Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə55/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193
Qadimgi Misr. Axloqshunoslik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr “Mayyitlar kitobi” katta ahamiyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o‘lgandan so‘ng, oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma’bud Osiris oldida u o‘zining gunohsizligini isbotlashga urinadi; gunohlarni sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlarning ko‘pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o‘ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan urib qolish, yolg‘on gapirish v.h. Mayyit: “Men pokizaman, men pokizaman, men pokizaman!” degan takror bilan o‘z “hisoboti”ni tugatadi. Keyin u o‘zining “ikkinchi oqlovchi nutqi”da kichik ma’budlar ‒ muayyan e’tiqodiy-axloqiy sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh oldida o‘z gunohsizligini ta’kidlaydi.
Bu “hisobot”dagi gunohlar esa, yuqorida aytganimizdek, bitta-ikkitasidan tashqari, deyarli barchasi axloqiy talablardan iborat. Ularga diqqat qilsangiz, milodgacha bo‘lgan XV asrdagi axloqiy qonun-qoidalar, fazilat va illatlar bugungi kunda ham asosan o‘sha-o‘sha ekanini ko‘rasiz: faqat hozir ular ikkala ‒ axloqiy va huquqiy me’yorlarga bo‘lingan.
Shunday qilib, “Mayyitlar kitobi” bizga qadimgi misrliklarning qanday axloqiy darajaga yetganliklaridan, ular ishlab chiqqan axloqiy tamoyillar va me’yor-larning e’tiqodiy-diniy maqom kasb etgandan dalolat beradi. Bir so‘z bilan ayt-ganda, bu yodgorlikda axloq bilan diniy e’tiqodning uyg‘unlashib ketgan in’ikosini ko‘rish mumkin. Mayyitlar kitobi an’anasi Sharqda keyin ham davom etdi: O‘rta asrlarda (VIII asr) “Tibet mayyitlar kitobi” – “Bardo Tyodol” yuzaga keldi.
Qadimgi Turon va Eronning e’tiqodiy-axloqiy yodgorliklari
Avesto”. Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Taxminan bundan 40-30 asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohi Ahura-Mazda – ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi; ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobelik” kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Ahura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushuncha-larning aksi esa Ahriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tamoyillar va ko‘rsatmalar majmuyi deyish mumkin.
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi-yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, yovuzlik esa buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi.
Ahura-Mazda qiyofasidagi bu ezgulik – hayot ramzi, yerni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Ahriman qiyofasidagi yovuzlik esa qurg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyillari bilan ish ko‘rgan odam o‘lganidan so‘ng uning ruhi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunoh-kor, fosiq kishiniki esa, aksincha, azob-uqubat hamda xunuklik komiga mahkum etilishi aytiladi.
Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy-estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o‘ziga xos, abadiyatga daxldor majmuyi sifatida qimmatlidir.
Xuastuanift”. “Avesto”dan keyin, islomgacha bo‘lgan davrda mintaqamiz-da eng keng tarqalgan, mohiyatan, axloqiy majmua hisoblangan manba, bu ‒ monaviylik e’tiqodining muqaddas kitobi “Xuastuanift”. Moniy Fatak o‘g‘li (216-277) targ‘ib qilgan bu e’tiqod hatto Uyg‘ur-Turk xoqonligining rasmiy dini daraja-siga ko‘tarilgan.
“Xuastuanift” yoki monaviylarning tavbanomasi qadimgi turkiy tilda bitilgan bo‘lib, hajman ancha kichik bo‘lsa-da, ko‘p jihatlari bilan “Avesto”ga o‘xshash. Unda Ho‘rmuzd va Shimnu orasidagi kurash aks etadi. Ho‘rmuzd (bosh ma’bud) boshchiligidagi besh ma’bud ‒ yengil shabada, shamol, nur, suv va olov tangrilari ‒ezgulik, Shimnu boshliq besh iblis esa yovuzlik timsollaridir. Ezgulik ruhiy olamda, yovuzlik moddiy olamda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, monaviylik e’tiqodiga iqtido qiluvchilar to‘rt tamg‘ani o‘z qalbiga muhrlashlari kerak. Bular: sevgi ‒ Azrua ma’budning tamg‘asi; imon, ishonch ‒ kun va oy ma’budining tamg‘asi; qo‘rquv ‒ besh ma’budning tamg‘asi; donishmandlik ‒ burxan (ilohiy bitik)larning tamg‘asi. Bundan tashqari, ular zohidona hayot kechirishlari, may ichmasliklari, et ‒ go‘sht yemasliklari, meva va yegulik beradigan o‘simliklarni sindirmasliklari, yulmaslik-lari shart; halol, pokiza, birovning haqini yemasdan, yuksak axloq egasi bo‘lib yashashlari, o‘z qalbidagi ilohiylikka yo‘nalgan nurni o‘tkinchi, moddiy xohish-istaklar iskanjasidan ozod qilib umr kechirishlari lozim.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin