlikning dastlabki yillarida
boshidan kechiradigan muammolar esa Yu.R.Vishnevskiy, I.F.Dementyeva,
Ye.I.Pavlova, A.D.Plotnikov va boshqalarning ishlarida o‗rganilgan
17
.
Mazkur ilmiy ishlar natijasida yoshlarda nikohga tayyorgarlik darajasining
yetarli emasligi birgalikdagi hayotning dastlabki yillaridayoq nikohning
buzilishiga olib kelishi aniqlangan.
O‗zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ichida
o‗zbeklarning oilaviy hayoti etnik xususiyatlari, ularning an‘anaviy turmush
tarzining madaniy tavsiflari, ma‘naviy-ma‘rifiy mo‗ljallari borasidagi
izlanishlar oila va oilaviy turmush tarzi o‗rganilgan manbalar asosida tahlil
etilgan. Xususan, Z.X.Arifxanova, I.M.Jabborov, O.Bo‗riyev, O‗.Qayumov,
A.F.Monogarova,
Q.Nasriddinov,
F.M.Otaxo‗jayev,
Z.Rasulova,
I.Shoymardonov, M.Xolmatova
18
larning ilmiy tadqiqotlarida o‗zbek oilasi
tarixi, oilaviy va jamoaviy turmushning o‗ziga xosliklari, urf-odat va
marosimlar, an‘anaviy oila shakllari borasida
keng qamrovli ma‘lumotlar
jamlangan.
Nikoh va oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari boshqa fanlar
vakillarining tadqiqotlarida ham tadqiq etilgan (G‘.B.Shoumarov,
N.X.Lutfullayeva, M.M.Umarova)
19
. Ushbu tadqiqotchilarning ilmiy
16
Гурко Т.А. Родительство в изменяющихся социокультурных условиях / Т.А. Гурко // Социс. 1997. №1. С.
72-79.
17
Вишневский Ю.Р., Павлова Е.И. Некоторые проблемы подготовки молодежи к браку и семейной жизни /
Ю.Р. Вишневский, Е.И. Павлова // Развитие и стабилизация молодой семьи. Свердловск, 1986. - С. 82-89;
Дементьева И.Ф. Первые годы брака: Проблемы становления молодой семьи / И.Ф. Дементьева. М., 1991. -
109 с.; Плотников А.Д. Молодая семья: шаг в XXI век / А.Д.Плотников. М.: Российский центр содействия
молодой семье, 1999.-24 с.
18
Арифханова З.Х. Современная жизнь традиционной махалли Ташкента. – Ташкент: Ўзбекистон,
2000; Arifkhanova Z.Kh., Abdullaev U.S. Traditional male and female uzbek associations at the end of
the XX thе centery // International journal of Central Asian studies. – Seoul, 2002. – Р. 41-52; Жабборов
И.М. Ўзбек халқи этнографияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994; Бўриев О., Шоймардонов И.,
Насриддинов Қ. Ўзбек оиласи тарихидан. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995; Каюмов У. Оила –
ҳаѐтнининг маъноси ва таянчи//Ижтимойи фикр. Инсон ҳуқуқлари. 2002. №3; Каюмов У.Роль
семьи в формироваии нравственных и духовных основ общества// Ижтимойи фикр. Инсон
ҳуқуқлари. 2004. №4; Никоҳ ва ҳуқуқий тартибга солиниши. Ғ Тошкент: Ўзбекистон, 1995;
Расулова З. Никоҳга кираѐтганлар ва ѐш эр-хотинлар: кутилган ва реал ҳолат//Ижтимойи фикр.
Инсон ҳуқуқлари. 2008. №3; Холматов М. Оилавий муносабатлар маданияти ва соғлом авлод
тарбияси.
Тошкент: Ўзбекистон, 2000; Шоумаров Ғ.Б.Оила психологияси. – Тошкент, 2001.
19
Шоумаров Ғ.Б., Шоумаров Ш.Б. Муҳаббат ва оила. – Тошкент: Ибн Сино, 1994. 2-нашри. –
120 б.; Лутфуллаева Н.Х. Турмуш қурган талабаларнинг оилавий муносабатларга тайѐрлигининг
иж тимоий-психологик хусусиятлари.: Психол. фан. номз. ... дис. автореф. – Тошкент, 2006. – 22
б.; Умарова М.М. Ўсмирларда оилавий қадриятлар тўғрисидаги тасаввурлар шаклланишининг
ижтимоий-психологик шарт-шароитлари.: Психол. фан. номз. ... дис. автореф. – Тошкент, 2004. –
27 б.
37
izlanishlari obyekti sifatida oila barqarorligi, uning butunligi va
mustahkamligi omillari, er-xotin munosabatlari muammolari olingan.
F.M.Otaxo‗jayev tadqiqotlari oila va nikoh munosabatlarining
huquqiy jihatlariga aniqlik kiritilgan
20
. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy oilada
sodir
bo‗layotgan
jarayonlar
borasida
tasavvurlarni
boyitishga
mo‗ljallangan boy tarixiiy va etnografik ma‘lumotlarni taqdim etadi.
Oila
insonlarning
tabiiy-biologik
nikoh,
qon-qarindoshlik,
iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlarga asoslangan turmush birligi
va o‗zaro javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir. Bu oilaning
bugungi shakliga berilgan mukammal ilmiy ta‘rifdir. Oila – jamiyat
taraqqiyotining mahsuli sifatida o‗zining paydo bo‗lish, rivojlanish
tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa davrida paydo
bo‗lgan. Ma‘lumki, ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi bosqichida – insonlar
to‗da-to‗da bo‗lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib-
qoidaga ega bo‗lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari
bilan oila bo‗lib yashaganlar. Oilaning bunday shakli fanda –
Dostları ilə paylaş: |