Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə161/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Mustahkamlash uchun savollar:
1. O’zbekistonda 1917-1924 yillardagi madaniy-ma’naviy muhit xususiyatlari nimalardan iborat bo’lgan?
2. Milliy ziyolilarning maktab maorif tizimini isloh qilishdagi sayi-harakatlarini sharhlab bering?
3.Mazkur davrda mutaxassis kadrlar tayyorlash ta’limi jarayonidagi ziddiyatli muammolar haqida fikringiz.
4.1917-1924 yillarda yaratilgan darsliklar haqida qo’llanmalarning mohiyatini tushuntiring.
5. Dastlabki oliy o’quv yurtlari hamda ta’lim tizimi tarmoqlarini sharhlab bering.
6. Mazkur davrda o’tkazilgan yozuv islohotlariga Sizning munosabatingiz.
7.Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda xalq ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni qay ahvolda edi?
8. O’zbekistonda qachon majburiy yetti yillik ta’lim to’liq amalga oshirildi?
9. Sakkiz yillik majburiy ta’limga qachon o’tildi?
10. Fan, madaniyat, maorif sohalarida O’zbekistan Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar haqida fikr bildiring.
11. Ikkinchi jahon urushidan so’ng oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab darajasining holati haqida fikr bildiring.
12.XX asrning 70 – yillaridagi xalq ta’lim tizimini sharhlab bering.
13. Siddiq Rajabov faoliyatiga tavsif bering.
14.80-yillar Respublikamiz xalq ta’limi oldida turgan asosiy masalalar va pedagogik fikrlar.


24-Mavzu: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI. JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI
Reja:

  1. G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti

  2. Yan Amos Komenskiy (1592-1670) buyuk chex pedagogi.

  3. Yaponiyada ta’lim tizimi

  4. Janubiy Koreyada ta’lim tizimi

Tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tizimi o’rnini yangi ijtimoiy formasiya quldorlik tizimi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa Yunoniston (Gresiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatga, maorifiga o’zining katta hissasini qo’shdi.


Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar jahon madaniyatiga turicha hissa qo’shganlar. Masalan, Xitoyda birinchiqog’oz ixtiroqilingan. Hindistonda hisoblashning o’nlik sistemasi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlarga, minutlar va daqiqalarga bo’lish o’ylab topilgan.
Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurilgan. So’ngra Markaziy Osiyo Xitoydan O’rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo’li»ochilgan. Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo’lib qolgan. Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy Sharq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan.
Yunoniston unchalik katta bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo’lgan. Uning eng kattasha harlaridan Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) ayniqsa madaniyat markazi bo’lishi bilan o’ta mo’tabar edi. Bu shaharning har qaysisida tarbiyaning boshqa mamlakatlaridan farqli alohida tizimi vujudga keldi. Bu tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi. Har ikkala bu shaharning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi ba’zi bir xususiyat madaniyat darajasi turlicha bo’lganligi tufayli har ikki tizim bir-biridan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tizimi hukmron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblardi. Chunki qullar barcha mamlakatlardagi kabi oddiy insoniy huquqlaridan ham mahrum edilar.
Lakoniya Peloponnesning sharqiy-janubiy qismidagi yerlarga davlat bo’lib, bu viloyatlar sohilida kemalar to’xtaydigan qulay joy yo’q edi. Mamlakatda qullar mehnatga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. Soni unchalik ko’p bo’lmagan yarim ozod va huquqli bo’lmagan aholisining ko’pchiligi hunarmandlar edi. To’qqiz ming oiladan iborat bo’lgan quldorlar mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qiladi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinardi. Shu sababli ular tez-tez isyon ko’tarib turardilar. Bunday hol esa ularning uyushqoq bo’lib yashashga, hamisha harbiy tayyorgarlikda bo’lishiga da’vat etardi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo’lishi bilan birga bo’lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 18 yoshga yetguncha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya berilardi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat tomonidan obro’li, taniqli kishilardan tayinlanardi. Bunday kishilar «pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o’smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilardi. Ular jismoniy sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga ham o’rgatilib borilardi. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallardi. Bu bilan yoshspartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishidan, kurashish va qo’l jangi usullaridan saboq berilardi. Shungdek, harbiy tusdagi maxsus o’yinlar ham o’rgatilardi. Spartaning kelajak vorislari jismoniy baquvvat, hech narsadan qo’rqmaydigan, botir jangchi, o’z xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan bo’lib yetishardi.
Qadimgi Gresiyadagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirishgina emas, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo’lishi nazarda tutiladi. Unda asosan bolalarga musiqava ashulava diniyraqslarhamo’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.
Qadimgi grek tarixchisi, faylasuf olimi Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi, «O’qish va yozish bolalarga faqat ularning eng zarurlari o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad hech so’zsiz itoat qildirishi, chidamli bo’lishini va yengish ilmini o’rgatishni ko’zda tutadi».
Spartada olib borilgan ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar» da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirishgan edi, bunday mashqlar yosh spartaliklar otryadlari shaharning biror mahallasining yoki shahar tashqarisidagi nohiyani qurshab olib, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illotni (qulni) o’ldirardi.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berish dadavlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Bu suhbatlarning asosiy mazmuni vatan dushmanlari bilan kurashib ota-bobolarining ko’rsatgan mardligi va jasurligi qahramonlar haqida gapirib berishdan iborat edi. Bu bilan ular yunonlarda o’z vataniga va ota-bobolariga hamda uning merosiga katta hurmat hissini tarbiyalashgan. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan.
Sparta ta’lim-tarbiya tizimida bola18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «efeblar» guruhida o’tkazilgan va harbiy xizmatni o’taganlar.
Sparta qizlar tarbiyasiga harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo’zg’olonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash maqsadida qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tar, qullarni esa itoatda saqlanishi ta’minlar edilar.
Qadimgi Gresiya ikkinchi bosh shaharlaridan biri Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilardi. Chunki Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib quyilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanardi.
Afinada eramizdan ilgari V-VI asrlarda madaniyat o’sdi. Tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at, ajoyib grek me’morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiy qildi.
Afinadagi eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o’zlarining «ideal» i deb hisoblar edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, estetik va jismoniy tarbiya uyg’unlashgan holda olib borilardi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu ideal faqatgina qullarning qismati deb hisoblanadi. Ammo tabaqalanish natijasida quldorlik jamiyatining o’zida ancha kambag’al, ajralib chiqdi, ular hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. Boy quldorlar esa ularga nafrat ko’zi bilan qarardilar.
Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalanar edilar. O’g’il bolalar o’n yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oiladaonako’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi. Afinada umuman xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o’tardi.
Bolalar dastlab (7yoshdan13-14 yoshgacha) «grammatist» va «kivatist» maktablarida har ikkovida ham, yoki bo’lmasa avval grammatist o’qitilardi. Bu maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanardi, shu tufaylii puliyo’q fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ola olmasdi. Bu kabi maktablarda «dedaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borardi. O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan.
Afinadagi grammatist maktablaridagi ta’lim-tarbiyaning mazmuni o’qish, yozish va hisoblashni o’rgatishdan iborat bo’lgan.
O’qitish harflarni hijjalab o’qitish usulida olib borilib, bolalar harflarni yodlab, so’ng shu harflarni qo’shib bo’g’inlar yasar, bo’g’inlarni qo’shib so’zlar yasardilar. Yozuvni o’rganishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanar edi. Bunday taxtachaga ingichka cho’p bilan harflar yozilgan edi. Barmoqlar, va sanoq taxtasi yordami bilan hisoblash o’rgatilardi. Kifarist maktabida o’g’il bolalarga adabiy bilim, estetik mazmundagi deklamasiyalar o’rgatilardi.
O’g’il bolalar un uchun to’rt yoshga yetganlaridan keyin «Polistra» deb atalgan o’quv yurtiga o’tardi. Bu o’quv yurtida ular 2-3 yil davomida jismoniy mashqlar yugurish, sakrash, kurash tushish, disk va nayza irg’itishdan iborat bo’lib, suvda suzish ham o’rgatiladi. Spartada kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarga suhbatlar o’tkazilgan. Polistrada jismoniy tarbiya va axloqiy masalalarga doir suhbatlarga eng taniqli fuqarolar bepul rahbarlik qilardilar. «Polistra»da maktabda o’qish tekin bo’lganligi uchun ham ko’pchilik bu o’qish bilan cheklanib qolardilar. Ayrim badavlatroq oiladan bo’lgan bolalar «Polistra» maktabini tugatganidan so’ng «Gimnaziya»ga kirib o’qirdi. Maktabni tugatgan yoshlar davlat boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. Shuning uchun ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’qitilgan. Lekin bu maktabda ham badan tarbiya bilan shug’ullanish davom ettirilgan.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-339 yillari)o’zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay, konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu uning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad, tabiatni o’rganish bo’lmay, balki kishining bilib olishi, axloqni kamol toptirish bo’lmog’i lozim. Ham faylasuf ham notiq Sokrat keng maydonlarda, jamoat oldida so’zlarga chiqib axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarning savol-javob yo’li bilan diqqatini o’zlari o’ylab topishiga shu yo’l bilan odamlarning haqiqatni izlashga o’rgatardi. Suhbatning bu usuli o’sha paytda «Sokrat usuli» deb ataldi. Sokrat usulidan keyingi davrlar uslubiyatida suhbatni «fikr qo’zg’ovchi savollar usuli»nomida o’tkizish paydo bo’ldi.
Qadimgi Gresiyaning faylasuflaridan Platon eramizdan ilgari (427-347 yillari) idealist faylasuf Sokratning shogirdi, obyektiv idealizm nazariyasining asoschisi edi. U «g’oyalar dunyosi» birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosi ikkilamchi deb hisoblanadi.
Platon tanadan tashqarida mavjud bo’lgan narsalar haqidagi nazariyani olg’a surdi va bu tanadan tashqarida bo’lgan narsalarni« tur» yoki «ideyalar» deb atadi. Platonning fikricha, ubu davlatning maqsadi oliy ezgulik g’oyasiga yaqinlashishdir, bu g’oya, asosan tarbiya yo’li bilan ro’yobga chiqishini ta’kidlaydi.
Tarbiya,- deydi Platon, -davlat tomonidan tashkil etilmog’i va hukmron guruhlarning faylasuflar va jangchilarning manfaatlarini ko’zlomog’i lozim. Platon o’zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Platon fikricha, bolalar 7 yoshdan 18 yoshgacha davlat tomonidan ta’minlab quyilgan. Ateizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf materialist demokratning qarashlari qadimgi yunon faylasufining cho’qqisidir. Demokrit o’z asarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga ko’p e’tibor beradi. U o’z nazariyasida tabiat qonunlariga xurofotni va qo’rquvni yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi. Demokrit «xudolarning irodasi» degan gaplar odamlar uylab chiqargan uydirmadan boshqa narsa emas, deb hisoblab xudolarga ishonchni rad etadi. Demokrit tabiat masalalarini birinchi bo’lib ilgari so’rdi.
«Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi» deb yozadi. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagi go’zal narsalarni hosil qiladi» deb tarbiya ichida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladi. U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengilbo’lib boradi, deydi. U yomon o’rnakdan ehtiyot bo’lishi kerak, - deb ta’kidlaydi va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.
Demokrit quldorlik negizlarga nisbatan tanqidiy qarashni vujudga keltirdi, tabiatni chinakam bilishga tarbiyani qayta qurishga chaqirdi.
Demokrit barcha tabiiy jarayonlarga, jumladan insonning axloqiy munosabatlariga ham xudolarning aralashuvini inkor etib, kishi xulqining real, bu dunyodagi asosini topishishga urinadi. Demokrit axloqni odamning o’z tabiatidan kelib chiniqib chiqib asoslashga harakat qiladi. U axloqning ikki yuzlama yasama va haqiqiyga bo’linishiga qarshi chiqadi, shaxsning faqat mulohazadorlik va aql rahnamoligida mumkin bo’ladigan axloqiy kamoloti uchun jonbozlik ko’rsatadi. To’g’rirog’ini bilmaslik xatoga olib keladi, degan edi u.
Aql to’g’ri xatti-harakatlarga yo’naltirilmog’i lozim, bu esa bilimlarning doimo mukammallashtirib boorish haqida g’amxo’rlik, tabiat qonunlari va odam xulqini o’rganish zarur demakdir, degan edi Demokrit.
Demokritning etik va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan holi edi. Shuning uchun ham o’zidan keyingi faylasuf olimlarga katta ta’sir etdi. Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin