243
GLOSSARIY:
Avtokratik harbiy boshqaruv – o‗z qo‗lida
butun hokimiyatni
jamlagan harbiy yetakchining idora qilishi.
Avtoritet – boshqa insonlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini
boshqarish uchun berilgan, qonuniylashtirilgan huquq.
Adaptasiya – biologik organizmning
muayyan sharoitda yashashga
moslashish qobiliyati.
Anomiya – ijtimoiy me‘yorlar individ xulq-atvorini belgilay
olmaydigan vaziyat (E.Dyurkgeym tomonidan kiritilgan).
An‟analar – o‗tmishdan foydaliligi
jihatidan insonlar qabul
qiladigan, avloddan-avlodga o‗tadigan madaniy norma va qadriyatlar,
ko‗nikmalar.
Assimilyasiya – ozchilikning ko‗pchilik
aholi ichiga singishib
ketishi, bunda ozchilik aholi hukmron madaniyat me‘yorlari va
qadriyatlarini qabul qiladi.
Barqarorlik
(ijtimoiy)–
jamiyatdagi
tinch-totuvlik
va
uni
mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi;
ijtimoiy qatlamlar,
kuchlar va siyosiy partiyalar o‗rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat,
jamoat
tashkilotlari, fuqarolar o‗rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining
muttasil davom etishi va h.k.
Bilish –
tasavvur, tushuntirish va eslab qolishni qamrab oladigan
tafakkur jarayoni.
Birlamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsiy munosabatlarda bo‗lgan
individlar guruhi.
Byurokratiya – aniq
hokimiyat iyerarxiyasiga, amaldorlar xulq-
atvorini belgilab beradiganko‗rsatma va yo‗riqnomalarga ega bo‗lgan
tashkilot tipi, amaldorlar shtati.
Dostları ilə paylaş: