Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


II. O‘quv faninining maqsadi va vazifasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə5/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

II. O‘quv faninining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo’lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari va o’qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta’lim amaliyotida, yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o’rgatish.
Fanning vazifalari:

  • O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va davlat ta’lim standartlari asosida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’limni samarali tashkil etishga o’rgatish;

  • Talabalarni didaktika, tarbiya nazariyasi, ta’lim tizimini boshqarish, pedagogik firklarning tarixiyligi va pedagogik mahoratning mohiyati yuzasidan nazariy bilimlarni hosil qilish;

  • Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmuni, milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatini yaratish;

  • Talabalarga ijtimoiy yordamga muxtoj shaxslarga ta’lim berish, ularni shaxs sifatida rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish;

  • Milliy va Jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishjtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish, bo‘lajak mutaxassislarda shaxs tarbiyasi masalalarini hal etishda Sharq mutafakkirlari (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy) va G‘arb mutafakkirlarining (Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy) pedagogik qarashlarini ta’lim muassasasi amaliyotiga samarali tadbiq etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • Global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati asosiy yo’nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o’ziga xosliklardagi umumiy ko’rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik, madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish.

  • Talabalarni o’qituvchi faoliyati kasbiy mahoratning tutgan o’rni, mazmun- mohiyatiga doir nazariy bilimlar hamda pedagogik faoliyatning turli ko’rinishlarida o’qituvchining muomala madaniyati, o’quvchilar bilan aloqa o’rnatish va muloqotga kirisha olish metodikasini to’liq o’zlashtirishlariga erishish.

“Umumiy pedagogika” faninini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- tа’lim sоhаsidа dаvlаt siyosаtining аsоsiy tamiyillari; pedagogikaning ilmiy-nаzаriy аsоslаri, pеdаgоgik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o’quv jаrаyonini tаshkil etishning mеtоd vа shаkllаrigа qo’yilgаn zаmоnаviy tаlаblаr; tа’lim оluvchilаr shахsini rivojlantirish оmillаri, yosh davrlarning o’ziga xosliklari, tаrbiya jаrаyonining mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogikmenejmentning mohiyati va o’ziga xosliklari; korreksion pedagogikaning asosiy yo’nalishlari; pedagogikmahorat аsоslаri; pеdаgоgik tеrminоlоgiya haqida to’liq bilimga;
- milliy g’oya va asosiy pedagogikqonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o’quv-tarbiya ishlarini o’tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo’llash; ta’lim va tarbiya metodlari, vositalarini amaliyotda qo’llash, aniq vaziyatlar uchun ularning qulay variantlarini tanlash; o’quv va tarbiya jarayonida o’quvchilar jamoasini samarali boshqarish; o’quvchilar xulqi va faoliyatini rag’batlantirish; pedagogik maqsadlarga erishishda egallanadigan bilimlarni tanlash, tahlil etish, umumlashtirish va ularni texnologik shaklda taqdim etish, aniq sharoitlarda ta’lim- tarbiyaga doir amaliy vazifalari hal etish va tizimlashtirish, o’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoalarini o’rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash, o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlash, ijоdiy, mаоrif vа pеdаgоgikа tаriхi kishilik jаmiyatining tаrаqqiyoti tаriхi bilаn mushtаrаk o’rgаnish, o’z хаlqi, оnа yurti, vаtаni, millаti, dini vа mаdаniyati tarixi haqidagi ko’nikma;
- psiхоlоgik-pеdаgоgik аdаbiyotlаr bilаn ishlаsh; zаrur mеtоdik yo’riqnоmаlаr tuzish; sаmаrаli pеdаgоgik tаdqiqоtlаr o’tkаzish; pedagogic texnologiya va ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnа оlish; tarbiyaviy ishni rejalashtirish va amalga oshirish; guruh jamoasining psixologik muhitini va auditoriya (sinf) bilan munosabatda individual, shaxsiy va yosh imkoniyatlarini hisobga olish, istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga erishishni strategik rejalashtirish, pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo’lmagan yondashuvlarni izlab topish malakasiga ega bo’lish kerak.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin