Oliy ta`lim tuzilishi Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:
davlat va nodavlat oliy ta`lim muassasalarida ta`lim dasturining bajarilishi davlat ta`lim standartiga muvofiq yo’nalishlar va mutaxassisliklar asosida olib boriladi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy tadqiqot ishlarini oliy ta`limni huquqiy-normativ va ilmiy-metodik jihatdan ta`minlash uchun yuritishadi;
oliy ta`limni boshqarish davlat organlarining vakillari, shuningdek, ularga tegishli korxona, muassasa, tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim muassasalarining quyidagi turlari mavjud: universitet, akademiya, institut (ular bilan teng mavqegayaga bo’lgan o’quv muassasalari).
Universitet:
oliy va undan keyingi ta`lim uchun ta`limni bir necha yo’nalishda beradi;
o’z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.
Institut:
oliy va oliy ta`limdan keyingi o’quv dasturlarini bajarishni ta`lim va fanning ma`lum bir me`yorida amalga oshiradi;
mutaxassislarni ma`lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanadi;
fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Oliy ta`lim muassasasining davlat ta`lim standartini mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha bajarilishini, kadrlar tayyorlash sifati davlat tomonidan tayinlangan organ oliy ta`lim boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Pedagogik kadrlar va o’quv muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish, kadrlar tayyorgarligi sifatini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.