Harakatlar
strategiyasida
xotin-qizlarning
va
kollej
bitiruvchilarining bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish,
tadbirkor ayollarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida:
«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining
mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‗tkazish;
«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017» respublika
tanlovini o‗tkazish;
Qo‗rg‗ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota,
Uzun va Qo‗shko‗pir tumanlarida ayollarni kasbga o‗qitish va qayta
tayyorlash kurslarini tashkil etish;
pedagogik ma‘lumotga ega bo‗lgan, biroq bola parvarishlash
munosabati
bilan
vaqtincha
ishlamayotgan
ayollarga
oilaviy
maktabgacha ta‘lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil
etish.
239
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar
kollejlarining
bitiruvchi
qizlarida
tadbirkorlik
ko‗nikmalari
shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yil
7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va oila
institutini mustahkamlash masalalariga bag‗ishlangan yig‗ilishda
mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta‘minlash
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining
ustuvor yo‗nalishlaridan biri ekanligini alohida ta‘kidladilar.
Ushbu ma‘ruzada o‗tgan yillarda bu borada muayyan ishlar amalga
oshirilgan bo‗lsa-da biroq shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini
ro‗yobga chiqarish bo‗yicha samarali mexanizm yaratilmaganligi qayd
etildi.
Xotin-qizlar qo‗mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari
yillar maboynida faqatgina turli tadbirlar va yig‗ilishlar o‗tkazish bilan
cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‗ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga
chinakam yordam berish bo‗yicha samarali faoliyat olib bormagan.
Buning oqibatida joylarda ko‗plab masalalar to‗planib qolgan, ularning
echimi bo‗yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.
O‗tgan yil jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-
qizlar hayotidagi muammolar o‗rganildi. 2017 yil jami 5 mln.dan ortiq
xonadonga kirib borildi. Oilalar tomonidan ko‗tarilgan masalalarni hal
etish choralari ko‗rildi. Jumladan, 22 ming oilani ajralib ketishini oldi
olindi. 36 ming xotin-qiz ishga joylashtirildi. 14,5 ming yurtdoshimiz
imtiyozli kredit olishda yordam berildi. O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash
va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni shu maqsadda
qabul qilindi.
Farmonga ko‗ra, O‗zbekiston xotin-qizlar qo‗mitasi raisi va uning
hududiy bo‗linmalari rahbarlari, eng avvalo, quyidagilar uchun shaxsan
javobgar etib belgilanmoqda:
-
Joylarda og‗ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni,
shu jumladan, nogironligi bo‗lgan ayollarni o‗z vaqtida aniqlash, ular
240
bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‗naltirilgan ishlarni olib
borish, manzilli qo‗llab-quvvatlash;
- xotin-qizlar bandligini ta‘minlash, ular o‗rtasida oilaviy va
xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‗yicha amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar
o‗rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali
tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va
ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash.
Farmonga binoan 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‗inlarining diniy
ma‘rifat va ma‘naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‗yicha maslahatchisi
lavozimi o‗rniga tegishli shtat birliklarini tuman(shahar) xotin-qizlar
qo‗mitalari tuzilmalariga o‗tkazgan va mahalliy byudjet mablag‗lari
hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan
ishlash va oilalarda ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash
bo‗yicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda. Bunday mutaxassislar har
bir mahallada bittadan, oilalar soni 2000 tadan ko‗p bo‗lgan
mahallalarda ikkitadan joriy etiladi.
Sababi, ushbu sohada amaldagi ishlar chuqur tahlil etilganda xotin-
qizlar qo‗mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, og‗ir ijtimoiy vaziyatga
tushib qolgan ayollarga ko‗mak berish, erta nikohlar, ajralishlar va
ayollar jinoyatchiligining oldini olishga etarlicha e‘tibor berilmaganligi
ma‘lum bo‗ldi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida ―Oila‖ ilmiy-amaliy markazi va
uning hududiy bo‗linmalari tashkil etilib, aniq vazifalari, maqomi
belgilab berildi.
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organi faoliyatini
muvofiqlashtirish tuman hokimi o‗rinbosari – xotin-qizlar qo‗mitasi raisi
zimmasiga yuklatildi. Bu bilan xotin-qizlar masalalari bo‗yicha hokim
o‗rinbosarlari va Respublika qo‗mitasining imkoniyatlari va ta‘siri
kuchaytirildi.
Onalar va go‗daklar o‗limi qayd etilayotganligi, nogiron bolalar
tug‗ilayotganligi – xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta‘minlash
241
bo‗yicha ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini ko‗rsatmoqda. Har yili 95
foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvchidan o‗tkazilsa-da,
natijasi amalda sezlimayapti. SHu bois, oilaviy poliklinikalar va qishloq
vrachlik punktlarida ―ayollar maslahatxonalari‖ tashkil etilishi
belgilandi. Sababi, birgina 2014 yilda xavfli o‗sma kasalliklariga
chalinish ayollarda 2,1% erkaklarda 1,5% ni tashkil etgan bo‗lsa, 2015
yilda bu ko‗rsatkichda o‗sish tendensiyasi kuzatildi (ayollarda 2,4%,
erkaklarda 1,7%
1
).
Og‗ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning
manzilli ro‗yxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi
joriy etildi.
―Oila‖ markazi va Xotin-qizlar qo‗mitasi tomonidan Oila
institutini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda,
ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar
manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ularni uy-joy bilan ta‘minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar bo‗yicha takliflar ishlab chiqildi.
Ishlash istagi bo‗lgan xotin-qizlarning manzilli ro‗yxatlari
shakllantirilib, ularning bandligini ta‘minlash, ayollarni oilaviy va
xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish bo‗yicha kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‗zda tutilmoqda.
Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, kam ta‘minlangan
oilalarga manzilli tibbiy yordam ko‗rsatish, respublika skrining va
reproduktiv markazlari xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‗yicha ham
tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Oilaning moddiy-moliyaviy, ma‘naviy tang holati oqibatda
ijtimoiy og‗ishlar, keskinliklarga olib kelishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan
farzandlarning zararli odatlarga berila boshlashiga sabab bo‗ladi.
Hukumatimiz tomonidan, bunday holatlarni oldini olish, oilani barqaror
rivojini ta‘minlashda mahalla yig‗inlari mas‘uliyati oshirildi. Ularning
zimmasiga og‗ir hayotiy sharoitdagi oilalar va ularning farzandlariga
ijtimoiy yordam ko‗rsatish, ijtimoiy-psixologik xizmat bilan ta‘minlash,
bandlik masalalarini o‗rganish, oila va bolaning huquq-manfaatlarini
1
Аѐллар ва эркаклар. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси, 2016. – 198 б.
242
himoya qilish kabi kechiktirib bo‗lmaydigan chora-tadbirlarni amalga
oshirish vazifalari yuklatildi.
Dostları ilə paylaş: |