Kirish Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir. Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda.
Ushbu dastur jismoniy tarbiya darslarida sport o‘yinlarining rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni sport o‘yinlarini tashkil qilish, sport o‘yinlari texnikasi va taktikasi bilan tanishtirish, ularni sport o‘yinlari va musobaqalar o‘tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.