Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Insoniylik. Hozirgi paytda altruizm



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə19/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193
Insoniylik. Hozirgi paytda altruizm G‘arbda tenglikni, insoniylikni talab etuvchi tamoyil sifatida axloq va insonparvarlikning me’yoriy asoslaridan biri hisoblanadi. Altruizm shaxs qabul qilgan qadriyatlar yo‘nalishi bo‘lib, bunda uning ma’naniy baho mezoni va asosiy mohiyati asosida o‘zga odamning yoki ijtimoiy guruhning manfaatlari yotadi. Altruizm (frans. altruisme, lot. alter-boshqadan) ‒axloqiy tushuncha bo‘lib, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o‘z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi. Altruizm terminini falsafaga egoizm tushunchasining ziddi ma’nosida O.Kont kiritgan85.
Inson, ehtiyojlarini qondirish, tanlangan maqsad sari intilishi jarayonida ijtimoiy muhit darajasida ba’zan jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga zid tarzda harakatlarini amalga oshirishi kuzatiladi86 va bu xulq namunasi psixologiya fanida salbiy assertivlik tarzida baholanadi87.
Yusuf Xos Hojib ta’rifidagi ezgu odam shundayki, uning barcha ishlari va yo‘riqlari xalqqa foyda va manfaat beradi. Barchaga birdek yaxshilik qiladi, lekin evaziga ulardan mukofot minnatini qilmaydi. Ezgu odam o‘z manfaatini ko‘zlamaydi, boshqalar manfaatini o‘ylaydi, boshqalarga keltirgan foydasidan o‘ziga manfaat tilamaydi. To‘g‘rilik esa odam uchun juda kerakli sifat, u odamiylik demakdir. Insonning qadr-qimmatini ham mutafakkir insoniylikda, odamgarchilikda deb biladi: odam qadrli emas, odamgarchilik qadrli, odam noyob emas, odamgar-chilik noyob, degan fikrni ilgari suradi88.
Ba’zi bir insoniy sifatlar shaxslararo samarali munosabatlarni qurishning zarur sharoitlaridan hisoblanadi. Jumladan, ijtimoiy ishda ham. Zarur bo‘lgan sifatlarning asosiy guruhini quyidagilar tashkil etadi:
munosabatlardagi iliqlik;
ochiqlilik;
empatiya;
o‘zga kishilarga nisbatan ijobiy munosabat (K.Rodjers 1967).
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subyektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarni, ochiq-oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, subyektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojia shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof-muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kamchilikni tashkil etadi. Natijada jamiyatning asosiy ko‘pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. Chunonchi, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin