Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə149/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Tayanch iboralar Movraunnahr, feodal tarqoqlig, Markaziy Osiyo, ilm-ma’rifat, madaniyat, Samarqand, Xuroson, Sarbadorlar.
Qarib bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movraunnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’il istelochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’l istelochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Tarobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movraunnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’l bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi.
Soxibqiron Temur va dastlabki Temuriylar hukumronlik qilgan davr Movaronnahr tarixida alohida o’rin egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrdan yana fan va madaniyat, muorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
Bejiz emaski, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataldi. Chunki, bu davr madaniyati o’z tamoillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatdan IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishdan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda ekanomika, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukumronligi davrida jahonning ko’plab shaxarlaridan Samarqandga hunarmandlar olimu-fozillar san’atkorlar muxandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm-ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubhona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tabiyotshunoslikka oid bir qancha ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga xavs kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi ayniqsa, Samarqand va Xirot shaharlari madaniyat, ilm-marifat markaziga aylandi. Shoxizinda, Go’riamir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Registon maydoni va shu singari, ko’plab madrasa va masjidlarning yirik me’morchilik namunalari bunyod etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astranomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va ular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktad-madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqan va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyyottida ilmiy markaz bo’lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quydagi yozuvlar haligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir».
Shular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan deya olishimizga asos bo’la oladi.
Bu davrda o’zbek adabiyotida ancha siljish ro’y berib, Atoyi, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Shuningdek, tarixiy va adabiy asarlarni o’zbekchaga tarjima qilish ishlari jonlandi.
Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi, ayniqsa, astranomiya va matematika fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi Samarqandda Ulug’bek tomonida rasadxonaning barpo etilishi va uning o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqyea hisoblanadi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid bin Ma’sudi, Muyiddin va uning o’g’li Mansur Qoshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Xirotda esa Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy ulug’ rassom Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton ali Mashhadiy va boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar.
Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403-1474) o’sha davr Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi. Astranomiya to’g’risida “Risolai dar falakiyot” degan kitob yozgan Ali Qushchining o’z davrining Ptolomeyi deyishardi. Uning mazkur asarida geometrik bilimlarning asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana va shu kabi tushinchalar to’la ta’riflab berildi, tabiyot fanlari va shuning singarilar sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asarda hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga bo’linib ta’riflanadi.
XIV-XV asrda Samarqandda yashab ijod etgan ulug’ alloma Mir Said Sharif Jurjoniy (1340-1413) til, mantiqqa, huquqqa, falsafa va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi. Uning “Borliq haqida risola”, “Olamni aks ettiruvchi oyna” kabi asarlarida falsafa, mantiq, tarbiyashunoslikka oid bir qator ilmiy va nazariy masalalar yoritilib, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga doir izlanishlarini rivojlantirdi va boyitdi.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi. Hofizi Abro’ “Zubdan tavorix” (“Tarixning qaymog’i”) degan kitob yozdi va bu kitobda 1427 yilgacha bo’lgan voqyealarni bayon qilib berdi. Abdurazzoq Samarqandiy Hofizi Abro’ning bu asarini davom ettirdi. U o’zining “Matalai sa’dayi va majman bahrayi” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi”) degan asarida 1471 yilgacha bo’lgan voqyealarni bayon qilib beradi. “Ravzotus safo” asarini yozgan Mirxond va “Habibus siyar” asarini yozgan Xondamir shu asarlarning bir qismini Sulton Husayin hukumronlik qilgan davrga bag’shlaydilar. Davlatshoh esa o’zining “Tazakiratsh shuaro” asarini Alisher navoiyga bag’ishlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da Hirot to’g’risida yozar ekan butun dunyoda bunday obod shaharlarni ko’rmaganligini aytdi.
Hirotda machit va madrasalrning muazzam binolarini, ijtimoiy foydali inshoatlar: hammomlar, shifoxonalar, xovuzlar, bog’-rog’lar, ko’priklar, karvon yo’llaridagi robitlar va boshqa arxitektura inshoatlarini qurishga Alisher Navoiy tashabbuskor bo’ladi.
Buyuk mutafakkir Alisher navoiy til-adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astranomiya, tarbiya nazariyasi sohasida juda ko’p ilmiy asarlar yaratdi. U fan va maorifni birinchi darajadagi muhim ish deb hisoblaydi, ularni rivojlantirish uchun tinmay kurashadi.
Alisher Navoiy davrida Hirotda kitoblarni bezash san’ati, avvalo, xattotlik va miniatyura yuksak darajaga yetdi. Hirotda xashamatli arxitektura inshootlari yaratildi. Ilmiy munozaralar o’tkazish keng yo’lga qo’yildi.
Bu davrda Movarounnahrda ham san’at, aritektura, binokorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy san’at, madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiyaga oid qator asarlar yaratildi. Hasan Buxoriy Nisoriyning (1556) “Muzakkir al-ahbob” tazkirasi, Mutribiyning “Tazkira – tush shuaro” (1604-1605) to’plamlari, tarixiy va adabiy yodgorlik bo’lgan “Boburnoma” o’sha davrda yaratilgan asarlar orasida o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Amin Axmad Roziy “Hafit iqlim” (“Yetti iqlim”) degan geografik-biblografik lug’at tuzdi. Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy xattotlik san’atining nazariyasi to’g’risida asar yozdi.
XVI asrda xattotlik san’ati yuksak darajaga yetdi. Sulton Al Mashhadiy. Mirali Halvaiy, Muhammad ibn Is’hoq ash-Shixabiy va boshqalar ustoz xattot bo’lib nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilmiy maskanlar bunyod etildi. Jumladan: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim sadir madrasasi, Mirrab madrasasi, masjidi Kalon va boshqa inshoatlarning qurilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo’ldi.
Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida ham ma’lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o’qitish tadbirlari odat tusiga kirdi.
Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o’qitish 6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o’rganar, uning ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. O’quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar.
Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, XIV- XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi.
U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashhur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko’p asrlar davomida Sharqu G’arb davlatlariga o’rnak va andaza bo’ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko’p an’analari takiqlanga etdi. Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko’rgazgan cheksiz mehr-muruvvati ayniqsa ibratlidir.
Ko’hna tarix saxifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati bobida chekkan mislsiz zaxmat hamda ko’rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi.
Tarixchi Sharofiddikn Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur o’git-nasihatlarida axloqqa oid gaplar juda ko’pdir.
1. Adolat va adolatsizlik haqida: «Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu-sitam yo’lini to’sdim. Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo’shib olgan bo’lsam, o’sha yerni obro’-e’tiborini, kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuqaro va mashoyixiga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga vazifalar berib, maoshlarini belgiladim. O’sha viloyatlarning ulug’lari щg’a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo’lsa o’z farzandlarimdek ko’rdim», - deydi.
Shuningdek, u ish va so’z birligini xush ko’rar edi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo’lgan davr Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yuksalish dari bo’ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o’z imperiyasini tuzib, uning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko’tardi. Uni Ovro’pa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin