Kirish qismida muommo, Mustaqil ishning mavzusiga kora predmeti, maqsadi va mazmuni, tadqiqot usullari qisqacha bayon qilinadi.
Asosiy qismda rejada belgilangan savollar yoritiladi. Bunda mantiqiy izchillik saqlanishiga, bayon qilish tiliningg ravon va tushunarli ekanligiga, savol qisqa va londa yoritib berilishiga etibor qaratiladi.
Xulosa qismida tadqiqot yakuniga kora muallif chiqargan xulosalar birma-bir bayon qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati bibliografiyani tuzish qoidalariga amal qilingan holda keltiriladi.
Matnda keltirilgan iqtibos qoshtirnoq ichiga olinib, sahifa songida uning manbaiga havola beriladi. Havolada iqtibos manbaning aynan qaysi betidan olinganligi korsatilishi shart.
Mustaqil ish ustida ishlash quyida keltirilgan bosqichlarni oz ichiga oladi.
1. Mavzuni tanlash.
2. Tayerlov bosqichi: asosiy manbalarni organish.
3. Zaruriy materiallarni konspektlash.
4. Tadkikot muammosi mantiqini yaratish, Mustaqil ish rejasini tuzish.
5. Yigilgan materialni tartiblashtirish va yozish.
6. Adabiyotlar ruyxatini rasmiylashtirish tekshirish.
7. Matnni tahrir kilish. Matnni imlo va stilistika nuqtai nazaridan tekshirish.
8. Mustaqil ishni rasmiylashtirish.
Mikroiqtisodiyot fanidan Mustaqil ish mavzusi kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan namunaviy mavzulardan tanlab olinadi.
Namunaviy mavzular royxati oquv dasturidagi barcha mavzularni qamrab oladi.
Talaba uni qiziqtirgan mavzuni mustaqil ravishda tanlaydi va uni aniqlashtirishi mumkin. Talaba ilmiy izlanishlari yonalishidan kelib chiqib namunaviy mavzular royxatiga kirmagan mavzuni ham mustaqil taklif qilishi mumkin.
Talaba tomonidan tanlangan Mustaqil ish mavzusi guruhda bir mavzu takrorlanmasligi uchun mashgulot otuvchi professor -oqituvchi tomonidan qayd etiladi. Mustaqil ish rejasi professor-oqituvchi tomonidan maqullanishi shart.
Mustaqil ish A-4 formatdagi qogozda tayyorlanadi va hajmiga kora 1400-1800 sozni oz ichiga oladi.
Mustaqil ish invidual maslahat vaqtida himoya qilinadi.
Mustaqil ish uchun Ishchi oquv rejasida ajratilgan maksimall ballning 50 foizi tayyorlangan ishning sifatiga, yani mavzuning ochib berilishi, savollarni yoritishda izchillik saqlanganligi, nazariy fikrlar statistik raqamlar bilan tasdiqlanganligi, yangi adabiyotlardan va huquqiy hujjatlardan foydalanganligi va Mustaqil ish togri rasmiylashtirilganligi uchun beriladi.
Ajratilgan ballning 50 foizi muallif-talaba tomonidan Mustaqil ishni himoya qilganligi, yani yozilgan fikrlarni mustaqil bayon qilganligi, fikrlarni asoslab berganligi va savollarga togri javob berganligi uchun qoyiladi.
Dostları ilə paylaş: |