166
9-MAVZU. FEMINIZM G‟OYALARINING ShAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI
1. Xotin-kizlarning an‘anaviy sosial makomi.
2. Xotin-qizlar sosial maqomi va androsentristik yondashuv.
3. G‘arb davlatlarida feminizm harakatining shakllanishi.
4. Feminizm harakatining rivojlanish bosqichlari.
5. Feminizm harakatining ustuvor yo‗nalishlari.
6. Sharq mamlakatlarida feminizmning ommalashish xususiyatlari.
7. Feminizmning zamonaviy shakllari.
Har bir davrning o‗z taraqqiyot omili, ehtiyoji, talabi va hayotiy
tamoyillari mavjud. Tabiiyki, ularni shakllantirish
va rivojlantirish,
ularga alohida ma‘no-mazmun bag‘ishlash, bu davrda davlat, jamiyat
hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‗nalishlarini
belgilab beruvchi ulkan tarixiy voqealar bo‗ladi.
Bugungi kunda diyorimizda xotin-qizlarga katta e‘tibor
qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok
etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda ayolga
bo‗lgan munosabat o‗z
tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo
ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‗lishga da‘vat
etishgan.
Respublikamiz
BMTning
―Xotin-qizlarga
nisbatan
kamsitishlarning barcha shakllarini yo‗q qilish haqida‖gi konvensiyasi,
Xalqaro
mehnat
tashkilotining
– ―Onalikni muhofaza qilish
to‗g‘risida‖gi, ―Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar
to‗g‘risida‖gi konvensiyalariga MDH davlatlari
orasidan birinchilar
qatorida qo‗shildi. Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza
qilish,
ularning
oila
va
umuman
jamiyatdagi
mavqyeini
mustahkamlashga qaratilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining
tarkibiy qismidir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
salomatligini
muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‗llab-
167
quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga
alohida e‘tibor qaratilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi
―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi
faoliyatni
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‘risida‖gi PF-5325-sonli Farmoni qabul qilinganligi buning yorqin
ifodasidir. Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy va
sosial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‗z qobiliyat
va imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish,
huquq va qonuniy manfaatlariga so‗zsiz rioya qilinishini ta‘minlash,
onalik va bolalikni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, shuningdek, oila
institutini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratildi.
Ushbu Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad xotin-qizlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlashni sifat jihatidan yangi
bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‗rni
va mavqyeini
mustahkamlash, salohiyatini to‗la namoyon etishi, oilalardagi ijtimoiy-
ma‘naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.
O‗zbekiston ayollari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok
etmoqda, ularning oiladagi mavqeyi mustahkamlanmoqda. Davlatimiz
rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yo‗naltirilgan
siyosat
xotin-qizlarimizga chinakam baxtli yashashi uchun, ularning huquq
hamda erkinliklarni ta‘minlash, intellektual va ma‘naviy yuksalishi,
kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun
zarur imkoniyatlar yaratayotir.
Bunday erkin faoliyat mamlakatimizda
xotin-qizlar uchun
yaratilgan shart-sharoitlar tufaylidir. Binobarin, mazkur ilmiy-amaliy
anjumanda ham uzoq yillar davomida to‗plangan xotin-qizlar hayotidagi
tajribalar, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xotin-
qizlar ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish borasidagi mavjud masalalar
yuzasidan fikr almashish maqsad qilib qo‗yilgan.