1-Mavzu: Qo‘l to‘pi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi REJA: 1.Qo’l to’pi o’yinining tarixi. 2.O’zbekistonda qo’l to’pi o’yiningning rivojlanishi. 3.Q o’l to’pi o’yininig umumiy tasnifi. 2-soat Qo’l to’pi o’yinining tarixi.
Qo’l to’pi o’yini 1898 yillarga kelib Daniyaning Ordrupe shahridagi
gimnaziyalardan birining o’qituvchisi X.Nel’son flitboldan farq qiladigan, qizlar
uchun mos keladigan yog’inli havoda, zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport
o’yinini yaratishga qaror qildi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini
qisqartirib, to’pni o’zatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu
tariqa olamda “Xandbol” yiizaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab
ketadi.
1904 yili birinchi bo’lib Daniya qo’l to’pi Federatsiyasi taslikil topdi. 1906 yili Kopengagen shalirida qo’l to’pi o’yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X.Nel’son hisoblanadi.
Sobiq ittifoq davrida qo’l to’pi bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili 1-Butunittifoq spartakiadasi doirasida o’tkaziladi. 1955 yilda Butunittifoq qo’l to’pi Federatsiyasi taslikil topgan. 1962 yildan boshlab erkaklar va ayollar o’rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o’tkazilib turgan.
Hozirgi kunda Halqaro Gandbol Federatsiyasiga dunyoning 123 Davlati a’zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi. Shu jumladan, 1,4 million shug’ullanuvchi Sobiq Ittifoq mamalakatlari gandbolchilaridir.
Gandbol Olimpiada o’yinlari dasturiga 1972 yildan (Myunxen Olimpiadasi) ga kirirtilgan.
O’zbekistonda qo’l to’pi o’yiningning rivojlanishi.
Respublikada qo’l to’pining rivojlanishi 1938 yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy harbiy bilim yurtlarida ta’lim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari o’tkazildi. 1960 yili Harkf shalirida yoshlar orasida qo’l to’pi sport turi bo’yicha butun Ittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamalakatda tez rivojlana boshlandi. 1960 yilda O’zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar birirnchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha bosliladi va O’zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq davrida qatsha boshlagan yili deb qayt etildi. 1962 yil Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston tenna jamoasi muvoffaqiyatli ishtirok etib, oily ligaga yo’llanma oldi.
O’zbekiston terma jamoasi taslikil etgan F.Abduraxmonov, M.Jukov, B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdulin, A.Oleynikov, N.Raxmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O’zDJTI hamda Toshkent Irigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlariga O’zbekiston terma jamoasiga V.Sevastiyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O’zbekiston gambolchilari 1972-1973 yillarda yuqoru natijalarga erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda Oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan chempionatda 6 o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi butun Ittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston qizlar tenna jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq halqlari spartakiadasida faxrli 6-o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport usrasi talablarini bajardilar. Shular jumlasidan o’zbek qizi Marg’uba Artiqboyeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.
Toslikentda dastlabki bolalar va o’smirlar sport maktablari o’tgan asrning 60 yillarida ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib 1975 yili qizlar 3-o’ringa, o’smirlar esa 1979 yili 6-o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan Jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilyev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari S.Zemlyanova va O.Ziibareva, sobiq Ittifoq tenna jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S. Kalnikov, G.Travkin, I.Axmadiyev, B.Proxorovlar “Halqaro sport ustasi” unvoniga sazovor bo’lganlar.
O’zbek ganbolchilarini tayyorlashdagi faol melinatlari uchun F.Abduralimonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, Y. Golovchenko, V.Konaplev, V.Izaak “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy” unvoni bilan taqdirlandilar.
Mustaqil O’zbekistonda 1992 yili gandbol federatsiyasi taslikil etilib, 1993 yili Halqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.1992 yilda O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida chempionatlar o’tkazilib kelinmoqda.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan chempionatda “D-klub” (O’zDJTI) gandbolchi qizlari g’alabaga erishdilar. Sh.K.Pavlov va F.A.Abduralimonovlar rahabarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida tashkil topgan respublika terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha 1-marta Jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997 yillning dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan Jahon chempionatida Xtoy, Braziliya va Umgvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’lotlariga ommaviy jalb qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prizidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan 1999 yil 21 mayda qabul qilingan Vazirlar Maxkamasining “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz ta’limning ommaviy sport tizimi yaratilib, amalgam oshirila boshladi. Yangi tizim mamlakatimizning o’quvchi yoshlarini to’la qamrab oladi. Sport ilk bor maktabda o’quvchining kundalik ehtiyojiga aylansa, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlarida uning doimiy hamrohi bo’lib boradi. Universitet vainstitutda esa bu hamroh uni nufuzli xalqaro musoboqalarga olib chiqadi. Musoboqalarda kashf etilgan g’liblar O’zbekiston terma jamoalariga jalb etiladi. Yana bir muhim tomoni mazkur tizimlarda sportning ma’lum turi bo’yicha faoliyat ko’rsatgan yigit-qizlar bu boradagi ishlarni bo’lajak oilalarida, mehnat jamoalarida ham davom ettiradilar. Shu jumladan, qo’l to’pi bo’yicha 16 ta erkaklar va 14 ta ayollar jamoasi birinchi marta Buxoroda o’tkazilgan “Universiada-2002”dasturiga kiritildi. Bu uch bug’inli tizim yo’lga qo’yilgandan boshlab yana qo’l to’pi sportiga, uning yashashiga va rivojiga e’tibor berila boshladi.
2003 yilda “Talba”sport jamiyatining tuzilganligi ayni muddao bo’ldi, chunki barcha sport turlari qatorida qo’l to’pi bo’yicha ham oily o’quv yurtlari o’rtasida musoboqalar o’tkazilib, bu sportchilarimiznning tajriba ottirishiga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston gandbolida haletilmagan muammolar hali anchagina. Bugungi kunda avvalo qo’l to’pi jamoalaridagi o’quv mashg’ulotlari jarayoni va tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash kerak bo’ladi. Sport ilmiy vakillari-pedagogika fanlari doktori E.Seytxalilov, pedagogika fanlari nomzodlari V. Izzak, M. Jukov, J. Akramov, L. Xasanova, I. Shelyagina, S. Azizov, dotsentlar F. Abduraxmonov, V. Lemeshkov va Sh. Pavlovlar o’z tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va ilg’or usullarni va taklif yoki tavsiya etadigan bo’lsalar, hammasi bilan qurollanishi lozim. Shularga amal qilgandagina eng yaxshi jamoalarimz jahon gandbolida etakchi mavqega ega bo’lishlari mumkin.