Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə129/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Ahmad Yassaviy
Ahmad YAssaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida SHayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Etti yoshida otasidan, so‘ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o‘z asoslagan g‘oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. YAssaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Qur’on” g‘oyalari va payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad YAssaviy hikmatlarida payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug‘langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo‘ylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo‘lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so‘fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad YAssaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma eyish orqali inson Haq bilan “ko‘risha” oladi, nafsga mute bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G‘azzoliy ham, Ahmad YAssaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa etishish,-unga muhabbat qo‘yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g‘olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo‘llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.
XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so‘fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya ta’limoti o‘zining hayotiy g‘oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, Sharq Uyg‘onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so‘fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G‘azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad YAssaviy va Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy tasavvuf ilmi bo‘yicha Yusuf Hamadoniy qo‘lida chuqur ta’lim olgan to‘rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin