Nazorat uchun savollar: 1. Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ish xodimi qanday muammolar bilan shug‘ullanadi?
2. Mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday huquqiy bazalar mavjud?.
3. “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” qachon qabul qilingan?
4. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq bola huquqlarining qanday kafolatlar mustahkamlab qo‘yilgan?
5. Foster oilalar deb nimaga aytiladi?
6. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning psixologik sifatlari nimalardan iborat?
7. Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ishchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
Mavzu bo‘yicha test savollari: 1. Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ish xodimi qanday muammolar bilan shug‘ullanadi? A. shafqatsiz va e’tiborsiz munosabatlarni boshdan kechirgan bola; ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirish; oilada turli keskin vaziyatlarda bolaga yordam ko‘rsatish; nogiron bolalar va ularning oilalari bilan ishlash; xulqida qiyinchiliklar bo‘lgan yoki ijtimoiy zararli axloqli bolalar bilan ishlash.
B. e’tiborli munosabatlarni kutgan bola; ota-ona qaramog‘ida bo‘lgan bolalar; oilada totuv vaziyatda bo‘lgan bolaga yordam ko‘rsatish; sog‘lom bolalar va ularning oilalari bilan ishlash.
C. shafqatsiz munosabatlarni boshdan kechirgan bola; oilada yaxshi vaziyata bolaga yordam ko‘rsatish; nogiron bolalar va ularning oilalari bilan ishlash; xulqida qiyinchiliklar bo‘lgan yoki ijtimoiy zararli axloqli bolalar bilan ishlash.
D. e’tibor va mehribon oiladagi bola; ota-ona qaramog‘ida bo‘lgan bolalar; nogiron bolalar va ularning oilalari bilan ishlash; xulqida qiyinchiliklar bo‘lgan yoki ijtimoiy zararli axloqli bolalar bilan ishlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasiga ko‘ra “farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi? A. 65-moddasiga
B. 68-moddasiga
C. 66-moddasiga
D. 69-moddasiga