Kirish
Robototexnikaga kirish fani ko‘pgina boshqa fanlar: Robototexnika, materiallar
qarshiligi, mashinalar mexanizmlari nazariyasi, gidrodinamika va h.k. o‘rganishda asosiy
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda inson hayotini juda ko‘p qismida robotlar, texnikalar,
mexanizmlarning o‘rni va ahamiyati juda katta. Bu esa robototexnika fanining jadal
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Robototexnikada qaralayotgan masalalar asosan
nazariy metodlar bilan o‘rganiladi. Yaratilgan nazariyalar amaliy masalalarni yechishda
qo‘llaniladi.
Talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’ruza darslarida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
mashg’ulotlarda o‘rganilgan nazariyalar asosida masalalar yechiladi; olingan bilimlarni
mustahkamlash maqsadida, bo‘limlar bo‘yicha yozma ishlar va kurs ishlari bajariladi.
Dostları ilə paylaş: