Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə42/204
tarix27.12.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#199562
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika ka

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1. Pedagogikaga oid ijodiy va immitatsion masalalar tuzishga harakat qiling. (namuna uchun quyidagi masalaga qarang)
1- masala. Quyidagi pedagogik vaziyat yechimini topishga harakat qiling. Avtobusda ketayotib, og’ir yuk ko’targan yoshi katta kishining turib qolganiga ko’zingiz tushdi. Ro’paradagi o’rindiqda yosh yigit va qiz pinagini buzmasdan o’tirishibdi. Siz shu vaziyatda qanday harakat qilgan bo’lardingiz?
a) go’yoki hech narsa bo’lmagandek, yo’limni davom ettiraman.
b) yigit-qizlarga murojaat qilib joy berishlarini so’rayman.
v) qo’lidagi yukni qo’limga olaman.
g) noordinar harakat qilaman.
2. Nemis olimi Kellog quyidagi tajribani sinovdan o’tkazdi: Shimpanze va yosh bolaning boshidagi tuklarini tortishi natijasida biri darhol yig’lashga tushar, ikkinchisi esa har gal tajriba o’tkazuvchining qo’lini silkitib tashlar edi. Sinov bir necha bor takrorlanganda ham shu hol takrorlandi.
Savol: Sinaluvchilarning qay biri yig’lashga tushgan, qay biri esa yig’lamasdan tajriba o’tkazuvchining qo’lini siltab tashlagan. Buning sababini izohlang.
3. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini aks ettiruvchi chizmalar yaratishga harakat qiling.


3- Mavzu: Didaktikaning maqsad va vazifalari. Didaktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari
Reja:

  1. Didaktika haqida tushuncha.

  2. Didaktikaning predmeti va vazifalari.

  3. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.

  4. Didaiktik paradigmalar.



Tayanch iboralar:
Kategoriya, didaktika, ta’lim, tamoyil, ta’limning mohiyati,didaktik tizim,ta’lim jarayoni,bilim,
I
Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o’z nazariyasiga ega bo’lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos»-“o’rgatuvchi”, «didasko» esa – “o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan.
Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.
Bu tushunchani shunga o’xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, -deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin