Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


-bob. OILA BILAN ISHLASHNING AXLOQIY TAMOYILLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə184/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193
14-bob. OILA BILAN ISHLASHNING AXLOQIY TAMOYILLARI
Reja:
1. Oilalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va oila bilan ishlashda o‘ziga xos yondashuv
2. Oila tizim sifatida. Oilani qo‘llab-quvvatlash
3. Oilalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari
Tayanch so‘z va iboralar: oila, nikoh, oila turlari, deinstitutsializatsiya, axloqiy prinsip, ekotizimli yondashuv.


1. Oilalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va oila bilan ishlashda o‘ziga xos yondashuv
Oilaning ta’rifi siyosat, ijtimoiy dasturlar va ijtimoiy ish amaliyoti uchun katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik odamlar oila deganda hech bo‘lmaganda ikkita oilani tushunadilar – inson ayni damda yashayotgan “hozir va endi”gi oila hamda u tavallud topgan oila. “Hozir va endi”gi oila ta’rifi Oq Uyda (1980) oila muammolari bo‘yicha Konferensiyani boshqa muammolarga qaraganda ko‘proq band etdi. Agar xuddi bugungidek bolalar bilan birgalikdagi er-xotin juftligini oila deb hisoblasak, unda bunday oilalarga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan siyosat, dasturlar va amaliy faoliyat oilaning bu tarzini qo‘llab-quvvatlaydi va tanlov imkoniyatini cheklaydi. Agar boshqa tomondan oilaning keng ta’rifiga amal qilsak, unda siyosat, dasturlar va amaliy faoliyat odamlarning o‘zlari oila deb ataydigan turmushning muayyan, sirli shaklini himoyalay va qo‘llab-quvvatlay olmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida: “Oila jamiyat-ning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”459, deyiladi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida oila tushunchasiga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Oila ‒ nikoh yoki tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a’zolari ro‘zg‘orining birligi, o‘zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog‘langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo‘sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o‘zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o‘rnatadi”460.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo‘lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar to‘da-to‘da bo‘lib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega bo‘lmay, to‘dadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, so‘ngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruhli oila paydo bo‘lgan. Lekin, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xo‘jalikka ega bo‘lmagan. Bu davrda tabiiy omil o‘z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).461.
Oila ‒ jamiyatning boshlang‘ich hujayrasi, er-xotinlik munosabatiga asoslanadi va bir-birlari bilan qon-qarindoshlik munosabati bilan bog‘liq kishilarning ixtiyoriy birlashgan guruhidan iborat bo‘ladi. Agar nikoh ikki kishini bog‘lagan bo‘lsa, unda oila o‘z ichiga bir necha, ba’zan o‘nlab kishilarni birlashtiradi. Oila munosabatlari qarindoshlik aloqalarining keng ko‘lamida namoyon bo‘ladi: er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, qaynota-qaynona, kuyov va kelin, shuningdek, qaynsingil, qaynog‘a, qaynini, qaynegachi va boshqalar. Nikohdan farqli o‘laroq, oila qat’iy ravishda tuzilish va tugatilish sanasiga ega emas. Yangi a’zo qo‘shilishi yoki oila a’zolaridan birortasining ketishidan qat’iy nazar, oila o‘z hayot faoliyatini davom ettiradi, faqat tuzilishi, tarkibi bir oz o‘zgargan bo‘ladi. Qondosh-qarindoshlik munosabatlari quyidagilarga asoslanadi.
- fiziologik (er-xotinlik munosabati va bola tug‘ish);
- yuridik (nikohni, ajralishni, aliment to‘lashni va b.ni qayd etish);
- iqtisodiy (mulkiy, meros munosabatlari);
- siyosiy (oila hokimiyati, yetakchilik);
- pedagogik (bolalarning va oila kichik a’zolarining tarbiyasi) va axloqiy munosabatlar.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin