Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) buyuk chex pedagogi. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo’lib, o’zlarini protestant Yan Gusning davomchisi deb hisoblar edilar. Yan Gus katolik cherkoviga qarshi chiqqani uchun gulxanda yondirib o’ldiriladi.Komenskiy otta-onasidan yosh ajralib, ancha vaqt o’qimaydi. 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o’qishga kiradi, bu yerda u tarbiya tizimining yomonligini, o’quv metodlarining yaramasligini kuradi va tushunadi. «Men o’sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimni orqada ekanligini ko’rdim. Men o’sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga tegishli bo’lishi kerakligini o’yladim»-degan edi Komenskiy. Maktabni tugatgach Gerbern universitetiga (Germaniyada) o’qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg universitetida leksiya kursini tinglaydi, bu universitetda o’sha davrda ilg’or professorlar ishlardi. Komenskiy Avstriya, Gollandiyada bo’lib iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmushni o’rganadi. Shuningdek, o’zining ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.1631 yili o’qish uchun kitob «Otkritiya dver yazka» (tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi)ni yaratadi. Bu asardan so’ng Komenskiyning ko’p mamlakatlarda dongi ketib, ta’siri kuchayadi. 1632 yili Komenskiy «Buyuk didaktika» degan katta pedagogik asarni tugatadi. «Ona maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo’llanmasi asarini bunyod etadi. «Buyuk didaktika» asarida «fan, sofiya ideyasini» (fan-grekcha-butun, hamma, sofiya-donolik, aqllilik) hamma narsani bilish, hamma uchun bilim berish demakdir.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqaradi «Vidimiy mir v kartinkax» degan asar yozib o’qish ishlarini rasmlar bilan olib borishini ilgari suradi. Bunda yoshlarning xulq qoidasi «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogik foydali ishlari berilgan. Komenskiy fikricha tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega buladi. Xuddi olmadagi uruqqa o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.
Komenskiyning yana bir qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, bari bir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasi oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, uni aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.
Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin.
1. Aqliy tarbiya
2. Axloqiy tarbiya
3. Diniy tarbiya
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshgacha amalga oshadi, bu davr ichida bola turt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi u kerak, deb hisoblaydi.
Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo’lishi. Bunda u tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini davrlarga bo’ladi.
1. Tug’ilgandan 6 yoshgacha - ona maktabi. Bu davrda bolaning sezish organlarini o’stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga o’rgatish, o’z-o’ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy tarbiyaning asoslarini, to’g’rilik, haqqoniylik, quloq solish, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog’cha yoshidagi bola tarbiyasini kuzda tutadi.
2. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o’quvchi esda saqlashi, so’zlashga o’rganishi, yozish, boshlangach maktab ko’nikmasini hosil qilishi kerak bo’lib, buning uchun geometriya, geografiya, tibbiyot fanlarini o’rganish lozim.
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o’quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o’stirishdan iborat bo’lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, xudojo’ylik o’qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha universitet. Akademiya. Bu o’quv yurtlari o’quvchining irodasini, shaxsini bir butun o’stirishi kerak.
Izchillik prinsipida kun, oy, yilga vazifa quyish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi.Bunda a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertangi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.