Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə108/121
tarix08.02.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#83524
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar
Belgiya oliy ta’limi o‘zining ko‘hna an’analariga ega. O‘qitish jarayoni va zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish o‘rtasidagi bog‘liqlik Belgiya ta’lim tizimi uchun an’anaviy hisoblanadi. Belgiyada o‘qishni tanlash jarayonida e’tiborni, asosan, ishlab chiqarish (masalan, texnologiyalar) va biznes (xalqaro biznes, iqtisodiyot, boshqaruv, huquq, moliya va boshqa)lar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga qaratish kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, ta’lim olib boriladigan tilni bilish to‘g‘risida dalillar bo‘lishi kerak. Belgiyadagi ta’lim xalqaro biznesga yo‘naltirilganligi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun katta imkoniyat beradi.
Belgiya ta’limiga fransuz, flamand va nemis hamjamiyatlari javobgar. 6 yoshdan 16 yoshgacha va kechki maktablarda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun ta’lim majburiy va bepuldir. Savodsizlik deyarli tugatilgan. Belgiyaliklar bolalarining yarmi xususiy, aksariyat qismi katolik cherkovlarga tegishli bo‘lgan maktablarda tahsil oladi. Qariyb barcha xususiy maktablar davlat tomonidan tomonidan yordamga beriladigan mablag‘-subsidiya bilan ta’minlanadi.
Maktab ta’limining birinchi bosqichi-olti yillik boshlang‘ich maktab hisoblanadi. O‘rta ta’lim aksariyat hollarda uchta ikki yillik bosqichdan iborat bo‘lib, uning dastlabki to‘rt yili majburiydir. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda o‘quvchilarining taxminan yarmi umumpedagogik tayyorgarlik, badiiy ta’lim olishadi yoki texnik yoxud hunarmandchilik tayyorgarlikdan o‘tadi; boshqalar esa ta’limning umumiy kursini o‘tashadi. Oxirgi guruhining taxminan yarim o‘quvchilari bitirgandan keyin universitetga kirish huquqini beruvchi o‘rta maktabning oliy bosqichida ta’lim olishni davom ettiradilar.
Belgiyada 7 ta akademiya va 8 ta universitet faoliyat ko‘rsatadi. Belgiyada oliy ta’lim qadimgi an’analarga ega: birinchi oliy o‘quv yurti - Lyuven katolik universiteti hisoblanadi. U 1425 yil tashkil topgan. 1517 yili Erazm Rotterdam ham Lyuvenda uch tillik (ivrit, lotin, grek) maktabga asos soldi va uning namunasida Parijda Fransiya kolleji yaratildi.
1970 yili fransuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilida so‘zlashuvchi Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel’ va nemis tilida so‘zlashiladigan Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tumandan iborat 4 ta lingvistik hudud mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlandi.
O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limning majburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta’lim to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarni berish talablarini belgilaydi. Ta’lim bo‘yicha boshqa masalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. SHunday qilib, oliy ta’lim masalalari Flamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Fransuz hamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport Vazirligi hamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat, ilmiy tadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin