Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti «tasdiqlayman»



Yüklə 102 Kb.
səhifə4/8
tarix16.02.2022
ölçüsü102 Kb.
#52619
1   2   3   4   5   6   7   8
kerakli

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Kirish qismida muommo, Mustaqil ishning mavzusiga ko’ra predmeti, maqsadi va mazmuni, tadqiqot usullari qisqacha bayon qilinadi.

Asosiy qismda rejada belgilangan savollar yoritiladi. Bunda mantiqiy izchillik saqlanishiga, bayon qilish tiliningg ravon va tushunarli ekanligiga, savol qisqa va lo’nda yoritib berilishiga e’tibor qaratiladi.

Xulosa qismida tadqiqot yakuniga ko’ra muallif chiqargan xulosalar birma-bir bayon qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bibliografiyani tuzish qoidalariga amal qilingan holda keltiriladi.

Matnda keltirilgan iqtibos qo’shtirnoq ichiga olinib, sahifa so’ngida uning manbaiga havola beriladi. Havolada iqtibos manbaning aynan qaysi betidan olinganligi ko’rsatilishi shart.

Mustaqil ish ustida ishlash quyida keltirilgan bosqichlarni o’z ichiga oladi.

1. Mavzuni tanlash.

2. Tayerlov bosqichi: asosiy manbalarni o’rganish.

3. Zaruriy materiallarni konspektlash.

4. Tadkikot muammosi mantiqini yaratish, Mustaqil ish rejasini tuzish.

5. Yig’ilgan materialni tartiblashtirish va yozish.

6. Adabiyotlar ruyxatini rasmiylashtirish tekshirish.

7. Matnni tahrir kilish. Matnni imlo va stilistika nuqtai nazaridan tekshirish.

8. Mustaqil ishni rasmiylashtirish.

“Mikroiqtisodiyot” fanidan Mustaqil ish mavzusi kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan namunaviy mavzulardan tanlab olinadi.

Namunaviy mavzular ro’yxati o’quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab oladi.

Talaba uni qiziqtirgan mavzuni mustaqil ravishda tanlaydi va uni aniqlashtirishi mumkin. Talaba ilmiy izlanishlari yo’nalishidan kelib chiqib namunaviy mavzular ro’yxatiga kirmagan mavzuni ham mustaqil taklif qilishi mumkin.

Talaba tomonidan tanlangan Mustaqil ish mavzusi guruhda bir mavzu takrorlanmasligi uchun mashg’ulot o’tuvchi professor -o’qituvchi tomonidan qayd etiladi. Mustaqil ish rejasi professor-o’qituvchi tomonidan ma’qullanishi shart.

Mustaqil ish A-4 formatdagi qog’ozda tayyorlanadi va hajmiga ko’ra 1400-1800 so’zni o’z ichiga oladi.

Mustaqil ish invidual maslahat vaqtida himoya qilinadi.

Mustaqil ish uchun Ishchi o’quv rejasida ajratilgan maksimall ballning 50 foizi tayyorlangan ishning sifatiga, ya’ni mavzuning ochib berilishi, savollarni yoritishda izchillik saqlanganligi, nazariy fikrlar statistik raqamlar bilan tasdiqlanganligi, yangi adabiyotlardan va huquqiy hujjatlardan foydalanganligi va Mustaqil ish to’g’ri rasmiylashtirilganligi uchun beriladi.

Ajratilgan ballning 50 foizi muallif-talaba tomonidan Mustaqil ishni himoya qilganligi, ya’ni yozilgan fikrlarni mustaqil bayon qilganligi, fikrlarni asoslab berganligi va savollarga to’g’ri javob berganligi uchun qo’yiladi.


Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin