Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə147/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning pedagogika fanida tutgan o‘rni.
Sizlarga mu’lumki, uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida Kun kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum edi.
Mustaqilligimiz sharofati ila bunday noma’qulchiliklarga chek qo‘yildi. Tarixni xolisona o‘rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik...
Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi.
Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zexn va aklu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, xarbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, xalol-pok inson bo‘lib etishdi».
Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch-qudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o‘z asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, uni e’zozlab, ulug‘lab, hikoyat, rivoyat va xotiralar bitganlar.
«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi - karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini xar sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga etdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr - muruvati ayniksa ibratlidir.
Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnahr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm- fan homiysi sifatida ham qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafaqat o‘z mamlakatini, balki o‘zga o‘lkalarni ham obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor SHamsuddin Samiyning «Alq A’lom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti Samarkandni katta g‘ayrat bilan obod kilib, u erda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai xolini ham adabiy, chig‘atoy tilida yozgani hamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. SHuningdek, doktor SHamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. Amir Temurning xarbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar o‘rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi ham Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.
Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, soxibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari – davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa xaqiqat – sixat-salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat – adolat deb tushunilgan.
Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi», degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob – axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o‘zi amal qilgan sifatlarni yuksak baxolaydi. Bular quyidagilar:
-… Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim… Boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim;
-… Islomga qat’iy rioya qildim. …
-Men kambagallarga ko‘p xayr-exhson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim;
-Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf’ yetkurdim.
-… Birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itarmadim…; -Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim…;
-Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal qildim…
-Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim…;
-Aoimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim…;
-Men har doim insof bayrog’ini baland ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim…;
-Men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni e’zozladim…
SHunday qilib soxibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasixatlari va purma’no o‘gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Bu o‘gitlar Sozsibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona – pedagogikadir.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Soxibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruxlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
-Islom ila shariat qonunlari haqidagi o‘git-nasihatlar;
-Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish;
-Podsho va vazirlar haqida o‘git-nasihatlar;
-Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar;
Yuqorida qayd etilgan pand-nasihatlar Soxibqironning o‘z tajribasida sinalgan, xayotga tatbiq etilgan juda keng ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular bir necha yillar temuriylar sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida nihoyatda ahamiyatga molik bo‘ldi.
«Amir Temur tarixi» kitobining muallifi Ibn Arabshoh Sohibqironning fazilatlarini sharhlab shunday deydi: «Temur tengi yo‘q fe’l-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo‘lib, uning tafakkuri dengizning qa’ridek edi. Uning qo‘llagan tadbirlariga tekisligu, g‘adir-budurliklar orqali yo‘l topish mumkin edi».
Millat dardi Amir Temur siymosi va faoliyatida o‘z ifodasini topgani tufayli u dunyoning ko‘p qismini o‘ziga qaratgan saltanat tuza olishga erishdi. Xalq mafkurasi buyuk sohibqiron davlatining mohiyati va yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslarga ega bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temurning mustaqillikni tiklash haqidagi da’vati amalga oshirildi. Markazlashgan va qudratli davlatni yuzaga keltirish mafkuraning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Bunga erishish uchun, avvalo, o‘zaro kelishmovchiliklar va urushlarga barham berib, davlatni ichki tarafdan mustahkamlash zarur edi. Bu haqda Sohibqironning o‘z so‘zlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: «Turon viloyatini zabt etib, Movarounnahrni mo‘g‘ullar vujudining xas-xashagidan tozalaganimdan keyin, ba’zi uluslarning amirlari menga itoat etib, bosh egishni istamadilar. Ularning ba’zilari o‘z qabilalari oldida noz qilib turdilar. Amirlarimdan ba’zilari ularning yonini olib, menga «bu davlatga barimiz sherik bo‘lganimizdan keyin, ularni ham shu davlatga sherik deb bilaylik» dedilar. Lekin ularning gaplari mening saltanat yuritishimdagi g‘ayratimga ta’sir qilmadi. O‘zimcha kengashdimki, xudo ila, uning sherigi yo‘qdir. SHunday ekan, Alloh taoloning muqaddas mulki — yer yuziga egalik qiladigan kishi ham ila bo‘lishi kerak. Davlatchilikda sira shirkatga yo‘l qo‘yish yaramaydi».
Amir Temur o‘zining bunday siyosatini hokimiyatni qo‘lga olguncha va keyin ham izchillik bilan olib borishi tufayli butun mamlakatda markazlashgan kuchli davlatni ta’minladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temurning ulug‘ nomi tiklanib, 1996 yil mamlakatimizda Amir Temur yili, deb e’lon qilingani, Sohibqiron tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlangani, Toshkent, Samarqand va SHahrisabzda bu ajdodimizning muhtasham haykallari qad rostlagani, 2011 yili davlatimiz rahbari so‘zboshisi bilan “Temur tuzuklari” mukammal holda, yuksak sifat bilan yangidan chop etilgani xalqimizning g‘ururi hamda iftixoriga aylangani haqida atroflicha so‘z yuritdilar.
Atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Amir Temur siymosi” asari ulug‘ Sohibqiron haqida to‘laqonli va haqqoniy tasavvur beradi.
Amir Temur asos solgan va “Temur tuzuklari”da ijodiy kashfiyot tarzida loyihasi yaratib qoldirilgan sulola Turon, Xuroson va Afg‘onistonda bir yarim asr hukm suradi. Besh qo‘l barobar emas. Padarkush Abdullatif va Sulton Abusaid kabi tojdorlar bu sulolaning Turonda va Xurosonda inqirozga uchrashiga sabab bo‘ladilar. SHunda Bobur Mirzo bobokalonining ijodiy kashfiyotlarini Hindiston zaminida amalga tadbiq etib temuriylar sulolasini yangi tarixiy bosqichga ko‘taradi. Bu ulug‘ sulola hind zaminida Bahodirshoh II davrigacha yana 332 yil hukm suradi. Bahodirshoh II ning kundaliklarida va hind kinematografchilarining unga bag‘ishlab yaratgan besh qismli videofilmida Amir Temur salkam besh yuz yil tarix sahnasida foliyat ko‘rsatgan sulolaning asoschisi sifatida iftixor bilan tilga olinadi.
Amir Temur siymosiga atalgan mehr va ehtirom, ayniqsa, uning tug‘ilib o‘sgan yurti O‘zbekistonda istiqlol yillarida misli ko‘rilmagan yuksakliklarga ko‘tarildi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizning Amir Temurga atalgan cheksiz mehr va ehtiromini “Ma’naviy yuksalish sari” kitobida quyidagicha ifodalagan edi: “Hamisha el g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog‘i ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil bo‘lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O‘zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik! Bu yo‘lda bobokalonimizning “Adolat va ozodlik — dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin” degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin!”.
***
Amir Temur o‘z davlati qudratini yuqori ko‘tarib dunyoga tanitadi.
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, “Temur tuzuklari” hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedov “Temur tuzuklari” podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi.
Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo‘ysak bo‘ladi. Zero, tarixan ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so‘ng axloq me’yorlari bayon etiladi. SHunga ko‘ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug‘laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda “rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o‘zi naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyiliga ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini ko‘ramiz:
Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o‘n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko‘rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko‘rsatish, saltanat ishini yurg‘izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko‘rish; davlat ishlarini yurg‘izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko‘rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo‘lib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bo‘lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do‘st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish.
Ko‘rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat SHarqda, balki G‘arbda ham mashhur bo‘ldi.
Bu o‘n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o‘zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan:
“Men o‘z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va hamishalig‘ ularga amal qildim, ular ushbulardir:

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin