Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə18/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Qarz va majburiyat. Ulug‘ alloma Mahmud Zamaxshariy o‘z davrida “Insofli odam birodarining haqini yeyishni yomon ko‘rgani uchun uni egasiga beradi, insofsiz odam esa, birovning haqqiga ishqiboz bo‘lgani uchun uni egasiga qoldirmasdan yeb qo‘yadi”, deya qayd etgani bejiz emas. Zotan, insoniyatning go‘zal odatlaridan biri, bu ‒ muhtoj odamga ko‘mak berish, ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashga qarz sifatida qarashdir.
Insoniy ko‘mak haqida so‘z borganda, ushbu odat qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish va hamkasblar o‘rtasida keng tarqalgani hamda, asosan, ikki xil ko‘rinishda amalga oshirilishini ta’kidlash lozim.
Birinchidan, qarz bu beg‘araz moddiy qo‘llab-quvvatlash – qaytib olmaslik sharti bilan hadya, to‘yona yoki sovg‘a tarzida beriladigan yordamdir.
Ikkinchidan, qaytarish sharti bilan vaqtincha qarzga pul yoki boshqa moddiy ne’matni berib turish ham insoniy ko‘mak hisoblanadi81.
Qarz beruvchi – birinchi va ko‘pchilikni tashkil etuvchi toifa. Odatda, xolisona yordam berish niyatida, biron-bir foydani ko‘zlamasdan, demakki, odamgarchilik nuqtayi nazaridan yordam qo‘lini cho‘zib, ikkinchi tarafga qarz berganlar ushbu toifani tashkil etadi.
Yozuvchi Tohir Malik qayd etganidek, “qarz olish va berish qadimdan mavjud”. Shu bois hech bir zamonda bu masala e’tibordan chetda qoldirilmagan. Aniq tartiblar joriy etilgan. Afsuski, bugunga kelib bu tartiblarga rioya qilinmaydi. Shu tartiblardan biri ‒ qarzni guvohlar ishtirokida berish.
Qarz islom dinida shar’iy amal sifatida ko‘rsatilib, qarz tufayli yuzaga keladigan mas’uliyatlarni oshirish uchun qo‘yilgan yana bir talab, bu guvohlarning hozir bo‘lishidir. Bu haqda Qur’oni Karimda: “Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak kishi topilmasa, bir erkak va ikki ayolni ‒ biri unutib adashsa, biri unga eslatadi ‒ guvoh qilinglar! Guvohlar (guvohlik uchun) chaqirilganda bosh tortmasinlar!”, deyilgan (Baqara surasi, 282).
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 234-moddasida “Majburi-yat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari”ga quyidagicha ta’rif berilgan:
Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga, asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi”82.
Insonning o‘ziga munosabati boshqalarga nisbatan bilvosita majburiyat deb e’tirof etilgandagina axloqiy qimmatga ega bo‘ladi. Mening oilam, jamiyatim, xalqim, Vatanim oldida majburiyatim bo‘lgani uchungina o‘zimga nisbatan majburiyatliman, yaxshi va axloqiy degani bir xil. Biroq faqat kimki boshqalar uchun yaxshi hisoblansagina, o‘sha yaxshi odam.
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar hurmat-izzat ko‘rsa-tilishiga sabab shuki, u istisnoli holatlarda o‘zining odatiy-kundalik hayotiy majbu-riyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda oshira olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba’zan esa hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi va zarurat tug‘ilganda qurbon qiladi ham; jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o‘zidan kechadi.
Bir tomonlama majburiyat (ehson qilish, nazorat va b.), ayrimlarning fikricha, tuzilgan bitim ya’ni qasam sifatida qaraladi, boshqalarning fikriga ko‘ra esa butun jamoa bilan tuzilgan bitim deb qaraladi, unda boshqa tomonning vakili sifatida qozi yoki har qanday guvoh (shohid) bo‘lishi mumkin. Islomda majburiyat tushunchasi vojib (arab.-majburiyat, burch) ‒ bajarilishi zarur bo‘lgan amal turi sifatida qaraladi.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha ‒ burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majbu-riyat hisoblanadi. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tu-shunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-hara-kati zamirida burch tushunchasi ‒ burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, o‘qituvchilik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi ‒ adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q83.
Adolat – ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilarning ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch me’yorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni e’tirof qilish va hokazoga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. Adolat tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-falsafiy jihati jamiyat a’zolarining hilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat a’zolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini ta’minlaydi84.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin