Zigmund Freyd
1856-1939
2. Zigmund Freyd
O’sha davrning barcha yoshlari singari Freyd klassik ma’lumot oldi: yunon va lotin tilini o’rgandi, buyuk mumtoz shoirlar, dramaturglar va faylasuflar - Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer va Nigsde asarlarini o’rgandi. 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga o’qishga kirdi. O’qish jarayonida mashhur psixolog Ernst Bryukke qarashlari ta’siriga berildi. Bryukke talqini bo’yicha, barcha tirik mavjudot dinamik energetik tizim bo’lib, moddiy olam qonunlariga bo’ysunadi. Freyd bu g’oyalarni jiddiy qabul qildi va keyinchalik ular Freydning psixik mavjudlik dinamikasi borasidagi qarashlarida aks etdi.
1881-yili Freyd universitetni tugatib, Miya anatomiyasi institutida ishlay boshladi hamda katta yoshdagi odam va homila miyasining qiyosiy tadqiqotlari bilan shug’ullandi. Oradan ko’p o’tmay u o’z ishini tashlab, nevropatolog sifatida faoliyat ko’rsata boshladi, bunga ilmiy faoliyatning unchalik taqdirlanmasligi va antisemit kayfiyat xizmat pog’onasidan ko’tarilishga imkon bermasligi sabab bo’ldi.
1885 yil Freydning taqdirida burilish yili bo’ldi. U Parijga borish va o’sha davrning eng mashhur nevrologlaridan bo’lgan Jan Sharkoning qo’lida to’rt oy shogird-tadqiqotchi bo’lib ishlashga imkon beradigan tadqiqotchilik stipendiyasini olishga muvaffaq bo’ldi. Sharko ko’plab turli-tuman somatik muammolarda namoyon bo’ladigan psixik buzilish - isteriyalarning sabablarini va davolash usullarini o’rganar edi.
Isteriyadan aziyat chekadigan bemorlarda barmoqlarning ishlamay qolishi, ko’rlik, karlik kabi simptomlar kuzatiladi. Sharko gipnotik holatda ta’sir ko’rsatishdan foydalanib, bu simptomlarni kuchaytirishi yoki bartaraf qilishi mumkin edi.
Birmuncha kechroq Freyd terapevtik usul sifatida gipnozni rad qilgan bo’lsa ham, Sharkoning ma’ruzalari va klinik tajribalari unga juda kuchli ta’sir ko’rsatdi. Parijning mashhur Salpetriyer shifoxonasidagi qisqa muddatli amaliyotdan so’ng Freyd nevrologdan psixopatologga aylandi.
80-yillarda Freyd Venaning eng taniqli vrachlaridan biri Iozef Breyer bilan hamkorlik qila boshladi. Bu davrga kelib Breyer isterik kasalliklarni bemorlarning o’z kasallik simptomlari haqidagi erkin hikoyalari usulini qo’llab davolash sohasida sezilarli muvaffaqiyatga erishgan edi.
Breyer va Freyd isteriyaning psixologik sabablari va bu kasallik terapiyasi usullarini birgalikda tadqiq qilishdi.
Bu ish
Dostları ilə paylaş: |