Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
Evropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporatsiyalar o‘z-o‘zini idora qilish huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. CHerkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o‘qituvchilik huquqini berishni o‘z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV asrlarga kelib universitetlar Evropa mamlkatlarining hammasida ochilgan edi.
O‘rta asr universitetlarida to‘rt fakultet bo‘lar edi. Tayyorlov fakultetida “etti erkin san’at” (travium va kvadrilium) fanlari o‘qitilar edi. Bu fakultet o‘rta maktab vazifasini bajarardi. Bu fakultetda 6—7 yil o‘qib, “san’at magistri” darajasini olar edi. SHundan so‘ng ular asosiy uch fakultetdan birida: ilohiyot, meditsina yoki yuridik fakultetida o‘qishni davom ettirish imkonyatiga ega bo‘lar edi. Bu faultetlarda o‘qish muddati 5-6 yil bo‘lib, uni tamomlaganlar doktor, yoki olim unvonini olar edi.
O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolistika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof-tevarakda real fakt va hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylari tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni yodlab olish bilan shug‘ullanardilar. SHu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. Universitetlarda o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat’i nazar, O‘rta asr universitetlari Evropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi ma’lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi.