SRni adaptiv boshqarish – boshqarish algoritmini bevosita boshqarish
jarayonida tashqi muhit va robot holatlari funksiyasiga bog‘liq holda o‘zgartirib
turadigan boshqarish turi.
SRlarini guruhlab boshqarish – odatda, EHM asosida boshqarishning
umumiy tizimiga birlashtirilgan bir nechta robotlarni boshqarish jarayoni.
SRlarni programmalash (dasturlash) – sanoat robotini boshqaruvchi
programmani tuzish, uni boshqarish qurilmasiga kiritish hamda sozlash jarayonlari.
SRni о’qitish – odam operator tomonidan robotning foydalanayotgan
qurilmasi harakatini oldindan boshqarish va bu harakat parametrlarini boshqarish
qurilmasiga joylash orqali robot harakatini programmalash jarayoni.
Dostları ilə paylaş: