Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Jinsiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə91/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193
Jinsiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
erkakning ayoli bilan faqat jinsiy obyekt singari muomala qilishi;
jinsiy aloqadan bosh tortish yoxud ayolga muloyimlik qilmaslik;
jinsiy aloqa qilishda majburiy xatti-harakatlar qildirish;
jinsiy aloqani o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshirish;
zo‘rlash yo‘li bilan jinsiy aloqa qilishga kirishish;
avval kaltaklab, keyin jinsiy aloqa qilish;
pornografik ko‘rinishdagi buzuq xatti-harakatlarni ko‘rishga yoki takrorlash-ga majburlash;
doimiy ravishda hammaga rashk qilish va kimlar bilandir zinokorlikda ayb-lash va hokazo.
Iqtisodiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
birlamchi ehtiyojlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori) uchun asossiz pul bermaslik;
uy-joydan foydalanish huquqini cheklash;
ta’lim olish va mehnat qilishga ruxsat bermaslik;
qancha pul sarflashini nazorat qilish;
o‘zi topgan pulni tasarruf etishga yo‘l qo‘ymaslik;
oila budjetidan foydalanish huquqidan mahrum qilish va h.k. harakat-(harakatsizlik)da namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda keng tarqalgan zo‘ravonlikning yana bir turi ‒ kiber zo‘ravonlik. Zo‘ravonlikning ushbu turi internet orqali mutassil davom etuvchi, takroriy va uzoq vaqt davomida birovning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni amalga oshirishda ifodalanadi.
Ruhiy zo‘ravonlikdan zulm o‘tkazayotgan shaxs anonimligi, Internet orqali yoqimsiz xabarlar tun-u kun keng ommaga tarqalishi bilan farqlanib, jabrlanuvchiga g‘oyat katta azob-uqubat keltirishi bilan keskin farqlanadi. Internet tarmog‘idan foydalanib, ish yoki o‘qish joyi, oilada turli xil haqoratlar, tuhmat, ta’na, mish-mishlar, uydirma xabarlar tarqatishda ifodalanadi. Shuningdek, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali insonning ruhiyatiga qattiq ta’sir etuvchi, uni iztirobga soluvchi beshafqat munosabat va zo‘ravonlik sahnalarini namoyish etishni ham shaxsga bo‘lgan zo‘ravonlik, deb e’tirof etishimiz mumkin.
Oilada sodir etiladigan zo‘ravonlik ish joyidagi va ta’lim muassasalarida sodir etilgan qilmishlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:
zo‘ravon shaxs jabrlanuvchini to‘liq nazorat eta oladi, jabrlanuvchi zo‘ravon-dan qochishi va xavfsiz qolishining imkoni yo‘q;
zo‘ravonlik bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan ustunlik qilish va uni nazorat qilish maqsadida sodir etiladi;
deyarli barcha oila a’zolari zo‘ravonlikdan jabr chekadilar;
zo‘ravon shaxs va jabrlanuvchi o‘rtasida emotsional bog‘liqlik mavjud;
jabrlanuvchi zo‘ravonga nisbatan kuchli emotsional qaramlikni his etishi va uchinchi shaxs yordam bermoqchi bo‘lganida, zo‘ravonning yonini olishi mumkin. Jabrlanuvchining bunday xulq-atvori psixologiyada “Stokholm sindromi” nomi bilan mashhur;
jamiyat a’zolari oila ishiga aralashishni xohlamaydilar va jabrlanuvchilarning o‘zlari ham oiladagi vaziyat haqida sukut saqlashni afzal biladilar.
Oilada sodir etilgan zo‘ravonlik davriy xarakterga egadir. Doktor Lenor Uolker nazariyasiga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlik to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan va takrorlanishi ortib boradigan harakatlar siklidan iborat:
1. Oilada keskinlikning oshishi. Oila a’zolari o‘rtasida munosabatlar o‘zgarib, norozilikning kuchayishi oshadi. Jabrlanuvchi zo‘ravonni tinchlantirishga harakat qiladi.
2. Zo‘ravonlikning sodir etilishi. Ruhiy, jismoniy yoki boshqa turdagi zo‘ra-vonlik avj olib, qattiq g‘azab, tahdid, qo‘rqitish bilan birgalikda amalga oshiriladi.
3. Yarashish davri. Zo‘ravon uzr so‘rab, zo‘ravonlik sodir etganligi sababini tushuntiradi, aybni jabrlanuvchining o‘ziga to‘nkaydi. Ba’zan sodir etilgan zo‘ravonlikni inkor etib, jabrlanuvchini o‘zi bo‘rttirib yuborganlikda ayblaydi.
4. Munosabatlardagi tinchlik davri (“asal oyi”). Zo‘ravonlik vaziyati unutilib, zo‘ravon kechirilgan. Nizodan avvalgi munosabatlar qaytadi, keyingi nizolar boshlangunga qadar, “asal oyi” boshlanadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin