Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Sohibqiron Temur va dastlabki Temuriylar hukumronlik qilgan davr Movaronnahr tarixida alohida o’rin egalladi?
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan deya olishimizga nima asos bo’la oladi?
Amir Temur o’git-nasihatlarida axloqqa oidlaridan na’munalar keltiring.
20-MAVZU: XVII ASRDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
REJA:
XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo’llanma sifatida.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
Movarounnahrda bir yuz ellik yil asrning birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning xonliklarida ilm-fan va o‘rniga Shayboniylar hukumronligi o‘rnatildi. Lekin Shayboniyxon ham (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada xarakat qilgan bo‘lsa ham, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo‘qon xonligi paydo bo‘ldi.
Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatildi. Jumladan, Hindiston Shoh Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatildi.
Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqoh va ko‘priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muhammad YUsuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, SHayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe», Fazliddin Ibn Ro‘zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o‘sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti o‘z aksini topgan.
XVII-XVIII asrlarda me’morchilik soxasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta me’moriy ansambl qurdirdi. SHuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo‘ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi.
Bu davrda Muhammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuhammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma’lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, So‘fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda ham, oilada ham xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik ilohiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashhur shoir, olimlar ham yetishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So‘fi Olloyor, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg‘oziy Baxodirxon ana shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko‘proq adabiyot tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga ham oid ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar ham yuzaga keldi.
Abdulg‘oziyning «SHajarai turk» asari ham Sharq, ham Ovrupo olimlarning diqqatini o‘ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar ham maydonga keldi.
XVII asrda yashagan ma’rifatparvar olim So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «So‘fi Olloyor» nomi bilan mashhur bo‘lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘kitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo‘qonda ham ko‘plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo‘lib, yirik adabiy muxit yaratilgan. Fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» to‘plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Xivada bino bo‘lgan SHayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, SHerdor va Tillakori, Devonbegi, Xivada Arabmuhammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy hamda ilmiy bilimlar o‘rgatilar edi. SHuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o‘qitilar edi.
O‘qish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, CHor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul-Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o‘rgatilar edi. uzbek bolalari o‘qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o‘qitilgan.
Dostları ilə paylaş: |